Aminova Aziza Marksovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1991–2021 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar tarixi (Quyi Zarafshon viloyatlari misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tar128.
Ilmiy maslahatchi: Islamov Ilyos Normamatovich, tarix fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Rahbar Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Abulqosimov Xasan Pirnazarovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Tolipov Fayzulla Saidovich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Quyi Zarafshon vohasi viloyatlariga xos bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillarini aniqlash, hududni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan nazariy tavsiyalarni shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Navoiy viloyati qazib olinadigan qimmatbaho gangli metallar, sement, mineral o‘gʻitlarni, Buxoro viloyati esa tabiiy gazning ko‘pgina qismini respublikaga etkazib bergan bo‘lsa-da, 1995–2018-yillarda Buxoro va Navoiy viloyatlari respublika yalpi ichki mahsulotiga o‘rtacha hissa qo‘shadigan viloyatlar qatoridan joy olgani aniqlanib, xorijiy investisiyalarni jalb etish va qo‘shma korxonalar ochish chora-tadbirlari mustaqillikning dastlabki o‘n yilliklarida sust amalga oshirilgani aniqlangan;
Buxoro viloyatida tadbirkorlikning turli yoʻnalishlarida yakka tartibdagi tadbirkorlarning aksariyati Gʻijduvon tumaniga, yollanma ishchilar Buxoro shahriga to‘gʻri kelganligi, Qorovulbozor va Kogon tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari to‘liq amalga oshirilmaganligi dalillangan;
Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1994-yilda (slavyan millatiga mansub 18,2 %) malakali mutaxassislarning chiqib ketishi mutaxassislar taqchilligiga olib kelganligi va ishlab chiqarishga o‘z ta’sirini o‘tkazganligi, ayrim korxonalarda ish o‘rinlarining qisqarishi Buxoro viloyatining Buxoro shahri, G‘ijduvon va Shofirkon tumanlari aholisining yuqori migratsiyasiga olib kelganligi aniqlangan;
“Navoiyazot” AJ tarkibida ammoniy dioksidi bo‘lgan noorganik changning atmosferaga yuqori miqdorda chiqarilishi, uran, oltinni qazib olish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni Zarafshon daryosiga tashlanishi suvda og‘ir metallar miqdorining oshib borishiga olib kelganligi, minerallashuv darajasi yuqori bo‘lganligi, Buxoro viloyatida suv oqimlarida kimyoviy elementlar ko‘paygani va viloyatda qishloq xo‘jaligining jadal ifloslanishi isbotlangan;
2000-yilga kelib Buxoro viloyatida 31,2 ming gektar erlarning sho‘rlanishi, meliorativ holati buzilishi qorako‘lchilik sohasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligi, Qorako‘l, Jondor, Peshku, Shofirkon, Romitan, Olot, Qorovulbozor, G‘ijduvon tumanlari, Buxoro va Kogon shaharlarida zahiradagi 12,3 ming gektar er maydoni qishloq xo‘jaligi aylanmasiga qaytarilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991–2021 yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘zgarishlar tarixi (Quyi Zarafshon viloyatlari misolida) mavzusidagi tadqiqot natijalarining joriy qilinishi hamda chiqarilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Vuxoro, Navoiy viloyatlarida iqtisodiyotining zaxiralari va real imkoniyatlari, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlanishining innovatsion modelini ishlab chiqishda hududlarning roli, urbanizatsiya jarayonlarida viloyatlarning mehnat va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish yo‘lidagi harakatlari, viloyatlarda logistika markazlari faoliyati, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini takomillashtirish haqidagi natijalardan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zLIDEP siyosiy kengash Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 12-sentyabrdagi 01-27/410-son ma’lumotnomasi). Bu partiya tomonidan Harakatlar strategiyasi doirasida belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda, tadbirlarda ishtirok etgan fuqarolar, tadbirkorlarga mustaqillik yillari Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi iqtisodiy islohotlar natijalari bilan yaqindan tashishilariga ko‘mak bergan;
mustaqillik arafasida Buxoro va Navoiy viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatini tadqiq qilish, migratsiya jarayonlari, markazlashgan rejali “biryoqlama” iqtisodiyotdan xo‘jalik yuritishning bozor shakllariga o‘tish yo‘llari, davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdagi dasturiy yondashuvlar va ularning bosqichlari, agrar tizimda paxta yakka hokimligidan ko‘p ukladli innovatsion ishlab chiqarishga o‘tilishi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akade-miyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda bajarilgan №PP–20170928749 “O‘zbekiston mustaqilligining tarixiy shartlari: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy omillar” mavzusida amaliy loyiha doirasida nashr etilgan monografiyani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2021-yil 15-noyabrdagi 3/1255-3185-son ma’lumotnomasi). Bu keng kitobxonlar orasida mustaqillikning dastlabki yillarida Buxoro, Navoiy viloyatlarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish jarayonlari, bu boradagi xalqaro hamkorlik masalalari haqida etarli ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan;
mustaqillik yillarida ko‘p ukladli iqtisodiyotga o‘tish jarayonlarni, viloyatlarda davlat tasarrufidan chiqarish bosqichlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari, mintaqalarda konchilik, neft-gaz, kimyo, energetika, qurilish, engil sanoatni rivojlantirish, sanoatning alohida tarmoqlaridagi tarkibiy o‘zgarishlar, modernizatsiya qilishda davlatning funksional roli, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ishsizlik, migratsiya jarayonlarining xususiyatlariga oid natijalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariyasini yozishda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasining 2023-yil 24-fevraldagi 06-28-306-son ma’lumotnomasi). Bu tomoshabinlarda Buxoro, Navoiy viloyatlarida ishlab chiqarish korxonalari, aholini ish bilan ta’minlashdagi natija va muammolar borasidagi bilimlarni olishga ko‘maklashgan;
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda atrof-muhitni muhofaza qilish, O‘zbekistonning “yashil” iqtisodiyotga o‘tish jarayonini jadallashtirish bilan bog‘liq huquqiy mexanizmlarni joriy etish, xususan, Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi sanoat chiqindilarining atrof-muhitni ifloslantirib kelishiga qarshi belgilangan chora-tadbirlar, ularda jamoatchilik faolligini kuchaytirish haqidagi natijalardan O‘zbekiston ekologik partiyasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2022-yil 11-oktyabrdagi 02-04/231-son ma’lumotnomasi). Bu partiya tomonidan o‘tkazilgan tadbirlarda fuqarolarda mustaqillik yillari Buxoro, Navoiy viloyatlaridagi ekologik holat, uning asoratli oqibatlarini oldini olishdagi chora-tadbirlar va natijalar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga imkon bergan.