Ulmasova Shaxnoza Raxmatdjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I . Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri ( ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harbiy xizmatchilarda jigarning noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash, davolash va profilaktikasi» 14.00.05 –Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2232.
Ilmiy rahbar: Raximov Shuxrat Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpo‘latovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: harbiy xizmatchilarda xizmatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda jigarning noalkogol yog‘li kasalligini rivojlanish xususiyatlarini baxolashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigarning noalkogol yog‘li kasalligini kelib chiqishi hamda harbiy xizmatchilarning xizmat turiga mos ravishda triggerlarini erta aniqlashga asoslangan;
jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy xizmatchilarda fibrotest va elastografiya, ultratovush tekshiruvi asosida steatoz va fibroz darajasini ularning xizmat turiga mos ravishda o‘zgarishi aniqlangan;
yogli gepatoz va jigar noalkogol steatogepatiti bilan og‘rigan bemorlarda qon biokimyoviy ko‘rsatkichlari taxlil qilinganda uglevod va lipid almashinuvi buzilishlari harbiylarning xizmat turi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy bemorlarni olib borish uchun tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ekspert kengashining 2023 yil 03 iyuldagi 07/016 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022-yil 16- avgustdagi 03/2847-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: semiz bemorlarni tekshirish jigarning noalkogol yog‘li kasalligini rivojlanishining triggerlarini erta aniqlashga qaratilgan usullarni qo‘llashga asoslangan, shu jumladan maxsus so‘rovnoma, fibrotest, elastografiya va ultratovush tekshiruvi asosida jigar fibrozini aniqlash, uning faoliyatining biokimyoviy ko‘rsatkichlari, insulinga chidamlilik mavjudligi va darajasi orasidagi bog‘liqlikni aniqlash va natijada kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlardan jigar sirrozini rivojlanishi, ayrim xollarda gepatotsellyulyar karsinoma yuzaga kelishi oldi olinadi. Harbiy xizmatchilar orasida jigarning noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash, davolash va profilaktikasini olib borish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali 06.06.2023 yildagi 1011-sonli buyruq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasi 06.06.2023 yildagi 27-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari harbiy gospitali 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: harbiy xizmatchilarda jigarning noalkogol yog‘li kasalliklarini, ularning ovqatlanish tartibi hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlariga qarab erta aniqlash va oldini olish umumiy amaliyot shifokori, terapevt, gastroenterolog kabi mutaxassislarga birgalikda profilaktika ishlarini olib borishga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: harbiy xizmatchilarda jigarning noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash 68% bemorlarda kasallikni avj olib borishini oldini olishga imkoniyat beradi 2) jigarning noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olgan holda 1 nafar bemor uchun 1300000 so‘m iqtisod qilindi. 100 nafar bemordan kasallik avj olib borilishi 5 bemordan 2 bemorgacha kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1300000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3900000 so‘mni (3 nafar bemor uchun) tashkil qiladi. Xulosa: harbiy xizmatchilarda jigarning noalkogol yog‘li kasalligini erta tashxislash kasallikni avj olib borishini oldini olish va bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 3900000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1300000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy xizmatchilarda steatoz va fibroz darajasi ularning xizmat turiga mos ravishda o‘zgarishi isbotlangan. Jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy xizmatchilarda steatoz va fibroz darajasi fibrotest va elastografiya, ultratovush tekshiruvi yordamida erta aniqlanib profilaktik davo choralarini o‘tkazish. Harbiy xizmatchilar orasida jigarning noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash, davolash va profilaktikasini olib borish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali 06.06.2023 yildagi 1011-sonli buyruq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasi 06.06.2023 yildagi 27-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari harbiy gospitali 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tekshirilayotgan bemorlarda ultratovush tekshiruvi ma’lumotlariga ko‘ra, steatoz 81% xollarda va elastografiya (Fibroskan) ma’lumotlariga ko‘ra 95% xollarda kuzatildi. Elastografik ko‘rsatkichlar fibrotestga (85%) nisbatan 95% jigar fibrozini aniqlashda samaradorligi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shunday qilib, zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi bemorni statsionar davolashga yotqizmasdan, jarayonni ambulator sharoitda tashxislash imkonini yaratib, iqtisodiy samaradorligi yangi tashxislash usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam beradi, bu amalga oshirish ko‘lamida (n=149) 81 260 328 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Zamonaviy tashhis usullaridan foydalanish bemorlarni kasalxonaga yotqizmasdan keyingi davolash usulini tanlash va tashxisiy axtaruvlarga sarflangan o‘rtacha vaqt bilan yakuniy tashxis qo‘yish imkonini beradi, bu nogironlikni 40% ga kamaytirish, tibbiy yordam narxi va tibbiyot xodimlarining ish vaqtini qisqartirish orqali yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi, bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 545371 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 181790 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: yog‘li gepatoz va jigar noalkogol steatogepatiti bilan og‘rigan bemorlarda uglevod va lipid almashinuvi buzilishlari harbiylarning xizmat turi bilan bog‘liqligi aniqlangan. Kasallikning muolajasi dozalangan jismoniy faollikni, oqsillar, yog‘lar va uglevodlarning boshqariladigan tarkibiga ega bo‘lgan shaxsiy parhezni o‘z ichiga olishi kerakligi isbotlangan, bu lipidlar va uglevodlar almashinuvini me’yorlashtiradi, shuningdek jigarda noalkogolli steatogepatit yallig‘lanish faolligini kamaytiradi. Harbiy xizmatchilar orasida jigarning noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash, davolash va profilaktikasini olib borish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali 06.06.2023 yildagi 1011-sonli buyruq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasi 06.06.2023 yildagi 27-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari harbiy gospitali 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Eng katta samaradorlik katta oqsillarga boy mahsulotlarni iste’mol qiladigan, kuniga 3 marta ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan va jismoniy yuklamasi bor (kuniga 10 km), jangovor, tezkor, tezkor-texnik, tezkor-qo‘riqlash xizmat guruhida namoyon bo‘ldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 16,5 kundan 11,08 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 184 ming so‘mga kamaytirgan (MHG ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 34.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gastroenterologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Xulosa: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy xizmatchilarda steatoz va steatogepatit darajasi erta aniqlanishi profilaktik davo choralarini vaqtida o‘tkazish natijasida kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlardan jigar sirrozini rivojlanishi va ayrim xollarda gepatotsellyulyar karsinoma yuzaga kelishi oldi olinadi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 95 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 59 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy bemorlarni olib borish uchun tashxislash va davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Jigarning noalkogol yog‘li kasalligi bilan kasallangan harbiy bemorlar uchun ularning xizmat turiga mos ravishda kasallikka tashxis qo‘yish va davolash algoritmi tuzildi. Ushbu algoritmga ko‘ra semizligi mavjud bemorlar jigar UTTsidan o‘tkazilgandan keyin steatoz aniqlansa, uning muqobil sabablari istisno qilinadi, agar steatoz bo‘lmasa bemorlarga ShP+JF buyuriladi. So‘ng JNAYoK tashxisi qo‘yilib, xizmat turlaridan ma’muriyatda ishlovchi harbiylar bo‘lsa jigar funksional holati ko‘rsatkichlari aniqlanadi, oshgan bo‘lsa ShP+ ursosan+ ademetionin+ atorvakor (dislipidemiya bo‘lsa) buyuriladi, ko‘rsatkichlar oshmagan bo‘lsa va boshqa xizmat turidagi harbiylar bo‘lsa ShP+JF etarli bo‘lib hisoblanadi. Harbiy xizmatchilar orasida jigarning noalkogol yog‘li kasalligini tashxislash, davolash va profilaktikasini olib borish bo‘yicha tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali 06.06.2023 yildagi 1011-sonli buyruq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Markaziy poliklinikasi 06.06.2023 yildagi 27-sonli buyruq hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati chegara qo‘shinlari harbiy gospitali 06.06.2023 yildagi 36-sonli buyruq amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: YoG va JNAS bilan harbiy bemorlar uchun yaratilgan algoritm kasallikni erta tashxislash va davolash usullarini tanlashga imkon beradi. Ularning xizmat turiga mos ravishda kasallikni erta tashxislash va davolash rejasi tuziladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning shifoxonadagi davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 16,5 kundan 11,08 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 184 ming so‘mga kamaytirgan (MHG ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 34.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytirgan (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan gastroenterologiya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan. Iqtisodiy samaradorligi yangi tashhislash usulini joriy etishda nogironlikni kamaytirishga yordam beradi, bu amalga oshirish ko‘lamida (n=149) 50 068 192 so‘mni tashkil etdi. Xulosa: Barcha harbiy xizmatchilarni bir yilda bir marotaba dispanser nazoratidan o‘tish vaqtida fizikal (jismoniy) tekshiruv antropometrik parametrlarini dinamikada monitoring qilish va kasallik triggerlari – sigaret va nos chekish, jismoniy harakatsizlik (gipodinamiya), stress omillari mavjudligi aniqlab jigarning noalkogol yog‘li kasalligi rivojlanishini oldindan profilaktika qilish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga imkon bo‘ladi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 336028 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 112009 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.