Kurbonova Zumrad Chutbaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda gemostaz tizimi patologiyasi, klinik-laborator diagnostikasi va davolash yo‘llarini takomillashtirish”, 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya, 14.00.25 – Klinik laborator va funksional diagnostika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. DSc/Tib721.
Ilmiy rahbar: Babadjanova Shaira Agzamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02 rakamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudova Aziza Djumanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori; Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda koagulyasion, tomir-trombotsitar gemostaz o‘zgarishlari va giperkoagulyasiyaning genetik markerlari, korreksiya yo‘llarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
engil darajali koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlar faoliyati ishonchli o‘zgarmaganligi, o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida esa trombotsitlar adgeziya faoliyatining 60-98%, agregatsiya xususiyatining esa 39-54% oshishi isbotlangan;
o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari bo‘lgan faol qisman tromboplastin vaqti 26 - 40%, protrombin vaqti 21-30%, trombin vaqti 22,3-45,2% qisqarganligi, fibrinogen 37,4-58,6% oshganligi, D-dimer 1,6-2,2 barobar oshganligi asoslangan;
o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida MTHFR geni 677 S>T (rs1801133) polimorfizmi, MTHFR 1p36.22 geni 1298 A>S (rs1801131) polimorfizmi va MTR 5p15.31 geni 66 A>G (rs1801394) polimorfizmi noxush genotiplari uchrashi ishonchli darajada yuqori bo‘lishi va bu genotiplarning trombofiliya holatini indusirlovchi ta’siri mavjudligi isbotlangan;
koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlari geterozigot genotipi aniqlanganda gomotsistein miqdori 3,0-4,4 barobar, gomozigot mutatsiya aniqlanganda 5,6 barobar yuqori bo‘lgan, natijada trombotsitlar adgeziyasi 2,3-2,6 barobar, agregatsiyasi esa 1,9-2,5 barobar oshganligi isbotlangan;
tomir-trombotsitar va koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari o‘zgarish darajasi kasallik og‘irlik darajasiga va trombozlarga genetik moyillikka bog‘liq bo‘lib, o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida noxush geterozigot genotip aniqlanganda antiagregant va antikoagulyant terapiya kombinatsiyasi bilan davolash samaradorligi 2-3-oyda, og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida gomozigot mutatsiya aniqlanganda terapiya samaradorligi 3-4-oyda kuzatilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining 2023 yil 20 iyundagi 06/014-son xulosasiga ko‘ra (ilmiĭ yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriĭ etish bŭĭicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2022 ĭil 27 sentyabrdagi 03/3553-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: engil darajali koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlar faoliyati ishonchli o‘zgarmaganligi, o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida esa trombotsitlar adgeziya faoliyatining 60-98%, agregatsiya xususiyatining esa 39-54% oshishi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 07.07.2022 yildagi 339-son buyruq, 07.07.2022 yildagi 340-son buyruq hamda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 01.06.2022 yildagi 25-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan tomir-trombotsitar gemostaz tizimini kompleks baholash natijalari koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida trombotik asoratlarni oldini olish yo‘li bilan salomatlik indeksini oshirgan, taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish bemorlarda giperkoagulyasion sindromni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan, ushbu kasallik bilan bog‘liq asoratlarning kamayishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bu mablag‘ning tejalishi, statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlari qisqarishi hisobidan 2 kunda 432000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Taklif qilingan trombotsitlar faoliyatini laborator tekshirish usuli 60000 so‘m bo‘lsa, bemordan kunlik 372000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan. 250 nafar bemordan 250x372000=93000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan. Xulosa: taklif qilingan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombotsitlar faoliyatini laborator tekshirish usulini tatbiq etish natijasida bemorlardagi giperkoagulyasion sindromda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldi olingan, hamda bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, tadqiqotga jalb qilingan umumiy bemorlar hisobidan 93000000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari bo‘lgan faol qisman tromboplastin vaqti 26 - 40%, protrombin vaqti 21-30%, trombin vaqti 22,3 - 45,2% qisqarganligi, fibrinogen 37,4 - 58,6% oshganligi, D-dimer 1,6-2,2 barobar oshganligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 07.07.2022 yildagi 339-son buyruq, 07.07.2022 yildagi 340-son buyruq hamda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 01.06.2022 yildagi 25-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: olib borilgan gemostaz tizimini kompleks baholash natijalari koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombo-gemorragik asoratlarni oldini olishi, salomatlik indeksini oshishi, taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish natijasida bemorlarda giperkoagulyasion sindromni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda trombo-gemorragik asoratlarni oldini olish mablag‘ning tejalishi, statsionarda davolanish muddatining 2 kungacha kamayishi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslandi. Har bir nafar bemorda statsionar davo kunlarining qisqarishi hisobidan 432000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishilgan. Jami bemorlardan 108060000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishiga erishildi. Xulosa: koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda taklif qilingan diagnostika usullaridan foydalanish va trombo-gemorragik asoratlarni oldini olish samaradorligi bir kunda 1 nafar bemor uchun 216000 so‘mni, 2 kun uchun esa 432000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Buning natijasida sarf-xarajat kamayib, davo samaradorligi oshishi hisobiga byudjet mablag‘larining 20% kam sarflanishiga erishilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida MTHFR geni 677 S>T (rs1801133) polimorfizmi, MTHFR 1r36.22 geni 1298 A>S (rs1801131) polimorfizmi va MTR 5r15.31 geni 66 A> G (rs1801394) polimorfizmi noxush genotiplari uchrashi ishonchli darajada yuqori bo‘lishi va bu genotiplarning trombofiliya holatini indusirlovchi ta’siri mavjudligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 07.07.2022 yildagi 339-son buyruq, 07.07.2022 yildagi 340-son buyruq hamda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 01.06.2022 yildagi 25-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida MTHFR geni 677 S>T (rs1801133) polimorfizmi, MTHFR 1r36.22 geni 1298 A>S (rs1801131) polimorfizmi va MTR 5r15.31 geni 66 A> G (rs1801394) polimorfizmi noxush genotiplarini aniqlash o‘z navbatida trombofiliyaga moyilligi bo‘lgan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, trombozlarni davolash va profilaktika qilishda katta ahamiyatga ega. Trombofiliya genlaridagi noxush genotiplarni erta aniqlash giperkoagulyasiya sindromi va “sitokin bo‘roni” rivojlanish xavfini kamaytirgan. Bu esa o‘z navbatida nogironlik rivojlanishi va letal holatlarni kamaytirishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bemorlarda giperkoagulyasion sindromni tashxislash va prognozlash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlaridagi noxush genotiplarni erta aniqlash giperkoagulyasiya sindromi va “sitokin bo‘roni” rivojlanish xavfini kamaytirgan va iqtisod qilishga xizmat qilgan: trombofiliyaga nasliy moyillikni erta aniqlash statsionar davolanish kunlarini 4 kunga kamaytirgan va sarf xarajatlarni 18,2% kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: giperkoagulyasiya o‘zgarishlarni yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 18,2% iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlari geterozigot genotipi aniqlanganda gomotsistein miqdori 3,0-4,4 barobar, gomozigot mutatsiya aniqlanganda 5,6 barobar yuqori bo‘lgan, natijada trombotsitlar adgeziyasi 2,3-2,6 barobar, agregatsiyasi esa 1,9-2,5 barobar oshganligi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 07.07.2022 yildagi 339-son buyruq, 07.07.2022 yildagi 340-son buyruq hamda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 01.06.2022 yildagi 25-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida gomotsisteinning oshishi trombofiliya genlaridagi noxush genotiplarini tekshirish, giperkoagulyasion sindrom va “sitokin bo‘roni” rivojlanish xavfini erta tashxislashga yordam bergan, bu esa o‘z navbatida nogironlik rivojlanishi va letal holatlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gomotsistein oshmagan bemorlar uchun ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga sarf xarajatlarni 37,5% kamaytirish imkonini bergan. Koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlarining noxush genotiplarini aniqlash bemorlar uchun 400000 so‘mni, gomotsisteinni aniqlash esa 250000 so‘mni tashkil etadi. 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 250 nafar bemor uchun 150000 x 250 =37500000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: gomotsistein oshmagan bemorlar uchun ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi hisobiga sarf xarajatlarni 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150000 so‘mga, yillik 37500000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
beshinchi ilmiy yangilik: tomir-trombotsitar va koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlari o‘zgarish darajasi kasallik og‘irlik darajasiga va trombozlarga genetik moyillikka bog‘liq bo‘lib, o‘rta og‘ir va og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida noxush geterozigot genotip aniqlanganda antiagregant va antikoagulyant terapiya kombinatsiyasi bilan davolash samaradorligi 2-3-oyda, og‘ir darajali koronavirus infeksiyasida gomozigot mutatsiya aniqlanganda terapiya samaradorligi 3-4-oyda kuzatilishi Respublika maxsus 1-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 07.07.2022 yildagi 339-son buyruq, 07.07.2022 yildagi 340-son buyruq hamda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi bo‘yicha 01.06.2022 yildagi 25-T-son buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlarida noxush genotip kuzatilganda kuchli gipekoagulyasiya holati aniqlanganda koronavirus infeksiyasini kompleks davolashga antikoagulyant terapiya bilan birga 2 komponentli antiagregant davo sifatida atsetilsalisil kislotasi 75 mg va klopidogrel 75 mg ni birga qo‘llash tromboembolik asoratlar va uning natijasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan nogironlik va letal holatlarning oldini oladi, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: koronavirus infeksiyasida trombofiliya genlarida noxush genotip kuzatilgan bemorlar uchun taklif qilingan 2 komponentli antiagregant terapiyani qo‘llash 3-4-oyga kelib trombotsitlarning adgeziya va agregatsiya xususiyatlarining me’yorlashishiga olib kelgan. Koronavirus infeksiyasini kompleks davolashga antiagregant terapiya sifatida 75 mg atsetilsalisil kislotasi yoki 75 mg klopidogrelni alohida guruhlarda qo‘llashda davo samaradorligi 5-6-oyga kelib kuzatilgan. Natijada taklif qilingan davolash usuli ambulator davolanish kunlarini 2 oyga qisqarishiga olib keldi va 1 nafar bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 2 oyga 460000 so‘mdan iborat bo‘lgan. Xulosa: taklif qilingan davolash usulining iqtisodiy samaradorligi 2 oyga 1 bemor uchun 460000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish