Chorieva Shaxnoza Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz “Yo‘qotilgan avlod” adabiyotida ayollar obrazining badiiy o‘ziga xosligi (Richard Oldington va Vera Britten asarlari misolida)”, 10.00.04 –Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2220.
Ilmiy rahbar: Muratova El`mira Denisovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Niyazov Ravshan Turakulovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat uniersiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz “Yo‘qotilgan avlod” adabiyotida ayollar obrazining badiiy o‘ziga xosligini Richard Oldington va Vera Britten asarlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Yo‘qotilgan avlod” adabiyoti vakillarining urushda qatnashgan yoki qatnashmaganligiga ko‘ra jang tasvirlarini ishonarli va hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni asosida gavdalantirish mahorati, asarlari mavzusining ijtimoiy, siyosiy yoki ma’naviy qiymati, ijtimoiy-falsafiy mohiyati, badiiy g‘oyaning haqqoniyligi XX asr adabiy jarayonlari rakursida dalillangan;
Birinchi jahon urushi davrida ayollar mavqeyining o‘zgarishi; iroda va qat’iyati, individual psixologik xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi fazilatlari, ijtimoiy guruh yoki sinfning muhim xususiyatlarini ifodalovchi – o‘z davrining umumlashmasi bo‘la oladigan ayollarning tipik obrazlari Richard Oldington va Vera Brittenning nasriy va she’riy asarlari misolida aniqlangan;
ayol va erkak yozuvchilar romanlaridagi ayollar obrazining gender xususiyatlarini aniqlash orqali ayol mikroxrotopi, iztirobli o‘ylaridan nurli va istiqbolli umidlari sari harakatlanayotgan yetakchi va feminist ayollarning sa’y-harakatlari, erkak dominant jamiyatda ayollarga munosabatning oshkora tasviri tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima negizida ochib berilgan;
ayol qahramonlarning botinidagi ziddiyat, real tarixiy voqelikka ularning munosabati, ayol psixologiyasining difonik va polifonik tasvirlari asosida urushga qarshi asarlar yaratish ingliz “yo‘qotilgan avlod” adabiyoti namoyandalari R.Oldington va V.Brittenning ma’naviy-axloqiy konsepsiyasi ekanligi qiyosiy-tipologik jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz “Yo‘qotilgan avlod” adabiyotida ayollar obrazining badiiy o‘ziga xosligi (Richard Oldington va Vera Britten asarlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“Yo‘qotilgan avlod” adabiyoti vakillarining urushda qatnashgan yoki qatnashmaganligiga ko‘ra jang tasvirlarini ishonarli va hayotiy haqiqatga sodiqlik mezoni asosida gavdalantirish mahorati, asarlari mavzusining ijtimoiy, siyosiy yoki ma’naviy qiymati, ijtimoiy-falsafiy mohiyatiga oid taklif va tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetining I-OT-2019-42-raqamli “O‘zbek va ingliz tillarining elektron poetik lug‘atini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 25 avgustdagi 32-32/4866-son ma’lumotnomasi). Natijada Richard Oldington va Vera Brittenning tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimadan foydalanish mahoratiga doir ilmiy-nazariy qarashlar loyiha mazmun-mohiyatini boyitgan;
Birinchi jahon urushi davrida ayollar mavqeyining o‘zgarishi; iroda va qat’iyati, individual psixologik xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turuvchi fazilatlari; ijtimoiy guruh yoki sinfning muhim xususiyatlarini ifodalovchi – o‘z davrining umumlashmasi bo‘la oladigan ayollarning tipik obrazlari Richard Oldington va Vera Britten asarlari misolida aniqlangan ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining jamiyatda kitob mahsulotlarini nashr etish, tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 35-bandiga asosan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2022 yil 7 sentyabrdagi 03-12-13-3632-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturining takomillashuviga xizmat qilgan;
ayol va erkak yozuvchilar romanlaridagi ayollar obrazining tasvirlanishi, gender xususiyatlari, “ayol” tushunchasining mazmun-mohiyati, his-tuyg‘u va iztiroblarning ayol qalbida aks etishi, tarixiy haqiqat va badiiy haqiqat asosida aniqlangan erkak kishi ustun bo‘lgan jamiyatdagi ayollar obrazi to‘g‘risidagi ilmiy-nazariy qarashlardan hamda ayol va erkak yozuvchilar romanlaridagi ayollar obrazining gender xususiyatlari, ayol mikroxronotopi, iztirobli o‘ylaridan nurli va istiqbolli umidlari sari harakatlanayotgan yetakchi va feminist ayollarning sa’y-harakatlari, erkak dominant jamiyatda ayollarga munosabatning oshkora tasviri tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima negizida ochib berilishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023 yil 19 iyundagi 01-03/792-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada asarlarning tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatga egaligi, badiiy asarlar orqali o‘zga xalqlarning hayoti, o‘tmishi, turmush tarzi bilan tanishishga xizmat qilgan.