Nurullaev Xasan To‘xtaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis va o‘zbek tillari somatik frazeologizmlarining lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil992.
Ilmiy rahbar: Xoliyarov Lutfulla Toshquvvatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Anorqulov Sanjar Iskandarovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarni chog‘ishtirma tahlil qilish va shu asosda ularning antropotsentrik, madaniy, milliy va tarjima qilinish xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
frazeologizmlar tuzilishiga ko‘ra mustaqil so‘z turkumlar va so‘zlarni o‘zaro bog‘lashda ishtrok etuvchi grammatik birliklardan foydalangan holda birikma shaklidagi lisoniy sintaktik qoliplarga modellashtirish hamda nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar morfologik-sintaktik jihatdan ot, sifat, ravish, fe’l frazeologizmlar kabi turlarga tasniflash orqali ularning nominativ aspektda rod, son, kelishik hamda kommunikativ aspektda zamon, mayl va shaxs-son kategoriyalarini ifodalashi isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning morfologik-sintaktik va struktur-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali barcha lisoniy sathlarda mos keladigan somatik frazeologizmlar mutlaq, bir xil konnotativ mazmun ifoda etuvchi, biroq leksik va tuzilishiga ko‘ra farqlanadigan somatik frazeologizmlar qisman, barcha muqobillik mezonlarida differensial xususiyatlarni namoyon etadigan hamda madaniy tafovutlarni ko‘rsatadigan somatik frazeologizmlar nolga teng muqobillikka ega ekanligi aniqlangan;
tarjima qilishda muhim hisoblangan intralingvistik va ekstralingvistik omillarni aniqlash hamda somatik frazeologizmlarning tarjima imkoniyatiga ko‘ra adekvat tarjima, frazeologik analoglar hamda erkin tasviriy ifodalar bilan tarjima qilish kabi guruhlarga ajratish orqali tarjima jarayonida leksik-frazeologik va obrazli-uslubiy xususiyatlarni inobatga olish zarurati  isbotlangan;
nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar vositasida inson tashqi va ichki obrazlarini go‘zallik, jozibasizlik, bolalik, balog‘at, qarilik, sog‘lik, o‘lim, boylik, kambag‘allik, takabburlik, nutq faoliyati, oilaviy munosabatlar, do‘stlik, qo‘rquv, g‘azab, qayg‘u, quvonch, ajablanish, halollik, mehmondo‘stlik, hasadgo‘ylik, maqtanchoqlik, tamagirlik, tekinxo‘rlik kabi ideografik guruhlar asosida ochib berish orqali madaniy o‘ziga xos somatik frazeologizmlarning hunarmandchilik, xalq og‘zaki ijodi, kundalik turmush tarzi, xurofiy qarashlar, an’ana va marosimlar hamda diniy sohalar negizida shakllanganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis va o‘zbek tillari somatik frazeologizmlarining lingvomadaniy xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
frazeologizmlar tuzilishiga ko‘ra mustaqil so‘z turkumlar va so‘zlarni o‘zaro bog‘lashda ishtrok etuvchi grammatik birliklardan foydalangan holda birikma shaklidagi lisoniy sintaktik qoliplarga modellashtirish hamda nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar morfologik-sintaktik jihatdan ot, sifat, ravish, fe’l frazeologizmlar kabi turlarga tasnifiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs” nomli loyihasi tarjima yo‘nalishi bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 14-oktyabrdagi 02/8-10-son ma’lumotnomasi). Natijada nemis va o‘zbek tillari doirasida somatik frazeologizmlarning tarjima qilinayotgan ifodaga to‘liq mos kelishi, boshqa bir frazema bilan almashtirish orqali, qisqartirish yoki to‘ldirish, erkin tasviriy ifoda orqali tarjima qilinish imkoniyatlari muhim ahamiyat kasb etishi, bu orqali tarjimadagi muammolarning bartaraf etilishi va uning mukammallashishi mumkinligini aniqlashga imkon bergan;
nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning morfologik-sintaktik va struktur-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali barcha lisoniy sathlarda mos keladigan somatik frazeologizmlar mutlaq, bir xil konnotativ mazmun ifoda etuvchi, biroq leksik va tuzilishiga ko‘ra farqlanadigan somatik frazeologizmlar qisman, barcha muqobillik mezonlarida differensial xususiyatlarni namoyon etadigan hamda madaniy tafovutlarni ko‘rsatadigan somatik frazeologizmlar nolga teng muqobillikka ega ekanligiga oid ilmiy xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi ICM, KA-107- International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbek State University of world languaGES (Uzbekistan) and Ruhr University Bochum (Germany)-2020-1-DE01-KA107-005433-son loyihasi tarjima yo‘nalishi bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2021-yil 14-oktyabrdagi 02/8-11-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimlarga oid nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning struktural va semantik jihatlarini aniqlash va farqlashga erishilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning morfologik-sintaktik va struktur-semantik xususiyatlarini ochib berish orqali barcha lisoniy sathlarda mos keladigan somatik frazeologizmlar mutlaq, bir xil konnotativ mazmun ifoda etuvchi, biroq leksik va tuzilishiga ko‘ra farqlanadigan somatik frazeologizmlar qisman, barcha muqobillik mezonlarida differensial xususiyatlarni namoyon etadigan hamda madaniy tafovutlarni ko‘rsatadigan somatik frazeologizmlar nolga teng muqobillikka ega ekanligi tadqiqi bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tahlillar, xulosalar, taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlari ssenariysini (2021-2022-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2022-yil 5-apreldagi 04-36-717-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlarning antropotsentrik tahlili, ular vositasida nemis va o‘zbek lingvomadaniyatida inson tashqi va ichki qiyofasining aks ettirilishi hamda milliy-madaniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar va xulosalardan foydalangan holda eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularga amal qilish loyihalarning sifati, mazmuni va samaradorligi oshishiga xizmat qilgan;
nemis va o‘zbek tillaridagi somatik frazeologizmlar vositasida inson tashqi va ichki obrazlarini go‘zallik, jozibasizlik, bolalik, balog‘at, qarilik, sog‘lik, o‘lim, boylik, kambag‘allik, takabburlik, nutq faoliyati, oilaviy munosabatlar, do‘stlik, qo‘rquv, g‘azab, qayg‘u, quvonch, ajablanish, halollik, mehmondo‘stlik, hasadgo‘ylik, maqtanchoqlik, tamagirlik, tekinxo‘rlik kabi ideografik guruhlar asosida ochib berish orqali madaniy o‘ziga xos somatik frazeologizmlarning hunarmandchilik, xalq og‘zaki ijodi, kundalik turmush tarzi, xurofiy qarashlar, an’ana va marosimlar hamda diniy sohalar negizida shakllanganligiga oid xulosalardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida bajarilayotgan “O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’limni tashkil etish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishining masofaviy ta’limning didaktik ta’minoti bo‘limida foydalanilgan (Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining 2021-yil 14-avgustdagi 04/1-1886-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy til, xususan, nemis tilini mukammal o‘rganish va kasbiy ta’limni xorijiy tajribalar asosida olib borish jarayonida samarali foydalanish, Oliy ta’lim tizimida zamonaviy AKTlarni qo‘llash, masofaviy ta’limni tashkil etishda tadbiq qilish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish