Munir Axmadning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bemor o‘z terisining epidermotsitlari transplantatsiyasi orqali vitiligoni kompleks davosini optimizatsiyalash”, 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Disertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD./Tib2751.
Ilmiy raxbar: Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSs.04/30.30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Mannanov Abdushukur Malikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Akram Baratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi vitiligo kuzatilgan bemorlarni kompleks davolashda xususiy teri epidermotsitlarini ko‘chirib o‘tkazish va PUVA samaradorligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitiligo kuzatilgan bemorlar yuqori xavotir/depressiya darajasiga, dermatologik hayot sifati indeksinng yuqori va o‘rta qiymatiga ega bo‘lib, ular erkaklarga nisbatan ayollarda, shuningdek, 15-30 hamda 45-60 yoshdagi bemorlarda ko‘proq ifodalangan, bu bemorlar hayot sifatiga vitiligoning juda kuchli salbiy ta’siridan darak berishi isbotlangan;
vitiligo kuzatilgan bemorlar qon zardobi va terisida superoksiddismutazaning yuqori darajasining mavjudligi, melanotsitlar membranasining toksik parchalanishiga olib keluvchi oksidlanish stressining buzilishi haqida ma’lumot berishi isbotlangan; 
limfotsit va immunoglobulinlar, Langergans hujayralari miqdorining keskin pasayishi, ayniqsa chegara zonasida va PUVA-terapiya jarayonida soch follikulalari atrofida faol melanotsitlar miqdorining oshishi vitiligoni ijobiy kechishi hamda davolash samaradorligini prognozlash, bemorlarni ichki xavf omillari bo‘yicha tekshirishda aniqlangan vitiligoni kompleks davolash uchun dori vositalarini qo‘shish zarurati isbotlangan;
vitiligoni davolashda teri auto epidermotsitlari transplantatsiyasining yuqori samaradorligi tartibining qadamlari, bemor bilan ishlash, xavotir va depressiyani bartaraf etish, ishonch va xohish bilan davolanish istagi, tekshiruv, PUVA terapiya + aniqlangan ichki xavf omillarini bartaraf etish, auto teri epidermotsitlari transplantatsiyasida PUVA-terapiyasining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 21 fevraldagi 8n-z/79-sonli xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent tibbiyot akademiyasining 2021 yil 4-maydagi 03/1336-sonli xati yuborilgan).
birinchi ilmiy yangilik: vitiligo kuzatilgan bemorlar yuqori xavotir/depressiya darajasiga, dermatologik hayot sifati indeksining yuqori va o‘rta qiymatiga ega bo‘lib, ular erkaklarga nisbatan ayollarda, shuningdek, 15-30 hamda 45-60 yoshdagi bemorlarda ko‘proq ifodalangan, bu bemorlar hayot sifatiga vitiligoning juda kuchli salbiy ta’siridan darak berishi Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasining 2023 yil 8 iyundagi №18-R-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2023 yil 8 iyundagi №52-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialining 2023 yil 7 iyundagi №50-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahridagi MShifo xususiy klinikasining 2023 yil 8 iyundagi №2-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondoshuv vitiligo bilan kasallangan bemorlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallik asoratlarini oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitiligo bilan kasallangan bemorlarda kasallik belgilarini erta aniqlash, kasallik differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator va instrumental tekshiruvlar, tor mutaxassislar ko‘riklari uchun sarf qilinadigan 78 nafar bemorga 56 160 000 so‘m ortiqcha sarf-xarajatlar iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: vitiligo bilan kasallangan bemorlarga xos bo‘lgan kasallik belgilari aniqlanib, kasallikni erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larni o‘rtacha 720 000 so‘mini iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: vitiligo kuzatilgan bemorlar qon zardobi va terisida superoksiddismutazaning yuqori darajasining mavjudligi, melanotsitlar membranasining toksik parchalanishiga olib keluvchi oksidlanish stressining buzilishi haqida ma’lumot berishi Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasining 2023 yil 8 iyundagi №18-R-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2023 yil 8 iyundagi №52-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialining 2023 yil 7 iyundagi №50-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahridagi MShifo xususiy klinikasining 2023 yil 8 iyundagi №2-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikning patogenezida ruhiy emotsional omillar va oksidlovchi stressning ahamiyatini ochib berishi bilan belgilanadi, respublikada vitiligoni o‘z epitdermotsitlarini transplantatsiya qilish usuli samaradorligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda yuqorida ko‘rsatilgan ruhiy emotsional omillari va oksidlovchi stress ko‘rsatkichlarni o‘z vaqtida aniqlanishi kerak bo‘ladigan sarf xarajatlarni cheklaydi, hamda bemorlar davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. Gospitalizatsiya kunining 10 kundan 5 kunga kamaytirilishi 78 nafar bemor uchun byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 1 175 000 ming so‘m, byudjet mablag‘lari hisobidan 8 750 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasida 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat o‘rtacha byudjetdan tashqari mablag‘larni 235 000 so‘m, byudjet mablag‘larni 175 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: limfotsit va immunoglobulinlar, Langergans hujayralari miqdorining keskin pasayishi, ayniqsa chegara zonasida va PUVA-terapiya jarayonida soch follikulalari atrofida faol melanotsitlar miqdorining oshishi vitiligoni ijobiy kechishi hamda davolash samaradorligini prognozlash, bemorlarni ichki xavf omillari bo‘yicha tekshirishda aniqlangan vitiligoni kompleks davolash uchun qo‘shimcha dori vositalarini qo‘llash Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasining 2023 yil 8 iyundagi №18-R-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2023 yil 8 iyundagi №52-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialining 2023 yil 7 iyundagi №50-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahridagi MShifo xususiy klinikasining 2023 yil 8 iyundagi №2-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitiligo kasalligini o‘tkazgan bemorlarni erta tashxislash ushbu bemorlarda ruhiy emotsional omillari va oksidlovchi stressning ahamiyati kabi og‘ir asoratlarning oldini olishga yordam beradi. Shuningdek, maqsadli tekshiruv diagnostik va davolashdagi polipragmaziyaning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorlar ortiqcha instrumental va laborator tekshiruvlarining tejalishi; 2) maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishini oldini olish; 3) tor mutaxassis shifokorlar maslahatining tejalishi bemorlarlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga sabab bo‘ladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Gospitalizatsiya kunining 10 kundan 5 kunga kamaytirilishi davolanish jarayoniga sarf qilinadigan harajatlar to‘lov miqdorini 78 nafar bemorlardan byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan davolanayotgan bemorlar uchun 18 330 000 so‘m, byudjet mablag‘lari hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 13 650 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajatni byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan davolanayotgan bemor uchun 235.000 so‘m, byudjet mablag‘lari hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 175 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vitiligoni davolashda teri auto epidermotsitlari transplantatsiyasining yuqori samaradorligi tartibining qadamlari, bemor bilan ishlash, xavotir va depressiyani bartaraf etish, ishonch va xohish bilan davolanish istagi, tekshiruv, PUVA terapiya + aniqlangan ichki xavf omillarini bartaraf etish, auto teri epidermotsitlari transplantatsiyasida PUVA-terapiyasining samaradorligi o‘z terisi epidermotsitlarini transplantatsiya qilish usuli Respublika teri-tanosil klinik kasalxonasining 2023 yil 8 iyundagi №18-R-sonli buyrug‘i, Toshkent viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserining 2023 yil 8 iyundagi №52-sonli buyrug‘i, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro viloyati hududiy filialining 2023 yil 7 iyundagi №50-sonli buyrug‘i hamda Toshkent shahridagi MShifo xususiy klinikasining 2023 yil 8 iyundagi №2-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: sog‘liqni saqlash amaliyotiga fototerapiyaning yakuniy kursi bilan o‘z terisining epidermotsitlarini transplantatsiya qilish usulini joriy etish davolash samaradorligini keskin oshiradi va vitiligodan xavfsiz va to‘liq xalos bo‘lishga imkon beradi. Vitiligo kasalligini davolash imkoniyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bemorda tashvish va depressiya darajasini keskin kamaytiradi, hayot sifatini va terapiya samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vitiligo kasalligini aniqlashda teri biopsiyasi o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan 280 000 so‘m, Vud lampasida tekshirish uchun kerak bo‘lgan 125 000 so‘m, zamburug‘ tekshiruvi uchun sarflanadigan 85 000 so‘m miqdordagi mablag‘ iqtisod qilingan. Mazkur tekshiruvlarda 78 nafar bemor uchun 38 0220 000 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Shuningdek, bu tekshiruvlar natijalarini kutish uchun ketadigan vaqt ham tejaladi. Xulosa: vitiligo kasalligi mavjud bemorlarda teri biopsiyasi, Vud lampasida tekshiruv, terining zamburug‘ tekshiruvi xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejaladi. Bu mablag‘ 1 nafar bemor uchun o‘rta hisobiga 490 000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish