Usmanov Said-Amir Muradxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyashi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan ishlab chiqarish nomi): “O‘zbekiston Respublikasi kompaniyalarida loyihaviy boshqaruvni joriy qilish”, 08.00.13 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Iqt2105.
Ilmiy rahbar: Margolin Andrey Markovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., akademik Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, i.f.d., prof. Ikramov Murat Akramovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.  Tadqiqotning maqsadi kompaniyalarda biznes jarayonlarni samarali boshqarish va boshqaruv maqsadiga erishishni ta’minlashda loyihaviy boshqaruv instrumentidan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
samarali loyihaviy boshquvni tashkil qilish va kompaniyaning mazkur sohadagi etuklik darajasini aniqlash maqsadida kompaniyalarni jadal rivojlantirishda loyihaviy boshqaruv har bir (beshta) fazasining etuklik darajasini boshqaruv bilimlari yo‘nalishlari (sakkizta) bo‘yicha rivojlantirishga yo‘naltirilgan «Loyihaviy boshqaruvda kompaniyani baholash modeli» ishlab chiqilgan;
investisiyalarni boshqarish samaradorligini oshirishda energetika kompaniyalari loyihaviy boshqaruv faoliyati ICB 3.0 standartiga ko‘ra loyiha menejeri kompetensiyasining texnik, xulq-atvor va tashkiliy (kontekstnie) jihatdan baholashning uslubiy yondashuvi ishlab chiqilgan;
investision loyihalarni e’tiborga olgan holda energetika kompleksi kompaniyalari asosiy faoliyatining 2030 yilgacha bo‘lgan davrga rivojlantirishning  prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
energetika kompaniyalari strategik rivojlantirish konsepsiyasi va ishlab chiqarishning texnologik-tashkiliy, personal boshqaruvi xususiyatlariga ko‘ra «Trans-Neft-Montaj-Qurilish» MChJ raqobatbardoshligini ta’minlash loyihaviy boshqaruvining Gant jadvali ishlab chiqilgan. 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energetika kompaniyalarida loyihaviy boshqaruv samaradorligni oshirsh bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
investisiyalarni boshqarish samaradorligini oshirishda energetika kompaniyalari loyihaviy boshqaruv faoliyati ICB 3.0 standartiga ko‘ra loyiha menejeri kompetensiyasini texnik, xulq-atvor va tashkiliy (kontekstnie) jihatdan baholashning uslubiy yondashuvi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 2-maydagi 01-04/1651-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi loyiha menejerining shaxsiy sifatlari bilan sohaga oid bilim va ko‘nikmalari hamda me’yoriy va strategik yondashuvi kabilarga ko‘ra muayyan davrga mo‘ljallangan samarali loyihaviy boshqaruvga ko‘ra investisiyalar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi; 
samarali loyihaviy boshquvni tashkil qilish va kompaniyaning mazkur sohadagi etuklik darajasini aniqlash maqsadida kompaniyalarni jadal rivojlantirishda loyihaviy boshqaruv har bir (beshta) fazasining etuklik darajasini boshqaruv bilimlari yo‘nalishlari (sakkizta) bo‘yicha rivojlantirishga yo‘naltirilgan «Loyihaviy boshqaruvda kompaniyani baholash modeli» “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 2-maydagi 01-04/1651-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu modelning amaliyotga joriy qilinishi natijasida kompaniyaning loyihaviy boshqaruv sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish, ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish, kompaniyaning loyihaviy boshqaruvdagi o‘rnini aniqlash va faoliyat  samaradorligni oshirishga hamda davlat loyihaviy boshqaruvi samaradorligni oshirishga xizmat qiladi;
energetika kompaniyalari strategik rivojlantirish konsepsiyasi va ishlab chiqarishning texnologik-tashkiliy, personal boshqaruvi xususiyatlariga ko‘ra bu kompaniyalarning raqobatbardoshligini ta’minlash loyihaviy boshqaruvining Gant jadvali “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 2-maydagi 01-04/1651-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning energetika kompaniyalari amaliyotida joriy etilishi boshqaruv samaradorligi va raqobat ustunligini oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarini aniqlashga, mehnat unumdorligini oshirishga hamda loyihaviy boshqaruvga ko‘ra texnologik jarayonlarning o‘zaro muvofiq holda tashkil qilinishiga xizmat qiladi;
investision loyihalarni e’tiborgan olgan holda energetika kompleksi kompaniyalari asosiy faoliyati rivojlantirishning prognozi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil 2-maydagi 01-04/1651-sonli ma’lumotnomasi). Prognoz hisob-kitoblariga ko‘ra 2030 yilgacha respublikada elektr energiyasining iste’moli yillik 6-7 foiz o‘sishi taxmin qilinmoqda. Prognoz parametrlaridan foydalanish natijasida investision loyihalardan istiqbolda yanada samarali foydalanish va elektr energiyasini ishlab chiqarish va iste’mol qilish balansini takomillashtirishga xizmat qiladi. 


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish