Sayfulin Ramil Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metall kesish uskunalarining ishlash rejimlari samaradorligini oshirish uchun nazorat va diagnostika tizimlarini intellektuallashtirish», 05.03.01 – Asboblar. O‘lchash va nazorat qilish usullari. (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/T1615.
Ilmiy rahbar: Jumaev Odil Abdujalilovich, texnika fanlari doktori, dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Shuxrat Mannopovich, texnika fanlari doktori, professor; Sattarov Xurshid Abdishukurovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat muhandislik va iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: nazorat va boshqarish tizimlarini intellektuallashtirish orqali metallga ishlov berish uskunalarining ish rejimlarining samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazorat va boshqarish tizimlarini intellektuallashtirish muammolarini echishda ish rejimlarining ishonchliligi va samaradorligini ta’minlash uchun metallga ishlov berish uskunalari parametrlarini diagnostika qilish algoritmlari ishlab chiqilgan;
kirish axborot ma’lumotlarining noaniqligi sharoitida matrisa funksiyalari asosida metallga ishlov berish uskunalari parametrlarini kuzatish va diagnostika qilish uchun matematik modellar va algoritmlar ishlab chiqilgan;
metallga ishlov berish uskunalari ish rejimlarining samaradorligini oshirish uchun elektr uzatgichlarning tezligi va holatini o‘lchash va boshqarish tizimlarini vizualizatsiya qilish uchun teskari noravshan xulosaga asoslangan dasturiy-algoritmik kompleks ishlab chiqildi;
ish rejimlarini boshqarish va metallga ishlov berish uskunalarining diagnostika parametrlarini vizualizatsiya qilish uchun mikroprotsessor tizimining algoritmlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallga ishlov berish uskunalarining ishlash rejimlari samaradorligini oshirish uchun nazorat va diagnostika tizimlarini intellektuallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallga ishlov berish uskunalari parametrlarini diagnostika qilish algoritmlari Navoiy mashinasozlik zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati AJning 2023yil 24 iyuldagi 26.01-0-05/980-son ma’lumotnomasi). Natijada, monitoring va boshqarish tizimlarini intellektuallashtirish muommolarini hal qilishda ish rejimlarining ishonchliligi va samaradorligi ta’minlanadi;
kirish axborot ma’lumotlarining noaniqligi sharoitida matrisa funksiyalari asosida metallga ishlov berish uskunalari parametrlarini kuzatish va diagnostika qilish uchun matematik modellar va algoritmlari Navoiy mashinasozlik zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati AJning 2023yil 24 iyuldagi 26.01-0-05/980-son ma’lumotnomasi). Natijada, metallga ishlov berish uskunalaridan foydalanish samaradorligi oshdi;
stanoklar uzatmalarining tezligi va holatini o‘lchash va boshqarish tizimlarini vizualizatsiya qilish uchun teskari mantiq xulosasiga asoslangan dasturiy -algoritmik kompleks Navoiy mashinasozlik zavodiga joriy etilgan (Navoiy kon metallurgiya kombinati AJning 2023yil 24 iyuldagi 26.01-0-05/980-sonli guvohnomasi). Natijada, metallga ishlov berish uskunalari ish rejimlari samaradorligi oshdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish