Abdiqulova Dilnoza Abdukadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Agrar sohaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ekonometrik modellashtirish», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2747.
Ilmiy rahbar: Utanov Bunyod Kuvandikovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mamadjanov Abrorali Ashiralievich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori .
Yetakchi tashkilot: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti. Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Agrar sohani makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ekonometrik modellashtirish masalalarini ilmiy tadqiq etish hamda uning uslubiyatini yaratish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida tomorqa er egalari tomonidan yaratilgan mahsulotlar ulushi hamda so‘rovnomaga jalb qilingan respondentlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan yalpi talabini aniqlash orqali tomorqadan foydalanuvchi uy xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyat natijalarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar shakllanishiga ta’sirini baholash taklifi asoslangan;
agrar soha rivojlanishining bandlikni oshirish hamda inflyasiyani targetlash jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik modellarni ishlab chiqish tomorqa xo‘jaliklarining samarali faoliyati shart-sharoitlarini ta’minlash hamda rag‘batlantirish omillarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
yalpi ichki mahsulot tarkibidagi tarmoq va sohalarning yalpi qo‘shilgan qiymat tarkibidagi o‘zgarishlarini uzoq muddatli kointegratsion aloqadorligiga ko‘ra baholash orqali agrar sohada eksportning ulushini doimiy rag‘batlantirishning uzoq muddatli omil sifatidagi ta’siri aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasida agrar sohaning ekstensiv, intensiv va raqamli texnologiya ta’siridagi rivojlanishining 2027 yilga qadar prognoz ssenariylari ARIMA modellari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Agrar sohani makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmida tomorqa er egalari tomonidan yaratilgan mahsulotlar ulushi hamda so‘rovnomaga jalb qilingan respondentlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan yalpi talabini aniqlash orqali tomorqadan foydalanuvchi uy xo‘jaliklari iqtisodiy faoliyat natijalarining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar shakllanishiga ta’sirini baholash taklifi O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashi amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari kengashining 2022 yil 30 noyabrdagi 01/01-3180-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida tomorqa er egalarining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan yalpi talab bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoni yaratilgan;
agrar soha rivojlanishining bandlikni oshirish hamda inflyasiyani targetlash jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka asoslangan ekonometrik modellarni ishlab chiqish tomorqa xo‘jaliklarining samarali faoliyati shart-sharoitlarini ta’minlash hamda rag‘batlantirish omillarini kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/05-659-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligini o‘sish sura’ati 1 foiz bo‘lishi bandlikni 1,8 foizga ortishiga hamda inflyasiyani 0,16 foiz kamayishiga xizmat qilgan;
yalpi ichki mahsulot tarkibidagi tarmoq va sohalarning yalpi qo‘shilgan qiymat tarkibidagi o‘zgarishlarini uzoq muddatli kointegratsion aloqadorligiga ko‘ra baholash orqali agrar sohada eksportning ulushini doimiy rag‘batlantirishning uzoq muddatli omil sifatidagi ta’siri aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/05-659-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi, sanoat hamda eksportlarni uzoq muddatda bir biriga kointegratsion bog‘liqligi 1,4 foizga yaxshilanib borishi imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston Respublikasida agrar sohaning ekstensiv, intensiv va raqamli texnologiya ta’siridagi rivojlanishining 2027 yilga qadar ARIMA modellari asosida ishlab chiqilgan prognoz ssenariylari O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublika qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 fevraldagi 07/05-659-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ssenariylaridan foydalanish natijasida respublika qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy hajmini monitoring qilish jarayonini takomillashtirish imkoni yaratilgan.