Bozorov Akmal Amonovichning
Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt409
Ilmiy rahbar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Haydarov Nizomiddin Hamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; 
Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jismoniy shaxslarning daromadlari va ko‘chmas mulklarini soliqqa tortish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha daromad solig‘i va qatʼiy belgilangan soliqdan nazarda tutilgan imtiyozlarni bekor qilish asosida soliqqa tortishning adolatliligini ta’minlash hamda byudjet tushumlarini ko‘paytirish asoslangan; 
fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini oliy ta’lim muassasalarida turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun to‘lovga yo‘naltirilgan holatda mazkur daromadlarga soliq imtiyozlarini qo‘llash taklif etilgan;
jismoniy shaxslarning mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha yig‘iluvchanlik ko‘rsatkichini oshirish uchun mol-mulk va er solig‘ini undirish amaliyotini mahallalar zimmasiga o‘tkazish taklifi ishlab chiqilgan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq to‘lash tartibini har oyda qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashga o‘tish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan;
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib toifalarga ajratgan holda soliqqa tortish mexanizmini qo‘llash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslarni soliqqa tortish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish bo‘yicha daromad solig‘i va qatʼiy belgilangan soliqdan nazarda tutilgan imtiyozlarni bekor qilish asosida soliqqa tortishning adolatliligini ta’minlash hamda byudjet tushumlarini ko‘paytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 599-son Qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 379-moddasida belgilangan imtiyozni bekor qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 13-yanvardagi 18/2-02082-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i qo‘llanilib, 2020-yil davomida 0,8 mlrd.so‘m miqdoridagi qo‘shimcha summa byudjetga undirilishiga erishilgan; 
fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarini oliy ta’lim muassasalarida turmush o‘rtog‘ining ta’lim olishi uchun to‘lovga yo‘naltirilgan holatda mazkur daromadlarga soliq imtiyozlarini qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 378-moddasi 
16-bandida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish (o‘zining, yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) ta’lim olishi) uchun to‘lovga yo‘naltirilgan summalarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilishini nazarda tutuvchi meʼyorni belgilashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021-yil 13-yanvardagi 18/2-02082-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 55,3 mlrd. so‘m miqdoridagi mablag‘lar soliq to‘lovchi jismoniy shaxs ixtiyorida qolishiga erishilgan;
jismoniy shaxslarning mol-mulk va er solig‘i bo‘yicha yig‘iluvchanlik ko‘rsatkichini oshirish uchun mol-mulk va er solig‘ini undirish amaliyotini mahallalar zimmasiga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-dekabrdagi PQ-458-son “Mahalla byudjeti” tizimini joriy etish orqali mahallalarning moliyaviy imkoniyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 11-yanvardagi 19/11-02946-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va er solig‘ini aholining soliq to‘lash savodxonligini oshirish orqali undirishga ko‘maklashish va har bir mahalla o‘zining muammosini mustaqil hal etishi uchun 2023-yil 1-yanvardan boshlab har bir hududdan soliqlarni undirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan bittadan tumanlarda “Mahalla byudjeti” tizimi huquqiy eksperiment tariqasida joriy etilib, bunda undirilgan mablag‘larning 10 foizi tuman byudjetlari orqali tegishli jamg‘armalarga yo‘naltirilishi belgilangan;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida qatʼiy belgilangan soliq to‘lash tartibini har oyda qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashga o‘tish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 383-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 11-yanvardagi 19/11-02946-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 
30-dekabrdagi “2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-659-son qonuni bilan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turidan va uni amalga oshirish joyidan qatʼi nazar, oyiga qatʼiy belgilangan miqdordagi soliqning 50 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda to‘lashi belgilanib, bu ushbu toifadagi soliq to‘lovchilarga nisbatan belgilangan imtiyoz orqali soliq yig‘iluvchanligi va undiruvchanligi darajasini oshishiga imkon yaratgan; 
tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib soliqqa tortish mexanizmini joriy etish borasida ishlab chiqilgan taklif inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-287-son Farmoniga asosan sharoiti og‘ir bo‘lgan tumanlarda faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlik subektlariga nisbatan imtiyozli soliq stavkalarini qo‘llash belgilangan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 
11-yanvardagi 19/11-02946-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sharoiti og‘ir ya’ni 5-toifadagi 20 ta tumanlarda ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining qatʼiy belgilangan summalarini to‘lashdan ozod qilingan. Shu bilan birga jozibadorligi etarli bo‘lmagan yaʼni 4-toifadagi 40 ta tumanlarda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan miqdordagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha 0,5 gacha kamaytiruvchi koeffisient kiritish huquqi berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish