Elmurodov Shoxjahon G‘ayrat o‘g‘lining
 iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yashirin iqtisodiyotni moliyaviy mexanizmlar orqali kamaytirish metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Iqt457. 
Ilmiy rahbar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xaydarov Nizomiddin Hamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Sattorov Odiljon Berdimurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yashirin iqtisodiyotni moliyaviy mexanizmlar orqali kamaytirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xalqaro fond birjalarda faoliyat yuritadigan treyderlarning daromadini soliqqa tortishda treyderlik hisob raqamidan echib olinadigan mablag‘larni rasmiy daromad sifatida e’tirof etish va undan 3 foiz miqdorida daromad solig‘ini joriy etish taklif etilgan;
qurilish korxonalariga mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat etish taklif etilgan;
yashirin iqtisodiyot darajasini naqd pulga talab metodi hamda so‘rovnoma o‘tkazish orqali pul massasining 1 mlrd so‘mga oshishi yashirin iqtisodiyotdagi operasiyalar hajmini 5,52 mlrd so‘mga oshishiga sabab bo‘lishi isbotlangan;
yashirin iqtisodiyot darajasini qo‘shish asosida inflyasion targetlashni amalga oshirish va target inflyasion darajasini aniqlash  hamda inflyasiya ko‘rsatkichini ishonchliligini ta’minlash asoslangan;
transfert narxlarni mustaqil tomonlar o‘rtasidagi nazorat qilinmaydigan tranzaksiyalarning “qiyosiy nazorat qilinmaydigan narxlar” va “xarajatlar yig‘indisi” metodlaridan foydalangan holda belgilash asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yashirin iqtisodiyotni moliyaviy mexanizmlar orqali kamaytirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
xalqaro fond birjalarda faoliyat yuritadigan treyderlarning daromadini soliqqa tortishda treyderlik hisob raqamidan echib olinadigan mablag‘larni rasmiy daromad sifatida e’tirof etish va undan 3 foiz miqdorida daromad solig‘ini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24-yanvardagi №11/05-11-554 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida soliqlarni tartibga solish funksiyasi qo‘llash asosida bir necha turdagi tranzasion xarajatlarning hamda mablag‘ni echib olish bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni oldi oldini olish imkoniyati yaratilgan;
qurilish korxonalariga mehnatga haq to‘lash fondi jami miqdorining 10 foizidan oshmagan hajmda (ijtimoiy soliq summasini hisobga olmaganda) ish haqini naqd pulda to‘lash huquqi bilan shartnoma tuzmasdan muddatli ravishda ishchilar yollashga ruxsat etish taklif bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24-yanvardagi dagi №11/05-11-554 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida joriy va mavsumiy ishlaydigan ishchi kuchiga talab yuqori bo‘lgan korxonalarga imkoniyat yaratgan va norasmiy iqtisodiyotda ishlovchilarning sonini keskin kamaytirishga erishilgan;
yashirin iqtisodiyot darajasini naqd pulga talab metodi hamda so‘rovnoma o‘tkazish orqali pul massasining 1 mlrd so‘mga oshishi yashirin iqtisodiyotdagi operasiyalar hajmini 5,52 mlrd so‘mga oshishiga sabab bo‘lishi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonidagi vazifalarni bajarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasiga kiritilgan(O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24-yanvardagi dagi №11/05-11-554 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida yashirin iqtisodiyot darajasini bevosita va bilvosita usullardan foydalangan holda hisoblash metodologiyasi takomillashtirilgan;
yashirin iqtisodiyot darajasini qo‘shish asosida inflyasion targetlashni amalga oshirish va target inflyasion darajasini aniqlash  hamda inflyasiya ko‘rsatkichini ishonchliligini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan inflyasiya ko‘rsatkichini xisoblash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24-yanvardagi dagi №11/05-11-554 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida yashirin iqtisodiyot darajasini oshishiga sabab bo‘luvchi omillarni aniqlash xamda inflyasiya ko‘rsatkichini ishonchli belgilash imkoniyati yaratilgan;
transfert narxlarni mustaqil tomonlar o‘rtasidagi nazorat qilinmaydigan tranzaksiyalarning “qiyosiy nazorat qilinmaydigan narxlar” va “xarajatlar yig‘indisi” metodlaridan foydalangan holda belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6098-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 24-yanvardagi dagi №11/05-11-554 sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida soliqdan qochish maqsadida shakllantirilayotgan transfert narxlarni tartibga solish  hamda soliq tushumlari miqdorini oshirishga erishilgan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish