Doniyorov Bektosh Bahodirovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘quvchilikka yuqori samarali iplar tayyorlash texnologiyasi ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T549.

Ilmiy rahbar: Alimboev Erkin Sharipovich, texnika fanlari nomzodi, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Xolikov Qurbonali Madaminovich, texnika fanlari doktori; Matismailov Sayfulla Lolashboevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tolali iplardan yuqori samarali tanda tayyorlash usuli va uning texnologik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zamonaviy qayta o‘rash avtomatlarida tanda va arqoq iplarini tayyorlashda ularning uzish chegaralarini alohida o‘rnatish parametrlari ishlab chiqilgan;

mavjud tandalash texnologiyasida tezlikni oshirish orqali erishiladigan unumdorlik kutilgan natija bermasligi sababli ularni bartaraf etish omillari ishlab chiqilgan;

tanda g‘altagi shakllanish jarayonida iplar tukdorligi hamda uzuqlar soni ko‘payishi natijasida chiqindilar miqdori ortib ketishi aniqlanib, ularni kamaytirishni ta’minlovchi texnologik ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan;

uzluksiz xomashyo tejamkor ohorlab-tandalash jarayonining texnologik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Iplarni to‘quvchilikka tayyorlash jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

to‘qimachilik iplarining ko‘p davrli cho‘zilish deformatsiyasi bilan bir qatorda, iplarning emirilishga chidamliligini ham aniqlash bo‘yicha Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Iplarni ko‘p marotabali cho‘zilish deformatsiyasi va edirilishiga chidamliligini aniqlash asbobi”,  №FAP 00887-2012 y.). Natijada tanda iplariga to‘quv dastgohida sodir bo‘ladigan tashqi ta’sirlar ahamiyatini aniqlash imkoniyati yaratilgan;

zamonaviy qayta o‘rash avtomatlari iplarning notekis qismlarini bartaraf etish qurilmasi uzish chegaralarining yangi ko‘rsatkichlari “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli “TASHTIB-TEX” qo‘shma korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 21 fevraldagi DM-166-son ma’lumotnomasi). Natijada avtomatlarda sodir bo‘ladigan chiqindilar miqdori kamaytirilib, ularning ekspluatatsion muddatlari uzaytirilgan;

byaz` to‘qimasini ishlab chiqarish uchun ohorlab-tandalash texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga qarashli “IRODA GAZMOL BIZNES” to‘quvchilik korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2018 yil 21 fevraldagi DM-166-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud texnologiyaga nisbatan chiqindilar miqdori 25 %ga kamayishi hamda zamonaviy to‘quv dastgohlariga sifatli xomashyo tayyorlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish