Beknazarov Zafarjon Ergashevichning 
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Iqt408. 
Ilmiy maslahatchi: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umurzoqov Bahodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Sadirdin Karimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzlyuksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash tizimini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga oylik nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etish zarurligi asoslangan;
yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun xar oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilish taklif etilgan;
imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy kommunal xizmatlari xaqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik konpensatsiya pul to‘lovlari joriy etishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ishsiz deb topilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzlyuksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash tizimini yaratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi PF-87-sonli «Oila va xotin qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 apreldagi 05833-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil uchun davlat byudjetidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash va demografik o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida 200,0 milliard so‘m mablag‘ ajratilishiga erishilgan;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan bolaning qonuniy vakiliga 500 000 so‘m miqdorida oylik nafaqa to‘lovi (parvarishlash nafaqasi) joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 17 fevraldagi PF-74-sonli «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholini ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 apreldagi 05833-son ma’lumotnomasi). Natijada nogironlarga qarayotganlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun 2022 yil 8 mlrd. so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirilgan; 
yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun xar oyda – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-sonli «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 apreldagi 05833-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu qatlam vakillarini moliyaviy rag‘batlantirish uchun davlat byudjetidan 2022 yilda 20,2 mln. so‘m qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirilgan;
imtiyozli toifadagi shaxslar uchun uy-joy kommunal xizmatlari xaqini to‘lash bo‘yicha qonunchilik asosida beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik konpensatsiya pul to‘lovlari joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-58-sonli «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 apreldagi 05833-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun xar oylik kompensatsiya to‘lovi – pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida qilib belgilangan;
ishsiz deb topilgan shaxslarga ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida ko‘pi bilan 26 hafta davomida to‘lash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 20 oktyabrdagi O‘RQ-642-sonli «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 20 apreldagi 05833-son ma’lumotnomasi). Natijada ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 barabari, ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining kamida 75 foizi miqdorida qilib belgilangan.


 

Yangiliklarga obuna bo‘lish