Zokirjonov Muhammadsodiq Ravshanbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy risklarni baholash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit». 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1899
Ilmiy rahbar: Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. 
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xadjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muxamedov Farxod Tursunbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy risklarni baholash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
banklarda kredit riskini kamaytirishda kafillik kredit ta’minoti miqdorini sof aktivlarning 1,5 barobardan oshib ketmasligi bo‘yicha cheklov o‘rnatish taklif etilgan;
bankning kreditlash jarayonida mijozning ehtimolli bankrotlikka uchrashini baholash uchun defolt bo‘lishini aniqlaydigan 0,593 va -0,593 chegaraviy prognoz qiymatlar taklif etilgan;
bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozisiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash asosida moliyaviy risklarni baholashning 6 bosqichli tizimi taklif etilgan;
qarz instrumenti riskini baholashda yo‘qotishlarni kamaytirish uchun kredit reytingi defolt sinfiga tushishini ifodalovchi ko‘rsatkichni, ya’ni instrument nominalidan 37,7 foizni ko‘rsatuvchi ifodani hisobga olish bilan riskni baholash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korporativ moliyani boshqarishda moliyaviy risklarni baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda kredit riskini kamaytirishda kafillik kredit ta’minoti miqdorini sof aktivlarning 1,5 barobardan oshib ketmasligi bo‘yicha cheklov o‘rnatish taklifi «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruv raisining 2020 yil 28 apreldagi 89/4-son qarori bilan bankning 2021 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2022 yil 2 avgustdagi 13-1/7085-son ma’lumotnomasi). Natijada, kafilni olinayotgan sof aktivlaridan 1,5 barobardan oshib ketmaslik bo‘yicha cheklov o‘rnatish va kredit ta’minoti kamida 125 foizni tashkil etishiga erishilgan. Shuningdek, bankning 2021 yildagi ajratgan kreditlari hajmi 2020 yildagi kreditlar hajmiga nisbatan 20,09 foizga o‘sishiga erishilgan; 
bankning kreditlash jarayonida mijozning ehtimolli bankrotlikka uchrashini baholash uchun defolt bo‘lishini aniqlaydigan 0,593 va -0,593 chegaraviy prognoz qiymatlar taklifi «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruv raisining 2020 yil 28 apreldagi 89/4-son qarori bilan bankning 2021 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2022 yil 2 avgustdagi 13-1/7085-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankining 2021 yilda sof foydasi 2020 yilga nisbatan 43,7-foizga oshishi, 210,98 mlrd. so‘mni tashkil etishi, shu bilan birga bank kontragentlarining defolt riski bilan bog‘liq o‘z kredit risklarini oldindan prognozlash orqali 2021 yilda 2020 yilga nisbatan ajratilgan kreditlar hajmini 19,45 foizga, ya’ni 4,6 mlrd. so‘mga oshishiga erishilgan; 
bozor narxlarini muntazam tebranish natijasida ochiq pozisiyalar bo‘yicha foyda va zararni kat’iy belgilash asosida moliyaviy risklarni baholashning 6 bosqichli tizimi taklifi «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruv raisining 2020 yil 28 apreldagi 89/4-son qarori bilan bankning 2021 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2022 yil 2 avgustdagi 13-1/7085-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat bankining oldi-sotdi (spekulyasiya) maqsadida qimmatli qog‘ozlarga investisiyalari hajmi umumiy investisiyalar hajmiga nisbatan 2021 yilda 2020 yilga qaraganda 0,62-foizga oshishi va 336,4 mlrd. so‘mni tashkil etishiga erishilgan; 
qarz instrumenti riskini baholashda yo‘qotishlarni kamaytirish uchun kredit reytingi defolt sinfiga tushishini ifodalovchi ko‘rsatkichni, ya’ni instrument nominalidan 37,7 foizni ko‘rsatuvchi ifodani hisobga olish bilan riskni baholash taklif etilgan taklifi «Ipoteka-bank» ATIB boshqaruv raisining 2020 yil 28 apreldagi 89/4-son qarori bilan bankning 2021 yilga mo‘ljallangan kredit siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Ipoteka-bank» ATIBning 2022 yil 2 avgustdagi 13-1/7085-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, tijorat bankining 2022 yil uchun ishlab chiqilgan kredit siyosatiga tegishli bandlari yanada takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish