Saidov Soxib Saidmurodovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bel osteoxondrozida  umurtqada o‘tkazilgan amaliyot sindromining differensial jarrohlik  davosi», 14.00.28 – Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib125.
Ilmiy rahbar: Norov Abduraxmon Ubaydulloevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyberdiev Kobil Tursunovich,  tibbiyot fanlari doktori; Shodiev Amirkul Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
 Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi asoratlar patogeneziga asoslangan xolda kompleks klinik-diagnostika va differensiyalashtirilgan xirurgik davolash taktikasi usullarini takomillashtirish orqali umurtqada o‘tkazilgan amaliyot sindromi bo‘lgan bemorlarda xirurgik natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
kontrastli MRT tadqiqoti yordamida signal xarakteristikasining intensivligiga va epidural fibrozda kontrast moddaning depo hosil qilganligiga ko‘ra takroriy og‘riq sindromi va nevrologik defisit sabablarini differensial diagnostika qilish samaradorligi isbotlangan; 
75-100 mm2 oralig‘ida nisbiy stenoz va 75 mm2 dan kam bo‘lgan mutlaq stenoz parametrlarini qo‘llash orqali amaliyot qilingan umurtqa sindromining rivojlanishini bashorat qilish taktikasi xamda  keyingi davolash usulini ishonchli tanlash imkoniyati, jumladan laminotomiya yoki dekompressiv laminektomiya va transpedikulyar fiksatsiya usullarini tanlash asoslangan; 
og‘riq sindromi va nevrologik defisitning patogenetik rivojlanishiga olib keluvchi ishlab chiqilgan - markaziy va lateral stenoz,   vertikal qo‘shni segmentda 6mmgacha  bo‘lgan protruziyalar, nostabillik va listez, qo‘shni disklardagi degenerativ o‘zgarishlar kabi omillar aniqlangan, va ularga asoslangan xolda og‘riqli sindromni rivojlanishini bashorat qilish imkoniyati isbotlangan; 
umurtqa ravog‘i va artikulyar o‘siqlarni qisman qirg‘oqli rezeksiyasi usulini qo‘llash orqa miya kanali neyrovaskulyar tuzilmalarining etarli darajada dekompressiyasiga va umurtqa harakat segmentining barqarorligini saqlab qolishga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 28 martidagi 02-6/320-son  xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: kontrastli MRT tadqiqoti yordamida signal xarakteristikasining intensivligiga va epidural fibrozda kontrast moddaning depo hosil qilganligiga ko‘ra takroriy og‘riq sindromi va nevrologik defisit sabablarini differensial diagnostika qilish samaradorligi isbotlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 22.05.2020yildagi va Toshkent shahar nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazida 09.03.2021yildagi  12a buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislashda tekshiruv usuli bo‘lgan kontrastli MRT orqali aniqlanishi, ya’ni boshqa qo‘shimcha yuqori texnologik tekshiruvlardan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislashda kontrastli MRT belgisini tashxislash uchun nafaqat neyroxirurglar, balki travmatolog ortopedlar, vertebrologlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi  isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayorlashni shart emasligi xisobiga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarni tashxislash yoki istisno qilish uchun shu bemorlarda erta tashxis quyish talab qilinishi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2490000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: 75-100 mm2 oralig‘ida nisbiy stenoz va 75 mm2 dan kam bo‘lgan mutlaq stenoz parametrlarini qo‘llash orqali amaliyot qilingan umurtqa sindromining rivojlanishini bashorat qilish taktikasi xamda  keyingi davolash usulini ishonchli tanlash imkoniyati, jumladan laminotomiya yoki dekompressiv laminektomiya va transpedikulyar fiksatsiya usullarini tanlash samarali ekanligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 27.10.2021 yildagi va Toshkent shahar nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazida 24.11.2021yildagi  78a buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarning 31(21%)da umurtqa kanali stenozi aniqlandi va bartaraf etildi; •umurtqa kanali absolyut stenozida dekompressiv laminektomiya va TPF moslamasi bilan stabilizatsiya qilish va nisbiy stenozida  umurtqalar aro dekompressiv intrelaminektomiya qilish orqali asoratlarni oldini olishga erishildi;. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarning shifoxonada qolish muddatini 11,5 kundan 8.8 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 647 ming so‘mga kamaytirdi (RINIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 249000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi bo‘lgan bemorlarning tashxislashda yo‘l qo‘yilgan xatolar oqibatida amalliyotdan keyingi disk churrasi kaytalanishi ilgirigi va boshqa umurtqa pogonasi soxalarida 75(51%), amalliyotdan keyingi nostabillik xlati 28 (19%), umurtqa pogonasi kanali stenozi 31(21%), jarrox xatosi 7 (4,7%), amalliyot soxasida epidural` fibroz 4 (2,7%) va psevdomeningoradikulotsele – 2 (1,12%) kabi asortalar aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 249000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan; 
uchinchi ilmiy yangilik: og‘riq sindromi va nevrologik defisitning patogenetik rivojlanishiga olib keluvchi ishlab chiqilgan - markaziy va lateral stenoz,   vertikal qo‘shni segmentda 6mmgacha  bo‘lgan protruziyalar, nostabillik va listez, qo‘shni disklardagi degenerativ o‘zgarishlar kabi omillar aniqlangan, va ularga asoslangan xolda og‘riqli sindromni rivojlanishini bashorat qilish imkonini beruvchi dastur Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 27.10.2021 yildagi va Toshkent shahar nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazida 24.11.2021yildagi buyruq 78a bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: •umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi rivojlanishini bashorat qilishda jismoniy zo‘riqish, amaliyot qilingan soxalardan boshqa segmentlardagi protruziyalar, umurtqa pog‘onasi kanali stenozi, amalliyot qilingan soxa va undan qo‘shni soxalarda nostabillik va umurtqa siljishi, qandli diabet, umurtqa pog‘onasi jaroxati, bel soxasi umurtqa pog‘onasi lordozi silliqlashishi, xamda umurqalaraaro disklarda degenerativ o‘zgarishlar kabi omillar muxim rol` uynadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi davri uchun: • bemorning shifoxonada qolish muddatini 11,5 kundan 8.8 kungacha qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 647 ming so‘mga kamaytirdi (shifoxonada  1 kun qolish 249000 so‘mni tashkil qiladi); • shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); • reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun(boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromi rivojlanishini bashorat qilishda orqali asoratlarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 249 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 27 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: umurtqa ravog‘i va artikulyar o‘siqlarni qisman qirg‘oqli rezeksiyasi usulini qo‘llash orqa miya kanali neyrovaskulyar tuzilmalarining etarli darajada dekompressiyasiga va umurtqa harakat segmentining barqarorligini saqlab qolishga olib kelish tibbiy tadbirlari Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi 27.10.2021 yildagi va Toshkent shahar nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash Milliy markazida 24.11.2021yildagi 78a buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • umurtqa ravog‘i va artikulyar o‘siqlarni qisman qirg‘oqli rezeksiyasini qullash erta davrda asosiy guruhda 60,9% va nazorat guruhining 45%, o‘rta davrda 70,1% asosiy gurux va nazorat guruhining 50% va kechki davrda asosiy guruh 72,4% va nazorat guruhi 51,6% bemorlarida davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berdi; • taklif etilgan algoritmlar va  kompleks yondashuvdan foydalanish amalliyot qilingan umurtqa sindromi bilan xastalangan bemorlarda tashxislash va davolash sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;  • bemorda tashxislash va qo‘shimcha tekshiruv usulidan – kontrastli MRT tekshiruv usuli 7(4.7%) maqbul va samaraligigi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) umurtqada o‘tqazilgan amalliyot sindromida quyidagi amalliyot turlari qo‘llanildi: disk churrasini interlaminar olish 80 ta bemorda, dekompressiv laminotomiya 8 ta bemorda, dekompressiv laminektomiya 3 ta, dekompressiv laminektomiya va TPF 21 ta, dekompressiv laminotomiya va TPF 15ta, dekompressiv laminotomiya va TPF+PLIF 15ta, Meningoradikuloliz 3ta, Psevdomeningoradikulotseleni olish va orqa miya qattiq pardasini germetizatsiya qilish 2ta bemorda bajarilgan; Xulosa: Amaliyot qilingan umurtqa sindromini differensial jarrohlik davolashdan foydalanish an’anaviy davolash bilan solishtirganda erta davrda asosiy guruhda 60,9% va nazorat guruhining 45%, o‘rta davrda 70,1% asosiy gurux va nazorat guruhining 50% va kechki davrda asosiy guruh 72,4% va nazorat guruhi 51,6% bemorlarida davolash natijalarini sezilarli darajada yaxshilashga imkon berdi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish