Sultanova Intizor Yuldashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Quyonlar kolibakterioz va sal`monellyoz kasalliklarining patomorfologiyasi va differensial diagnostikasi”, 16.00.02 – Hayvonlar patologiyasi, onkologiyasi va morfologiyasi. Veterinar akusherligi va hayvonlar reproduksiyasi biotexnikasi (Veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/V63.
Ilmiy rahbar: Elmuradov Bozorboy Axtamovich, veterinariya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD. 06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Aziz Saidmurotovich, biologiya fanlar doktori, professor; Kuliev Baxodir Amriddinovich, veterinariya fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda ilk bor quyonlarning aralash holda kechuvchi kolibakterioz va sal`monellyoz kasalliklarining epizootik holatini o‘rganish, tarqalish darajasiga aniqlik kiritish, mavsumiyligi va etiologik omillarini o‘rganish, quyon organizmining biologik parametrlari asosida erta diagnostikasi va differensial diagnostikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamizning turli hududlaridagi quyonchilik fermer xo‘jaliklarida aralash holda kechgan kolibakterioz-sal`monellyoz 46,0%, alohida kolibakterioz 33,0%, sal`monellyoz esa 21,0 foizni tashkil etishi aniqlangan;
quyonlar aralash kolibakterioz-sal`monellyozining paydo bo‘lishi va tarqalishi yil mavsumiga bog‘liq emasligi va zoogigienik talablarning buzilishi natijasida doimiy uchrab turishi aniqlangan;
quyonlarning aralash kolibakterioz-sal`monellyozini tezkor aniqlash maqsadida qondagi immunomorfologik ko‘rsatkichlariga ko‘ra V-limfotsitlarning 19 foizga va T limfotsitlarning 85 foizga ko‘payishi, T-supressor limfotsitlar 21 foizga kamayishi, gomeostazning pasayishi, umumiy immunitetning giperfaolligi aniqlangan;
quyonlarning aralash kolibakterioz-sal`monellyozini alohida uchrashiga nisbattan barcha parenxematoz organlarda gemoragiyasi, fibrin tugunlarning hosil bo‘lishi natijasida murakkab o‘zgarishlari aniqlanib, patomorfologik va bakteriologik differensial diagnostikasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Quyonlar kolibakterioz va sal`monellyoz kasalliklarining patomorfologik differensial diagnostikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
«Quyonlarni parvarishlash va ularda uchraydigan kasalliklarga qarshi kurash» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining 2021 yil 12 may №5-sonli ma’lumotnoma). Ushbu tavsiyalarning veterinariya amaliyotiga joriy etilishi natijasida quyonlar kolibakterioz-sal`monellyoziga qarshi kurash va davolash ishlarini samarali olib borishga erishilgan.
«Quyonlarning aralash bakterial (kolibakterioz va sal`monellyoz) infeksiyasining differensial patomorfologik diagnostikasi» bo‘yicha tavsiyanoma tasdiqlangan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 17 mart №4-sonli ma’lumotnoma) Natijada quyonlarning kolibakterioz va salmonellyoz kasalligi alohida hamda aralash kechganda kasalliklarga erta dignoz quyish va differensial diagnostika qilish uslubi kasallikka qarshi kurashda samarali mezon bo‘lib xizmat qilgan.
2020-2022 yillar davomida Samarqand viloyatidagi Toyloq, Urgut tumanlarining shaxsiy xonadonlaridagi hamda Jizzax viloyatidagi G‘allaorol tumani «Ikrom Maxmudov», «Sangzor-ko‘kbuloq manzarasi Alibekov», Navoiy viloyatidagi Karmana tumani, «Qo‘rg‘on dala» va Toshkent viloyat Quyi chirchiq tumanida «S.Shamuratov» fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2023 yil 17 mart №4-sonli ma’lumotnoma). Natijada mavjud 39173 bosh quyonlar tekshirilib 822 bosh kasal quyonlar aniqlandi va patomorfologik differensial diagnostikasi ishlab chiqilgan.