Axmedov Shuxrat Maxmutovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olmaning turli ekologo-geografik guruhlari xo‘jalik-biologik xususiyatlari va ularning seleksion qimmatligi”, 06.01.05 – Seleksiya va urug‘chilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx507
Ilmiy rahbar: Baymetov Karim Isaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Rahmankulov Murod Said-Akbarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Jo‘raev Erkin Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Olmaning mahalliy, chetdan keltirilgan navlarini biologik, xo‘jalik va texnologik xususiyatlarini tanlash, shuningdek, seleksiya uchun boshlang‘ich material sifatida istiqbolli namunalarni ajratish hamda ishlab chiqarishga tatbiq qilish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida olmaning mahalliy va chetdan keltirilgan navlari muhim biologik, qimmatli-xo‘jalik xususiyatlari o‘rganish asnosida seleksiya uchun xo‘jalik-qimmatli belgilari mos bo‘lgan olma nav namunalari tanlab olingan;
o‘simliklar genofondidan geografik kelib chiqishi turlicha bo‘lgan olmaning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan va genofondning axborot bazasiga kiritilgan;
olma navlarining bir gektar maydonga hisoblangan hosildorlik ko‘rsatkichlarini daraxtlarning shox-shabba proeksiyasi yuzasiga hamda shox-shabbalari hajmiga nisbatan o‘rtacha teskari korrelyatsion bog‘langanligi isbotlangan;
mevalardagi quruq modda tarkibi va umumiy qand miqdori hamda askorbin kislotasi bilan kuchsiz teskari korrelyatsion bog‘langanligi aniqlangan;
iqtisodiy ko‘rsatkichlar yuqori bo‘lgan ertapishar olma navlari orasida Iyunskoe rannee va Suvenir navlari; o‘rtapishar olma navlari orasida esa Red Atlas, Djuli red, Tabistona, shuningdek, Kalvil rozoviy, Tabistona, Skifyanka, Red Atlas navlari, kechpishar navlar orasidan Vayne spur, Valentin va Livodiyskoe hamda Richared navlari ishlab chiqarishga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olmaning turli ekologo-geografik guruhlariga mansub navlarini xo‘jalik-biologik xususiyatlari bo‘yicha tanlab olish hamda seleksiyaga boshlang‘ich material sifatida tavsiya etish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
Toshkent viloyatining bog‘dorchilik hududlarida hamda respublikamizning markaziy, janubiy va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida katta maydonlarda ekish uchun olmaning Djonaki letniy, Red atlas, Vayne spur, Niagara, Valentin, Livodiyskoe, Kalvil rozoviy, Richared, Xusne Yusup, Tabistona, Qizil Jonaqi, Aport krovavo-krasniy, Suvenir, Gramma yubileynoe, Iyunkoe rannee, Skifyanka, Djuli red va Katta Jonaqi navlari tavsiya qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 sentyabrdagi 02/029-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada, har xil muddatlarda pishib etiladigan, atrof-muhitning noqulay sharoitlariga chidamli navlarni keng tarqalishi, hududlarda barqaror meva etishtirish imkonini bergan;
olmaning Djonaki letniy, Red atlas, Vayne spur, Niagara, Valentin, Livodiyskoe, Kalvil rozoviy, Richared, Xusne Yusup, Tabistona, Qizil Jonaqi, Aport krovavo-krasniy, Suvenir, Gramma yubileynoe, Iyunkoe rannee, Skifyanka, Djuli red va Katta Jonaqi navlari 2015-2020 yillar mobaynida Toshkent viloyatining Qibray tumani hamda Surxondaryo viloyatining Denov va Sariosiyo tumanlaridagi bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida jami 17,7 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 sentyabrdagi 02/029-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada, olmaning yangi va introduksiya qilingan navlarini ekilishi hisobiga standart navlarga nisbatan 70-75 % yuqori rentabellikka erishilib, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari uchun mos bo‘lgan olmaning navlar majmuisi shakllantirilgan;
olmaning Djonaki letniy, Red atlas, Vayne spur, Niagara, Valentin navlari Qibray tumanidagi “Kenderbek agro”, “Muxiddin Gold agro”, “Ismoil bobo”, “Baytqo‘rg‘on Boboxon” va “Sayyora agro Nur Fayz” fermer xo‘jaliklarida 10,0 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 07 sentyabrdagi 02/029-3649-son ma’lumotnomasi). Natijada, olmaning yangi va introduksiya qilingan navlarini ekilishi hisobiga standart navlarga nisbatan 75-90 % yuqori rentabellikka erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish