Fayzieva Farogat Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlari» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S39.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Nuriddin Safoqorievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Aliev Bekdavlat Alievich, falsafa fanlar doktori, professor; Seitov Azamat Pulatovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarga tayanib amaliy sotsiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
amaliy sotsiologik tadqiqotlarning fundamental asoslarini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan samorefleksiya, o‘zini-o‘zi tashkillashtirish singari sinergetik usullarning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston amaliy sotsiologik maktabi tajribalarini amaliyotga samarali joriy qilish omili ekanligi asoslab berilgan;
amaliy sotsiologik tadqiqotlar shakllanishi, xususan, uning tarmoqlanishi (differensiatsiyalashi), moliyalashtirilishi, ijtimoiy masʼuliyat institutlarining takomillashtirilishi sharoitida shaxsning sotsiologik pozitsiyalari evolyutsiyasi ochib berilgan;
sotsial hodisalarni ildizini ochib berishda bir birini to‘ldiruvchi umumiy, maxsus sotsiologik nazariyalar asosida amaliy sotsiologik tadqiqotlarning olib borilishini yo‘lga qo‘yilishi aholining davlat boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga ta’sir qiluvchi omil sifatida asoslantirilgan;
sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishning ilmiy asoslangan (pilotaj, intervyu, anketa so‘rovi va h.k.) ketma-ketligini «hozir va shu erda» tamoyili asosida amalga oshirishda milliy raqamli tizimni yo‘lga qo‘yilishi zarurati asoslantirilgan;
milliy qonunchilikning rivojlanishining bugungi bosqichida «jamoatchilik fikri» tushunchasining bir xir talqin qilinishi maqsadida qonunchilikka «jamoatchilik fikri» tushunchasini kiritish, shuningdek amaliy sotsiologik tadqiqotlarni olib borish sohasini kompleks tarzda huquqiy tartibga solishga oid O‘zbekiston Respublikasining «Sotsiologik tadqiqotlar to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmlari bo‘yicha tadqiqot natijalaridan:
amaliy sotsiologik tadqiqotlarning fundamental asoslarini yana-da takomillashtirishga yo‘naltirilgan samorefleksiya, o‘zini-o‘zi tashkillashtirish singari sinergetik usullarning yo‘lga qo‘yilishi O‘zbekiston amaliy sotsiologik maktabi tajribalarini amaliyotga samarali joriy qilish omili ekanligi asoslab berilganligiga oid hulosalardan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2021 yilda «Oila va jamiyat: ma’naviy-axloqiy dunyo» nomli sotsiologik tadqiqot amaliyotida ilk bor eksperiment tarzda foydalanilgan. («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 4 avgustdagi 01-16/221-2-son ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishda ma’lumotlar to‘plash jarayonining xolisligi va tadqiqot natijalarining samaradorligida sotsiologning kasbiy mahoratining axloqiy takomillashuviga doir etik qoidalarni ilmiy-nazariy, amaliy jihatlarining takomillashuvida amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatgan;
amaliy sotsiologik tadqiqotlar shakllanishi, xususan, uning tarmoqlanishi (differensiatsiyalashi), moliyalashtirilishi, ijtimoiy masʼuliyat institutlarining takomillashtirilishi sharoitida shaxsning sotsiologik pozitsiyalari evolyutsiyasi ochib berilganligiga oid hulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 23 avgustdagi 03/08-1003-son ma’lumotnomasi) Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi II..O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish, «Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari» g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari yo‘nalishi 10.Bandi Jamiyatda faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida «Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari» mavzusida aholi orasida sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalar asosida maqsadli-manzilli amaliy ishlarini tashkil etishda o‘z natijasini bergan;
sotsial hodisalarni ildizini ochib berishda bir birini to‘ldiruvchi umumiy, maxsus sotsiologik nazariyalar asosida amaliy sotsiologik tadqiqotlarning olib borilishini yo‘lga qo‘yilishi aholining davlat boshqaruvi organlariga bo‘lgan ishonchini oshirishga ta’sir qiluvchi omil sifatida asoslantirilganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan 2018 yildagi O‘RQ-474-sonli Qonunning «Jamoatchilik fikrini o‘rganish» deb nomlangan 13-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish taklifi ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutning 2021 yil 24 dekabrdagi 02-08-1049-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflarni inobatga olgan holda, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 44-bandida jamoatchilik nazoratining samarali va ta’sirchan shakllarini, ularni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish maqsadida «Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi Qonunni qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilangan;
sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishning ilmiy asoslangan (pilotaj, intervyu, anketa so‘rovi va h.k.) ketma-ketligini «hozir va shu erda» tamoyili asosida amalga oshirishda milliy raqamli tizimni yo‘lga qo‘yilishi zarurati asoslantirilganligiga .oid takliflardan «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5667-son Farmonining 2-bandi «G» qismida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. («Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2021 yil 4 avgustdagi 01-16/222-2-son ma’lumotnomasi). Natijada sotsiologik tadqiqotlarning sifat jihatidan yangi va zamonaviy tadqiqot amaliyotini shakllantirishga erishilgan hamda amaliy sotsiologik tadqiqotlar samaradorligini oshirish mexanizmini takomillashtirishda amaliy ahamiyatini ochib berish imkonini bergan;
milliy qonunchilikning rivojlanishining bugungi bosqichida «jamoatchilik fikri» tushunchasining bir xir talqin qilinishi maqsadida qonunchilikka «jamoatchilik fikri» tushunchasini kiritish, shuningdek amaliy sotsiologik tadqiqotlarni olib borish sohasini kompleks tarzda huquqiy tartibga solishga oid O‘zbekiston Respublikasining «Sotsiologik tadqiqotlar to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqish va qabul qilish maqsadga muvofiqligi asoslantirilganligi haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tomonidan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishda davlat va nodavlat tashkilotlarining faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga, sohadagi tizimli muammolarni kompleks tarzda huquqiy tartibga solish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari institutning 2021 yil 24 dekabrdagi 02-08-1049-son ma’lumotnomasi). Natijada amaliy sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni sifat jihatidan ijobiy natijalarga erishilishi va qonun ijodkorligida jamoatchilik fikrini o‘rganish amaliyotining ilmiy asoslarini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish imkonini bergan.