Akramov Xasan Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sport yoshlarning turmush darajasini oshirishning ijtimoiy indikatori sifatida» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/S34.
Ilmiy rahbar: Aliqoriev Nuriddin Safoqorievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/30.12.2019.S.23.02.
Rasmiy opponentlar: Abduazimov Oqiljon, sotsiologiya fanlari doktori (DSc); Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston sport tizimini sotsiologik jihatdan o‘rganish orqali yoshlarning turmush darajasini oshirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatda sog‘lom turmush darajasini sotsiologik texnologiyalar orqali mustahkamlashda aholining turli qatlamlari sog‘ligini muhofazalashga qaratilgan ish tartibi va rotsional dam olish, zararli odatlardan voz kechish, sifatli ovqatlanish, jismoniy madaniyatga rioya qilish, pozitiv fikrlash kabi sotsiologik mezonlar ishlab chiqilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini oila va mahalla orqali to‘g‘ri tashkil etishda sportning sotsial mobillikdagi ijtimoiy-madaniy kapitali, ijtimoiy moslashuvi, ijtimoiy tartibga solish sifatidagi sotsiomadaniy xususiyatlari ochib berilgan;
jamiyatda “kompyuter va telefon sindromi”ni sport instituti orqali oldini olishda jismoniy faoliyatni tanlashdagi tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirish funksiyalarining yoshlar kundalik turmush tarziga singdirilishi sotsiologik asoslantirilgan;
yoshlarni sog‘lom turmush tarziga ijtimoiylashtirishda ta’limda sport agenti bo‘lgan promouterlikni yo‘lga qo‘yilishi iqtidorli talabalarni ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish orqali jamiyatga professionallik darajasini baholash seleksiyalashning samarasi sotsiologik asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport yoshlar turmush darajasini oshirishning ijtimoiy indikatori sifatidagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyatda sog‘lom turmush darajasini sotsiologik texnologiyalar orqali mustahkamlashda aholining turli qatlamlari sog‘ligini muhofazalashga qaratilgan ish tartibi va rotsional dam olish, zararli odatlardan voz kechish, sifatli ovqatlanish, jismoniy madaniyatga rioya qilish, pozitiv fikrlash kabi sotsiologik mezonlar ishlab chiqilganligiga oid takliflari «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan 2021 yilda o‘tkazilgan «O‘zbekiston yoshlari: o‘zi, o‘z mamlakati va dunyo to‘g‘risida»gi fikrini o‘rganish bo‘yicha sotsiologik tadqiqotining so‘rovnomasidagi V1, V2, V12 (V bo‘lim. Ijtimoiy kayfiyat) va S2 (S bo‘lim. Hayotiy yo‘nalishlar va qiziqishlar) savollarni ishlab chiqishda foydalanilgan. («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 25 avgustdagi №01-16/250-sonli ma’lumotnomasi). Natijada «Yoshlar hayotida sportning o‘rni va roli» nomli sotsiologik tadqiqot dasturi ishlab chiqilib, yoshlar turmush darajasining moddiy va ma’naviy indikatorlarini baholash metodologiyasini aniqlashga xizmat qilgan;
yoshlarda sog‘lom turmush tarzini oila va mahalla orqali to‘g‘ri tashkil etishda sportning sotsial mobillikdagi ijtimoiy-madaniy kapitali, ijtimoiy moslashuvi, ijtimoiy tartibga solish sifatidagi sotsiomadaniy xususiyatlari ochib berilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 maydagi PQ-259-son «Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 1-ilovasi «Etnosport turlarini 2025 yilgacha ommalashtirish va rivojlantirish dasturi»ning 2-bobini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi oldingi O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 4 oktyabrdagi №03-17-02/8065-sonli ma’lumotnomasi, hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 10 yanvardagi №06-01/06/13/150-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish va rivojlantirish asosida sog‘lom turmush tarzini joriy etishda metodologik asos sifatida xizmat qilgan;
jamiyatda “kompyuter va telefon sindromi”ni sport instituti orqali oldini olishda jismoniy faoliyatni tanlashdagi tarbiyaviy, ta’limiy va sog‘lomlashtirish funksiyalarining yoshlar kundalik turmush tarziga singdirilishi sotsiologik asoslantirilganligiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonining 69-maqsadi: «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash»dagi vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar Agentligining 2021 yil 9 noyabrdagi №2-13-23-2779-sonli ma’lumotnomasi, hamda 2023 yil 6 yanvardagi № 4-13-23-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mahallalardagi sport inshootlardan maqsadli foydalanib, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishda hamda oilalardagi jismoniy madaniyat metodika sifatida xizmat qilgan;
yoshlarni sog‘lom turmush tarziga ijtimoiylashtirishda ta’limda sport agenti bo‘lgan promouterlikni yo‘lga qo‘yilishi iqtidorli talabalarni ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish orqali jamiyatga professionallik darajasini baholash seleksiyalashning samarasi sotsiologik asoslantirilganligiga oid xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 apreldagi PQ-201-son «Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ilovasidagi «Mahallalarda yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ning 2, 3 va 4 bo‘limlaridagi vazifalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining 2021 yil 26 avgustdagi №11/1465-sonli ma’lumotnomasi hamda 2023 yil 16 yanvardagi №03/24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim tizimida «sport agenti»ni (promouterlik yoki menejerlik) joriy qilib, sotsiologik monitoring qilish orqali iqtidorli sportchilarni tanlab olishga xizmat qilgan.