Karimova Gulchexra Almardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eksperimental gepatitda Darmonal va fitin birikmalarini jigar faoliyatiga ta’siri”, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1093.
.4.PhIlmiy rahbar: Aminov Salaxitdin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Allaeva Munira Jo‘raqulovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi eksperimental gepatitning turli tajriba modellarida bug‘doyning yangi unib chiqqan maysalaridan olingan Darmonal ekstrakti, hamda fitin va uning birikmalarini farmakologik ta’sirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
darmonal-tarkibida aminokislotalar, oqsil, vitaminlar, makro- va mikroelementlaridan tashkil topgan, tajriba hayvonlarida zaxarsizligi o‘rganilganda, zaxarsizligi bo‘yicha dori vositalarning V sinfiga mansubligi aniqlangan;
o‘tkir toksik gepatitni davolashda Darmonal 100 mg/kg miqdorda va uni fitin-S bilan birgalikda qo‘llash sitoliz, xolestaz sindromlari rivojlanishini oldini olishi aniqlangan;
o‘tkir toksik gepatitni davolashda Darmonal 100 mg/kg miqdorda va uni fitin-S bilan birgalikda qo‘llash jigar-hujayra etishmovchiligi va mezenximal yallig‘lanish sindromlari rivojlanishini oldini olishi, glikogenoliz va anaerob glikoliz jarayonlarini pasayishi, detoksikatsiya jarayonlarini tiklashi va gepatotsitlarning sintetik faoliyatini faollashtirish hususiyatlari aniqlangan;
darmonal va uni fitin-S bilan birgalikda o‘tkir toksik gepatitni davolashda qo‘llash jigarda o‘t kislotalar sintezi va resintezini, safro hosil qilish va ajratish faoliyatlarini, xolesterin va bilirubin ekskresiyasini faollashtirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 10 iyuldagi 03/62 son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2022-yil 24-oktyabrdagi 03/2224-sonli xat yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: darmonal-tarkibida aminokislotalar, oqsil, vitaminlar, makro- va mikroelementlaridan tashkil topgan, tajriba hayvonlarida zaxarsizligi o‘rganilganda, zaxarsizligi bo‘yicha dori vositalarning V sinfiga mansubligini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya, toksikologiya laboratoriyasi bo‘yicha 01.07.23 yildagi 04/02-27-son buyruq hamda Toshkent vaksina va zardob ilmiy tadqiqot instituti bo‘yicha 13.07.2023 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi olingan natijalar eksperimental gepatitda darmonal substansiyasini jigar faoliyatiga taʼsirini o‘rganish, jigar kasalliklarini davolash sifatini yaxshilash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Darmonal guruxi nutritsevtika vositasini ishlab chiqarishga kiritilishi tejamkor mahsulotlar ishlab chiqarishga yordam beradi. Darmonal vositasi bitta qadog‘i narxi 30200 so‘m ekanligini inobatga olinsa xozirda bozordagi gepatoprotektorlik xususiyatiga ega bo‘lgan eng arzon Liv.52 (HIMALAYa DRUG, Co. (Indiya) ning bir qadog‘i esa 38000 so‘mni tashkil etadi, shunda xar bir bemor uchun 7800 so‘mni, 100 ta bemor uchun esa 780000 so‘m tejalishiga erishiladi. Xulosa: darmonal guruxi kapsulalari turli etiologiyali toksik gepatitni samarali davolashda, xorijdan keltirilgan Liv.52 dori vositasiga nisbatan o‘zimizda ishlab chiqariladigan “Darmonal” guruxi kapsulalari 1 nafar bemor uchun 7800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli etiologiyali o‘tkir toksik gepatitni davolashda Darmonal 100 mg/kg miqdorda va uni Fitin-S bilan birgalikda qo‘llash sitoliz, xolestaz sindromlari rivojlanishini oldini olishi aniqlangan va davolashning samarasi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya, toksikologiya laboratoriyasi bo‘yicha 01.07.2023 yildagi 04/02-27-son buyruq hamda Toshkent vaksina va zardob ilmiy tadqiqot institutida tadqiqot ishlari natijasida nutritsevtika vositasi “Darmonal” guruxi kapsulalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash vazifasi bo‘yicha bo‘yicha 13.07.2023 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Darmonal ekstraktini 100 mg/kg miqdorda gepatitli kalamushlarga yuborilishi giperfermentemiyani keskin pasaytirdi. Qon zardobida AlAT va AsAT faolligi nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,85 va 1,68 marotabaga kamaydi, hamda intakt hayvonlar ko‘rsatkichlardan ko‘p ham farqlanmadi. De Ritis koeffitsiyenti meyoriy ko‘rsatkichlarga etdi va ortishiga moyillik kuzatildi, shu bilan birga GGT va IF faolligini 2,51; 1,55 ga pasaytirdi va 0,350±0,029; 1,48±0,21 mkkat/l ga tushirdi, meyoriy ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirdi. Demak, Darmonal extraktini 100 mg/kg miqdorda qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lib gepatotsitlar sitolizini oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: darmonal guruxi kapsulalari turli etiologiyali toksik gepatitni samarali davolash kursi narxi (o‘rtacha 360 ta kapsula) 108 720 so‘m ekanligini inobatga olinsa xozirda bozordagi gepatoprotektorlik xususiyatiga ega bo‘lgan eng arzon Liv.52 (HIMALAYa DRUG, Co. (Indiya) ning bir davolash kursi esa 136 800 so‘mni tashkil etadi, shunda xar bir bemor uchun 28 800 so‘mni, 100 ta bemor uchun esa 2 880 000 so‘m tejalishiga erishiladi. Xulosa: darmonal guruxi kapsulalari turli etiologiyali toksik gepatitni samarali davolashda, xorijdan keltirilgan Liv.52 dori vositasiga nisbatan o‘zimizda ishlab chiqariladigan “Darmonal” guruxi kapsulalari 1 nafar bemor uchun davolash kursi 28 800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: turli xil etiologiyali gepatitli hayvonlarga Darmonal ekstraktini qo‘llash jigarning glikogenni zahiralash faoliyatini tiklanishiga olib keladi. Uning bunday xususiyati Liv.52 va Fitin-S preparatidan qolishmaydi. Darmonalni Fitin-S va Fitat-kobalt bilan birgalikda qabul qilish maqsadga muvofiq, chunki bunday kompleks hayvonlar jigarining glikogen zahiralash faoliyatini tiklanishiga olib kelishi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya, toksikologiya laboratoriyasi bo‘yicha 01.07.23 yildagi 04/02-27-son buyruq hamda Toshkent vaksina va zardob ilmiy tadqiqot instituti bo‘yicha 13.07.2023 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gepatitni davolash maqsadida Darmonal ekstrakti bilan birgalikda Fitat-kobalt, Fitin-S va Fitin moddalarini kalamushlarga yuborilishi jigarda sut kislota miqdorini ishonarli ravishda 2,9; 2,82 va 2,14 marotaba nazorat guruhi ko‘rsatkichlariga nisbatan kamaytirdi va 1,73±0,057; 1,78±0,079 va 2,34±0,13 mkmol NADN/g gacha pasaytirdi. Agar Darmonal ekstraktini Fitat kobalt va Fitin-S bilan birgalikda yuborilganda bu ko‘rsatkichlar intakt guruhi ko‘rsatkichlariga yaqinlashgan bo‘lsa, Fitin bilan birgalikda qo‘llanilganda ulardan 1,59 marotaba yuqoriligicha saqlanib qoldi. Ko‘rinib turibdiki, jigarda sut kislota miqdorini samarali pasayishi Darmonalni Fitat kobalt va Fitin-S bilan birgalikda yuborilganda kuzatiladi, bu ularni aloxida yuborilganiga qaraganda xam samaralidir va glikogen miqdorini jigarda ortishi bilan mos keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: darmonal guruxi kapsulalari turli etiologiyali toksik gepatitni samarali davolashda, xorijdan keltirilgan Liv-52 dori vositasiga nisbatan o‘zimizda ishlab chiqariladigan “Darmonal” guruxi kapsulalari 7800 so‘mga arzon bo‘lib, iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Darmonal ekstraktini va ayniqsa uni Fitin-S bilan birga, o‘tkir toksik gepatitda qo‘llash, jigarda glikogen miqdorini oshishiga, sut kislota miqdorini meyorlashishiga, geksenalli uyqu davomiyligini qisqarishiga olib keladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida bir nafar bemor uchun jigarda metabolik jarayonlar ko‘rsatkichlarini 1,5 marotaba yaxshilanishi, ya’ni bir kurs davolash samarasini 2 marotaba ortishiga - olib keladi, ya’ni 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 54 360 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: darmonal va uni fitin-S bilan birgalikda o‘tkir toksik gepatitni davolashda qo‘llash jigarda o‘t kislotalar sintezi va resintezini, safro hosil qilish va ajratish faoliyatlarini, xolesterin va bilirubin ekskresiyasini faollashtirishi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Akademik S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti farmakologiya, toksikologiya laboratoriyasi bo‘yicha 01.07.23 yildagi 04/02-27-son buyruq hamda Toshkent vaksina va zardob ilmiy tadqiqot instituti bo‘yicha 13.07.2023 yildagi 16-son buyruq bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Darmonal ekstraktini 100 mg/kg yuborilishi safro tarkibidagi xolesterin, bilirubin va o‘t kislotalar miqdorini ishonarli 1,25 (R<0,05), 1,71 va 2,11 marotaba oshishiga olib keldi. Agar safro tarkibida xolesterin miqdori meyoriy ko‘rsatkichlardan birmuncha past bo‘lsa (1,21 marotaba, R<0,05), bilirubin miqdori meyordan farqlanmadi, o‘t kislotalar miqdori esa birmuncha ortdi. Yaʼni, Darmonal xolesterindan o‘t kislotalarini xosil bo‘lishini oshirdi. Bunday o‘zgarishlar xolato-xolesterin koeffitsiyentini nazorat guruhiga nisbatan 1,73 marotaba, intakt hayvonlar ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,25 (R<0,05) marotaba oshishiga olib keldi. Bu esa hayvonlar jigarining o‘t hosil qilish va ajratish funksiyasini tiklanishi va membranalar mustahkamligini tiklanishi hisobiga metabolik jarayonlarni jadallashishi natijasida bo‘lishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: darmonal guruxi kapsulalari turli etiologiyali toksik gepatitni samarali davolashda, xorijdan keltirilgan Liv-52 dori vositasiga nisbatan o‘zimizda ishlab chiqariladigan “Darmonal” guruxi kapsulalari 7800 so‘mga arzon bo‘lib, iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: Darmonal xoleretik hususiyatga ega bo‘lib, jigarning safro hosil qilish va ajratish faoliyatlarini tiklanishiga, xolesterin va bilirubin ekskresiyasini jadallashishiga olib keldi. Uning bu xususiyati Fitin-S va Liv.52 dan yuqori bo‘lib, xolestazni oldini olishda alohida o‘zini qo‘llash 1 nafar bemor uchun 7800 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.