Quvondiqov Sardorxon Sidiq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1755.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamurov Baxodir Baxshulloevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish imkoniyatlari jarayon tuzilmasining tarkibiy komponentlarini hissiy-emotsional, aksiologik-funksional va amaliy-faoliyatli ko‘rsatkichlar natijasiga mazmunan uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarga mos shakllangan o‘z Vatani va xalqiga sodiqlikni obektiv baholash mezonlarining validligini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish jarayoni milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi, ajdodlar mehnati va qahramonligini ulug‘lash hamda umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasining kognitiv va hissiy ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligi bilan transformatsiyalashishiga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli muammoli ma’ruza, keys, interfaol mashqlar va treninglar ta’sirchanligini ta’lim maqsadlariga uyg‘un rivojlantirish hamla dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar natijadorligini bosqichma-bosqich kengaytirib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mazmuni real vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni kooperativ tarzda amalga oshirish, “talaba – vatanparvar – fuqaro – ijtimoiy faol o‘qituvchi” konserti dinamikligini muntazam kengaytirib borish hamda vatanparvarlikni rivojlantiruvchi ehtiyoj va kognitiv faollik motivatsiyalarini shaxsiy xususiyatlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish imkoniyatlari jarayon tuzilmasining tarkibiy komponentlarini hissiy-emotsional, aksiologik-funksional va amaliy-faoliyatli ko‘rsatkichlar natijasiga mazmunan uyg‘unlashtirish hamda milliy qadriyatlarga mos shakllangan o‘z Vatani va xalqiga sodiqlikni obektiv baholash mezonlarining validligini prognostik aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Futbol)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-186 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning umumkasbiy va ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga sharoit yaratilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish jarayoni milliy o‘zlikni anglash, millat o‘tmishi, ajdodlar mehnati va qahramonligini ulug‘lash hamda umuminsoniy qadriyatlar interiorizatsiyasining kognitiv va hissiy ijtimoiy va shaxsdagi individuallikning dialektik birligi bilan transformatsiyalashishiga intensiv ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Futbol)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-186 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
kompetensiyaviy yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli muammoli ma’ruza, keys, interfaol mashqlar va treninglar ta’sirchanligini ta’lim maqsadlariga uyg‘un rivojlantirish hamla dahldorlik, fidoyilik, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish sifatlarini shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy ishlar natijadorligini bosqichma-bosqich kengaytirib borishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Futbol)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-186 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda vatanparvarlik fazilatini shakllantirishga tayyorlashning didaktik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish mazmuni real vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni kooperativ tarzda amalga oshirish, “talaba – vatanparvar – fuqaro – ijtimoiy faol o‘qituvchi” konserti dinamikligini muntazam kengaytirib borish hamda vatanparvarlikni rivojlantiruvchi ehtiyoj va kognitiv faollik motivatsiyalarini shaxsiy xususiyatlarga adaptiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Futbol)” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 17-martdagi 106-son buyrug‘i asosida berilgan 106-186 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘quvchilarda vatanparvarlik fazilatini shakllantirishga tayyorlashning uslubiy ta’minotini rivojlantirishga erishilgan.