Ismailov Botir Berdiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika)(pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3114.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Sultonova O‘g‘iloy Nabievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxon Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Toshtemirov Doniyor Eshbaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari pedagogik jarayonning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv va identiv xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra adaptiv integratsiyalash hamda innovatsion ta’lim muhitiga maqsadli-dinamik moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni ma’ruza mashg‘ulotlariga qo‘yilgan metodik talablarning didaktik kompleksini tashkiliy-strukturaviy yaxlitlash hamda individual va differensial ta’lim texnologiyalarining emotsional-rag‘batlovchi va variativ xossalari integrativligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi metodik kompetentlikning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, pedagogik faoliyatga qadriyatli-motivatsion munosabatni aniqlash mezonlarini belgilash hamda intuitiv, me’yoriy, faol va kreativ darajalarini izchil aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini virtual vositalar asosida tashkil etish, talabalarda bilim olishga qiziqishni uyg‘otishning innovatsion-ijodiy muhitini yaratish hamda ijodiy-texnik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan farazlarni ilgari surish, analiz, sintez va umumlashtirish metodlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha natijalar asosida;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish imkoniyatlari pedagogik jarayonning motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv va identiv xususiyatlarini ta’lim maqsadlariga ko‘ra adaptiv integratsiyalash hamda innovatsion ta’lim muhitiga maqsadli-dinamik moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy fizikadan masalalar to‘plami” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-1258 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada texnika oliy ta’lim muassasalarida fizikaning elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini nazariy asoslari va xozirgi xolatini tahlil etish imkoni yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni ma’ruza mashg‘ulotlariga qo‘yilgan metodik talablarning didaktik kompleksini tashkiliy-strukturaviy yaxlitlash hamda individual va differensial ta’lim texnologiyalarining emotsional-rag‘batlovchi va variativ xossalari integrativligini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Umumiy fizikadan masalalar to‘plami” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-1258 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini ma’ruza mashg‘ulotlariga qo‘yilgan didaktik va metodik talablar mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish samaradorligi metodik kompetentlikning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash, pedagogik faoliyatga qadriyatli-motivatsion munosabatni aniqlash mezonlarini belgilash hamda intuitiv, me’yoriy, faol va kreativ darajalarini izchil aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosalar “Umumiy fizikadan masalalar to‘plami” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-1258 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarning fizikadan bilim sifatlarini oshirish modeli, talabalar tayyorgarligi darajasini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida elektromagnitizm bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish mezonlari amaliy-laboratoriya mashg‘ulotlarini virtual vositalar asosida tashkil etish, talabalarda bilim olishga qiziqishni uyg‘otishning innovatsion-ijodiy muhitini yaratish hamda ijodiy-texnik fikrlashni rivojlantirishga qaratilgan farazlarni ilgari surish, analiz, sintez va umumlashtirish metodlaridan foydalanishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy fizikadan masalalar to‘plami” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga asosan berilgan 302-1258 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada talabalarda fanga oid bilim olishga qiziqishni uyg‘otishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish