Toshmatova Mukarram Djumanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompitensiyalarini shakllantirish”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4363.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘xtasinov Dadaxon Farxodovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kelajakdagi boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari pedagogik hamkorlik faoliyatini integrativ tashkil etish va kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligining produktiv yaxlitligiga erishish hamda didaktik ta’sirchanligini barqaror oshirib borish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni pedagogik-prognozli modellashtirish, nostandart vaziyatlarda ijodiy fikrlash faolligini ta’minlash, deduktiv jarayonlar bilan umumiy ta’lim ko‘nikmalarini intensiv optimallashtirishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik mikromuhitni izchil yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish modeli kasbiy ijodkorlikning reproduktiv-algoritmik, konstruktiv-moduli, analogik-evristik darajalarini pedagogik tuzilmaning refleksiv komponenti bilan integratsiyasiga yo‘naltirilgan loyihaviy-kontekstli ta’limning samaradorlik, qulaylik, amaliylik tarkibiy elementlarini mazmunli yaxlitlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi fikrlash qobiliyatlarini prognostik aniqlash, diagnostik modellashtirish hamda o‘zini-o‘zi baholash va rivojlantirish darajalarining ta’lim maqsadlariga idientiv mosligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasining tayyorgarligini shakllanatirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlari pedagogik hamkorlik faoliyatini integrativ tashkil etish va kasbiy faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘unligining produktiv yaxlitligiga erishish hamda didaktik ta’sirchanligini barqaror oshirib borish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-255 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini shakllanatirishga ijtimoiy omillarning pedagogik jihatlarini tahlil etishga erishilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni pedagogik-prognozli modellashtirish, nostandart vaziyatlarda ijodiy fikrlash faolligini ta’minlash, deduktiv jarayonlar bilan umumiy ta’lim ko‘nikmalarini intensiv optimallashtirishga qaratilgan ijodiy-faoliyatli pedagogik mikromuhitni izchil yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Ona tili va bolalar adabiyoti (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 110-son buyrug‘iga asosan berilgan 110-053 raqamli nashr ruxsatnomasi) Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasi shakllanganligining tashkiliy-pedagogik shartlari aniqlangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish modeli kasbiy ijodkorlikning reproduktiv-algoritmik, konstruktiv-moduli, analogik-evristik darajalarini pedagogik tuzilmaning refleksiv komponenti bilan integratsiyasiga yo‘naltirilgan loyihaviy-kontekstli ta’limning samaradorlik, qulaylik, amaliylik tarkibiy elementlarni mazmunli yaxlitlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Ona tili va bolalar adabiyoti (rus tilida)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 110-son buyrug‘iga asosan berilgan 110-053 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy-ijodiy faoliyatga tayyorgarligini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi fikrlash qobiliyatlarini prognostik aniqlash, diagnostik modellashtirish hamda o‘zini-o‘zi baholash va rivojlantirish darajalarining ta’lim maqsadlariga idientiv mosligini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi (rus tilida)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-son buyrug‘i asosida berilgan 166-255 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasining shakllanatirish samaradorligi oshgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish