Mattiev Ilhom Begmatdulobovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagogik yo’nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish texnologiyalari», 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik taʼlimotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ped252.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Ilmiy maslahatchi: Turakulov Olim Xalbutaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Ped.113.01 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sharipova Dilara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish jarayoni talabalarda ijodiy yondashish malakasini shakllantirishning didaktik (ilmiy, tizimli, tushunarli, ko’rgazmali) imkoniyatlari va o‘quv materiallarining yetakchi komponentlarini tizimlashtirish hamda sog‘lomlashtirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlarning morfologik, fiziologik va funksional vazifalarini adaptiv moslashtirish asosida rivojlantirilgan;
talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirishning texnologik jihatlari ta’lim va tarbiya uyg‘unligiga asoslangan tamoyillar (uzviylik, uzlyuksizlik, qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik) va salomatlikni targ‘ib qiluvchi faoliyatlar (medik-profilaktika, valeologik bilimlar, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish amallari, maxsus profilaktika)ning o’zaro integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish texnologiyalari talabalarda sog‘lom turmush tarzi tafakkurini takomillashtirishning komponentlari (ijtimoiy, tarixiy, huquqiy, pedagogik) va shaxsning sog‘lomlik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir qiluvchi talablar (iroda, yashash tarzi, jismoniy mashq, ovqatlanish, nafas olish, kulgu, ruhiy barqarorlik, gigiena, dam olish, mo’ta’dil hayot)ni o’zaro interpretatsiyalash va dunyoqarashni shakllantirish omillari (ekologik, ijtimoiy, ilmiy, metodik)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
shaxsda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish jarayoni talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni shakllantirish modelining maqsadli (murakkab, tizimli, valeologik, kompetensiyali), axborotli (shaxsiy, kommunikativ, ijtimoiy, kognitiv), texnologik (algoritmik, uslubiy, nazariy) va refleksiv (tahlil qilish, ehtiyojni anglash) kabi bloklar komponentlarini kirtish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirishga tayyorgarlik darajasini baholash komponentlari (shaxsiy va kasbiy sifat, bilim, ko‘nikma, malaka) maxsus “health care” dasturining qoidalari, omillari, tamoyillari, shakl va uslublarini aniqlashtirish asosida rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish jarayoni talabalarda ijodiy yondashish malakasini shakllantirishning didaktik (ilmiy, tizimli, tushunarli, ko’rgazmali) imkoniyatlari va o‘quv materiallarining yetakchi komponentlarini tizimlashtirish hamda sog‘lomlashtirishga yo’naltirilgan jismoniy mashqlarning morfologik, fiziologik va funksional vazifalarini adaptiv moslashtirish asosida rivojlantirishga oid tavsiyalardan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 22 iyundagi 569-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh avlodni har tomonlama barkamol va sog‘lom qilib tarbiyalash boʻyicha o‘quv ta’minoti yaratilgan, ta’lim muassasalarida ta’lim subektlarining sog‘lomlashtirish faoliyatini tizimli tashkil qilish jarayoni takomillashtirilgan;
talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirishning texnologik jihatlari ta’lim va tarbiya uyg‘unligiga asoslangan tamoyillar (uzviylik, uzlyuksizlik, qadriyatlilik, hayot bilan bog‘liqlik) va salomatlikni targ‘ib qiluvchi faoliyatlar (medik-profilaktika, valeologik bilimlar, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish amallari, maxsus profilaktika)ning o’zaro integratsiyasini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 284-son buyrugi, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 5 dekabrdagi 4-son Ilmiy Kengash qarori. ISBN: 978-9943-9151-6-9). Natijada talabalarni har tomonlama barkamol va sog‘lom qilib tarbiyalashning didaktik ta’minoti kengaytirilgan, ta’lim muassasalarida talabalarni ta’lim olish hamda fan bo‘yicha tegishli ma’lumotlarga ega bo‘lishi va o‘zlashtirish samaradorligi faoliyatini tizimli tashkil qilish jarayoni takomillashtirilgan;
talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirish texnologiyalari talabalarda sog‘lom turmush tarzi tafakkurini takomillashtirishning komponentlari (ijtimoiy, tarixiy, huquqiy, pedagogik) va shaxsning sog‘lomlik ko’rsatkichlariga ijobiy ta’sir qiluvchi talablar (iroda, yashash tarzi, jismoniy mashq, ovqatlanish, nafas olish, kulgu, ruhiy barqarorlik, gigiena, dam olish, mo’ta’dil hayot)ni o’zaro interpretatsiyalash va dunyoqarashni shakllantirish omillari (ekologik, ijtimoiy, ilmiy, metodik)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 22 iyundagi 569-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirishning asoslari belgilanib, uning dars jarayonida va darsdan tashqari jarayonining yaxlit pedagogik modeli ishlab chiqilishiga erishilgan;
shaxsda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish jarayoni talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni shakllantirish modelining maqsadli (murakkab, tizimli, valeologik, kompetensiyali), axborotli (shaxsiy, kommunikativ, ijtimoiy, kognitiv), texnologik (algoritmik, uslubiy, nazariy) va refleksiv (tahlil qilish, ehtiyojni anglash) kabi bloklar komponentlarini kirtish va xorijiy davlatlar tajribasini implementatsiya qilish orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar “Pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 22-avgustdagi 284-son buyrugi, Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 5 dekabrdagi 4-son Ilmiy Kengash qarori. ISBN: 978-9943-9151-6-9). Natijada yoshlarning sog‘lom hayot kechirishi, jismoniy va ma’naviy salomatligini ta’minlashda ishtirok etuvchi tuzilmalar faoliyatida o‘zaro uzviy hamkorlikka erishilgan, ular o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni ta’minlash jarayoni takomillashtirilgan;
pedagogik yo‘nalishlarda tahsil oluvchi talabalarda salomatlikni targ‘ib qiluvchi dunyoqarashni takomillashtirishga tayyorgarlik darajasini baholash komponentlari (shaxsiy va kasbiy sifat, bilim, ko‘nikma, malaka) maxsus “health care” dasturining qoidalari, omillari, tamoyillari, shakl va uslublarini aniqlashtirish asosida jarayonning tashxislash, korreksiyalash va monitoringini amalga oshirish tizimini rivojlantirishga oid tavsiyalardan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: «O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizasiyalash va xalqarolashtirish» nomli loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2022 yil 22 iyundagi 569-son ma’lumotnomasi). Natijada barkamol avlodni tarbiyalashda nodavlat muassasalari va fuqarolik jamiyati institutlari hamkorligini maqsadli, yaxlit pedagogik texnologiya asosida tashkil etish imkoni yaratilgan.