Burxanova Dilnozaxon Ilxomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qarindoshlik atamalari tizimida suppletiv munosabatlar”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil233.
Ilmiy rahbar: Berdaliev Abduvali, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.32.01.
Rasmiy opponentlar: Ko‘chimov Shuxrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Raximov Usmonjon Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qarindoshlik atamalari tizimiga xos suppletiv muqobillarning giponim, ekvonim hamda geteronim singari mantiqiy-lisoniy hodisalarga munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilining leksik tizimida alohida lug‘aviy-mazmuniy maydon tarzida shakllangan qarindoshlik atamalari paradigmasini tashkil qiluvchi vertikal va gorizontal chiziq qarindoshlik guruhlari, ularning har biriga xos lug‘aviy birliklarning ifoda va mazmun planiga mansub genderiologik jihatlar asoslangan;
vertikal va gorizontal chiziq qarindoshlik atamalariaro geteronimik xususiyatlar, ular ta’sirida shakllanuvchi juft so‘zlarning vazifa va ma’nolari, vertikal va gorizontal chiziq qarindoshlik ma’nosini bildiruvchi lug‘aviy birliklararo hosil bo‘luvchi ekvonimik munosabatlar, ularning lug‘aviy antonimiya bilan o‘xshash va farqli xususiyatlari dalillangan;
vertikal va gorizontal chiziq qarindoshlik ma’nolarining bir lug‘aviy birlik semantik qurilishida sinxron-sinkretik mavjudligi va ularning lug‘aviy-mazmuniy variantlari ochib berilgan, vertikal va gorizontal chiziq qarindoshlik atamalarining etimologiyasi va ularning baynalminal xarakteri isbotlangan;
vertikal va gorizontal chiziq tizimiga xos qarindoshlik atamalari ma’nosining jinsga ko‘ra farqli va betaraf (neytrallashgan) jihatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qarindoshlik atamalari paradigmasi tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tili leksikasida alohida lug‘aviy mazmuniy maydon tarzida shakllangan qarindoshlik atamalari paradigmasini tashkil qiluvchi qarindoshlikning vertikal va gorizontal chiziq guruhlariga ajratish va tahlil qilish bo‘yicha berilgan xulosalardan O‘zbekiston DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til millat ko‘zgusi” mavzusidagi eshittirishlarini efirga tayyorlashda samarali foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 28-fevraldagi ma’lumotnomasi). Natijada qarindoshlik guruhlari, ularning har biriga xos lug‘aviy birliklarning ifoda va mazmun planlari yuzasidan chiqarilgan xulosalar mazkur teleradiokanal materiallarining lisoniy jihatdan mukammallashuviga xizmat qilgan;
o‘zbek tili qarindoshlik nomlari tizimini funksional-semantik paradigma asosida o‘rganish, ularning insoniyat hayotida tutgan o‘rni va motivatsiyasini tadqiq etish bo‘yicha berilgan xulosalardan “Erudit” maqsadli innovatsion loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR Mudofaa vazirligining 2022-yildagi 10/947-son ma’lumotnomasi). Natijada qarindoshlik ma’nosini bildiruvchi lug‘aviy birliklararo hosil bo‘luvchi ekvonimik munosabatlar asosida olingan xulosalar ushbu loyihaning ilmiy va amaliy jihatdan boyishi uchun manba bo‘lib xizmat qilgan;
gorizontal chiziq qarindoshlik atamalarini ular anglatgan shaxslarning jinsiga ko‘ra farqli guruhlarga, shuningdek, ma’nosida jinsga ko‘ra neytrallashgan guruhlarga ajratib tahlil qilish bo‘yicha berilgan xulosalardan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR Madaniyat vazirligining 2022-yildagi 1/124-son ma’lumotnomasi). Natijada qarindoshlik nomlari tahlilidan foydalanish asosida loyiha bo‘yicha bajarilgan tadqiqotning mazmuni mukammallashgan va ilmiyligi ortgan.