Atadjanova Nodirabegim Nasimxo‘ja qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1695.
Ilmiy rahbar: Shahobiddinova Shohidaxon Hoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti PhD.03/04.06.2021.Fil.32.01
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc); Qurbonov Elbek Elmurodovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
 Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi muloqot vaziyatida ishtirok etuvchilarning aktual,yoshga xos, hududiy, sinf(mulk)iy, diniy, madaniy, milliy, nasl-nasab, etatik  mansublik  xususiyatlarini va ularni ifodalash usullarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mansublik subektlararo dialog-muloqot makonida ham ijtimoiy, ham maishiy jihatlariga aloqador va lisoniy shaxsning hayotiy pozisiyasini ta’minlovchi, o‘zini o‘zi shakllantiruvchi psixologik bazani yaratuvchi hodisa sifatida uning ijtimoiy guruhga xos nutqiy uslubida, til birliklarini qo‘llashida aks etishi dalillangan;
mansublik hodisasi shaxslararo munosabatning ikki ko‘rinishiga: rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari; norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga va xulq-atvoriga asoslanishi, uning turi va shaklini, ichki semantik tuzilishini belgilashda kognitiv, konnotativ va hissiy jihatlar sintezlanishi muloqot xulqi, nutqiy etiket, sud-huquq, gender masalalari doirasida asoslangan;
til tashuvchilarining mo‘tadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy doiraga o‘tishi va unga muvofiqlashuv jarayonlaridagi subdiskursining  "keraksiz", “(juda) tan olinmagan”, “o‘z uyidagidek his qila olmaslik” sifatlari orqali dalillangan;
lisoniy mansublikning yoshga xos mansublik, hududiy mansublik, sinf(mulk)iy mansublik, diniy mansublik, madaniy mansublik,  milliy-etnik mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik (davlatga) mansublik turlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
lisoniy shaxsning hayotiy pozisiyasini ta’minlovchi, o‘zini o‘zi shakllantiruvchi psixologik bazani yaratuvchi hodisa sifatida uning  ijtimoiy guruhga xos nutqiy uslubida, til birliklarini qo‘llashida aks etishi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlar ssenariysini (2021-2022-yillar) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022-yil 7-maydagi 04/36-568-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy mansublikning yoshga xos mansublik, hududiy mansublik, milliy-etnik mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik (davlatga) mansublik turlari bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalar eshittirishlarning ilmiy-nutqiy bazasi  uchun asos vazifasini bajargan;
rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari; norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga va xulq-atvoriga asoslanishi, uning turi va shaklini, ichki semantik tuzilishini belgilashda kognitiv, konnotativ va hissiy jihatlar sintezlanishi muloqot xulqi, nutqiy etiket, sud-huquq, gender masalalari kabi ilmiy yangiliklaridan Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Najmiddinov rahbarligida S-ECAGD-18-CA-0067 (PO20002335) raqamli “FY 2018 English Access Microscholarship Program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2022-yil 29 oktyabrdagi 298-son ma’lumotnoma). Natijada til tashuvchilarining mo‘tadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy doiraga o‘tishi va unga muvofiqlashuv jarayonlari asosida oliy ta’lim muassasalarida ma’ruza hamda seminar mashg‘ulotlarida foydalaniladigan materiallar to‘ldirilib, uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan;
           lisoniy mansublikning yoshga xos mansublik, hududiy mansublik, sinf(mulk)iy mansublik, diniy mansublik, madaniy mansublik, milliy-etnik mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik(davlatga) mansublik turlari bilan bog‘liq ilmiy xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2022-yil 31 oktyabrdagi 39/08-3912-son ma’lumotnoma). Natijada ommaviy muloqotning lisoniy madaniyatni shakllantirish metod va metodologiyasini ishlab chiqishda muloqot mansubligiga doir nazariy va amaliy materiallar  qo‘lga kiritilgan;
til tashuvchilarining mo‘tadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy doiraga o‘tishi va unga muvofiqlashuv jarayonlaridagi subdiskursi bilan bog‘liq ilmiy xulosalaridan Andijon davlat universitetida 2018-2020-yillarda bajarilgan “PZ 20170926286. O‘zbek sud amaliy lingvistikasi tadqiqi” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universiteti 2022-yil 31 oktyabrdagi 39/08-3913-son ma’lumotnoma). Natijada sud va tergov muloqoti doirasida mansublikni to‘g‘ri belgilash tergov xulosalarini aniqlashtirishi ochiqlangan.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish