To‘xtaboev Nozimjon Xoshimjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Amarantning yangi mahalliy navlari asosida biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 - Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/K151.
Ilmiy maslahatchi: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat univarsiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaev Vahobjon Umarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Mamatova Irodaxon Yusupovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shomuratov Shavkatbek Abdug‘anievich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: amarantning yangi mahalliy navlari, steviya, sut qushqo‘nmasi, mahsar asosida yangi turdagi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari yaratish, ularning kimyoviy tarkibi va xossalari asosida TIF TN bo‘yicha yangi kod raqamlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Amarantning “Ulug‘nor” navi asosida markaziy asab tizimining faolligini saqlab turish uchun qonni kislorod bilan to‘yintirishga yordam beradigan, ovqat hazm qilish traktining normallashishiga ijobiy ta’sir etadigan, ishtahani yaxshilaydigan “SKVALEAMIN NEO” oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratilgan;
Amarantning “Marhamat” navi asosida jigar va o‘t pufagining funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydigan, ichak faoliyatini yaxshilaydigan va meteorizm hamda spazmlarni kamaytiradigan “SKVALEMARIN” oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratilgan;
Amarantning “O‘zbekiston-M” navi asosida immun tizimining faolligini va atrof-muhitning noqulay omillariga organizmning qarshiligini oshiradigan, organizmning infeksiyalarga qarshi himoya kuchlarini rag‘batlantiradigan va yallig‘lanish, shamollash jarayonlarini rivojlanishini bartaraf etadigan “STEVIAMAR” oziq-ovqat qo‘shilmasi yaratilgan;
olingan biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari toksik emasligi va kundalik ratsionda ko‘plab kasalliklar profilaktikasi uchun funksional ovqatlanishda foydalanish mumkinligi isbotlangan.
olingan oziq-ovqat qo‘shilmalariga yangi TIF TN tovar kodlari ishlab chiqilgan;
yangi biologik faol qo‘shilmalarni tovar holatiga keltirish hamda iste’molga chiqarish uchun texnik-me’yoriy xujjatlar to‘plami yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Amarant o‘simligi asosida yangi biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari olish va ularni sinflash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Amarant va boshqa dorivor o‘simliklar asosida ishlab chiqilgan “SKVALEAMIN NEO”, “SKVALEMARIN”, “STEVIAMAR” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarini “SIFAT AGRO SERVIS” MChJ da ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsatnoma berilgan (№000431, 2019 y.). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini ishlab chiqarish imkonini bergan.
Amarant va boshqa dorivor o‘simliklar asosida ishlab chiqilgan “SKVALEAMIN NEO”, “SKVALEMARIN”, “STEVIAMAR” oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun texnik shart (S 26821898-001:20l8) va texnologik yo‘riqnoma (TI 26821898-001:2019) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya nazorati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 27 dekabrdagi 36-8/3270-son va 2019 yil 7 martdagi 36-8/685-son xatlari). Natijada, amarant o‘simligi asosida yangi turdagi oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash va ishlab chiqarish imkonini bergan.
Amarant asosida ishlab chiqilgan “SKVALEAMIN NEO”, “SKVALEMARIN”, “STEVIAMAR” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari tovar sifatida TIF TN bo‘yicha sinflanib, ularga “amarant asosida olingan oziq-ovqat qo‘shimchalari” uchun – 1212 99 950 1 va “amarantning maydalangan urug‘lari kukuni, yalpiz, saflor barglari va gullari asosida tayyorlangan biologik faol oziq-ovqat qo‘shimchalari, dori vositasi emas” uchun – 1212 99 950 2 xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilgan, hamda davlat bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bojxona laboratoriyasining 2022 yil 1 iyuldagi 16/05-22-0368-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur turdagi oziq-ovqat qo‘shilmalarini eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan.