Dononov Jasur Ural o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Janubi-G‘arbiy Hisorning turli darajadagi neotektonik harakatlari va deformatsiyalarining kinematikasi va dinamikasi», 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/GM113.
Ilmiy rahbar: Umurzakov Raximjan Abdurazakovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.24/30.10.2020.GM.125.01.
Rasmiy opponentlar: Turapov Mirali Kamalovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Alimuxamedov Ilxom Mizratovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: “Regionalgeologiya” DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubi-G‘arbiy Hisorning turli darajadagi neotektonik harakatlari va deformatsiyalarining kinematikasi va dinamikasi xususiyatlarini hamda hosil bo‘lish mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubi-G‘arbiy Hisor bo‘yicha ilk bor neotektonik harakat va deformatsiyalarining turli darajadagi xaritalari tuzilgan va ularni xususiyatlari aniqlangan;
Janubi-G‘arbiy Hisorning neotektonik tuzilmalarining hamda tog‘ massivlaridagi turli kattalikdagi darzliklar va yoriqlarining makonda joylashish xususiyatlari aniqlangan;
tabiiy sharoitda yotgan qatlamlardagi kinematik siljish belgilari o‘rganilgan va ular asosida hududning kechki kaynozoydagi turli darajadagi tektonik kuchlanish maydonlari rekonstruktsiya qilingan;
darzliklarning statistik o‘lchovlari va tahlili asosida turli darajadagi neotektonik kuchlanish maydonlari aniqlangan va deformatsiyalanishning tektodinamik modeli tuzilgan;
Janubi-G‘arbiy Hisor hududi misolida ilk bor rutbali neotektonik rayonlashtirishning yangi avlod xaritasini tuzish imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Janubi - G‘arbiy Hisorning turli darajadagi neotektonik hamda rutbali neotektonik rayonlashtirish xaritalari” va “Janubi - G‘arbiy Hisorning rutbali neotektonik rayonlashtirishga asoslangan neftgazga istiqbol zonalari” natijalari asosida:
Janubi - G‘arbiy Hisor hududining ilk bor tuzilgan turli (birinchi, ikkinchi va uchinchi) darajadagi neotektonik deformatsion xususiyatlarini ifodalovchi xaritalari “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘ - kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04/0228 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, Janubi - G‘arbiy Hisor hududining geologik va geodinamik tuzilishiga aniqlik kiritilib yangi istiqbolli maydonlarini qidiruv - razvedka ishlarini samarasini oshirish imkoniyati yaratilgan;
Janubi - G‘arbiy Hisor hududining aniqlashtirilgan faol turli darajadagi er yoriqlari joylashuvi va kinematik modeli “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM ilmiy - amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘ - kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04/0228 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, Janubi - G‘arbiy Hisor hududida er yoriqlari bilan bog‘liq foydali qazilma konlarini qidiruv- razvedka ishlarining aniqligini oshirish uchun zamin yaratilgan;
Janubi - G‘arbiy Hisor hududining birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali neotektonik deformatsiyalarining teskari aloqa ko‘rsatgich turiga asoslangan rutbali neotektonik rayonlashtirish xaritalari “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM ilmiy-amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘ - kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04/0228 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, Janubi - G‘arbiy Hisor hududida qidiruv-razvedka ishlarining istiqbolli yo‘nalishlarini loyihalash imkoniyati yaratilgan;
Janubi - G‘arbiy Hisorning rutbali ma’lumotlar asosidagi neftgazga istiqbol zonalari xaritasi “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DM ilmiy - amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘ - kon sanoati va geologiya vazirligining 2023 yil 20 fevraldagi 04/0228 - sonli ma’lumotnoma). Natijada, birinchi navbatdagi geologik - geofizik qidiruv ishlarini rejalashtirish va samarali olib borish imkonini bergan.