Jabborova Gavhar Muzravjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
 Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha Kushing sindrom yurak-qon tomir asoratlarining klinik-patogenetik jihatlari» 14.00.03– “Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib740.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Shamansurova Zulayho Miralievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Nurillaeva Nargiza Muhtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kushing sindromi bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir tizimining holatini va o‘tkir yurak-qon tomir halokatlari xavf omillarini tabaqalash bilan kardiovaskulyar asoratlarning rivojlanishida 15-o‘sish omilining farqlanishining o‘rnini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KS bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning bosqichini hisobga olgan holda 99m Texnetril bilan bir fotonli emission kompyuter tomografiyasi yordamida miokardning radioizotop perfuzion ssintigrafiyasidan foydalanish imkoniyati asoslangan;
KS bilan kasallangan bemorlarning faol va remissiya bosqichida yurak-qon tomir asorati xavfi yuqori ekanligini ko‘rsatadigan perfuziya buzilishlarining haqiqiy tarqalishi va yaqqolligini baholashda dipiridamol bilan yuklamali sinamaning roli isbotlangan;
nasl (gipofiz, buyrak usti, ektopik), kasallik bosqichi (faol, remissiya), giperkortisizm, jins va yoshni hisobga olgan holda, KS bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar zararlanishlarning uchrash darajasi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar asoslangan;
15-o‘sish omilining farqlanishi sitokinlarining KS bilan kasallangan bemorlarda kardioavaskulyar asoratlar rivojlanishi va natijalaridagi o‘rni asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida KS bilan og‘rigan bemorlardagi o‘limlarning sabablari va uchrash soni asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 05 iyuldagi 7-son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning bosqichini hisobga olgan holda 99 Texnetril izotopining bilan bir fotonli emission kompyuter tomografiyasi yordamida miokardning radioizotop perfuzion ssintigrafiyasidan foydalanish imkoniyati asoslanganligi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023-yil 12 iyundagi №24-n sonli buyrug‘i va Qashqadaryo filialining 2023-yil 31-maydagi №65-T sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tatbiq etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda miokarddagi o‘zgarishlarni erta tashxislash va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi bilan og‘rigan bemorlarda miokardning radioizotop ssintigrafiyasidan foydalanib undagi o‘zgarishlarni erta aniqlash, differensial tashhislash uchun zarur bo‘lgan ortiqcha laborator markerlar, asbobiy tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilishga olib keladi. Xulosa: Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning bosqichini hisobga olgan holda 99 m Texnetril bilan bir fotonli emission kompyuter tomografiyasi yordamida miokardning radioizotop perfuzion ssintigrafiyasidan foydalanish natijasida yurakdagi o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 450.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: Kushing sindrom bilan kasallangan bemorlarning faol va remissiya bosqichida yurak-qon tomir asorati xavfi yuqori ekanligini ko‘rsatadigan perfuziya buzilishlarining haqiqiy tarqalishi va yaqqolligini baholashda dipiridamol bilan yuklamali sinamaning roli isbotlanganligi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023-yil 12 iyundagi №24-n sonli buyrug‘i va Qashqadaryo filialining 2023-yil 31-maydagi №65-T sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning faol yoki remissiya bosqichidan qat’iy nazar miokarddagi koronar etishmovchiliklarni erta tashxislash va og‘ir asoratlarni oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kasallikning bosqichiga va dipiridamol yuklamasidan keyingi Texnetril 99 izotopining joylashishiga ko‘ra miokard perfuzion ssintigrafiyasi holatlarini o‘rganish bemorlarda koronar qon aylanish etishmovchiligini qo‘shimcha invaziv tekshiruvlar (koronar angiografiya) o‘tkazmasdan aniqlash imkonini beradi. Bu esa o‘rta hisobda har bir bemordan 1 mln 500 ming so‘m tejalishiga olib keladi. Xulosa: Kushing sindrom bilan kasallangan bemorlarning faol va remissiya bosqichida yurak-qon tomir asorati xavfi yuqori ekanligini ko‘rsatadigan perfuziya buzilishlarining haqiqiy tarqalishi va yaqqolligini baholashda dipiridamol bilan yuklamali sinamaning o‘tkazilishi bir nafar bemor hisobiga sarflangan mablag‘dan 1 mln 500 ming so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: Nasl (gipofiz, buyrak usti, ektopik), kasallik bosqichi (faol, remissiya), giperkortisizm, jins va yoshni hisobga olgan holda, Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar zararlanishlarning uchrash darajasi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar asoslanganligi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023-yil 12 iyundagi №24-n sonli buyrug‘i va Qashqadaryo filialining 2023-yil 31-maydagi №65-T sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: nasl (gipofiz, buyrak usti, ektopik), kasallik bosqichi (faol, remissiya), giperkortisizm, jins va yoshni hisobga olgan holda, Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar zararlanishlarning uchrash darajasi to‘g‘risidagi yangi ma’lumotlar asosida bemorlarni o‘z vaqtida monand davolash, ularning hayot sifati hamda umr ko‘rish davomiyligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Bemorlarda kardiovaskulyar o‘zgarishlarni aniqlash uchun yagona umumlashgan algoritmdan foydalanish ortiqcha harakatlar va sarf harajatlarni tejaydi; 2) Tashhislash algoritmidan foydalanib maqsadsiz laborator asbobiy tekshirishlar va dori-darmonlar qo‘lanilishining oldini olish bemorlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga olib keladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. Shifoxonaga davolanish muddatining 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida davolanayotgan bir bemor uchun 560.000 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: Kushing sindromi bo‘lgan bemorlarda nasl (gipofiz, buyrak usti, ektopik), kasallik bosqichi (faol, remissiya), giperkortisizm, jins va yoshni hisobga olgan holda kardiovaskulyar asoratlarni erta tashxislashda ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish muhim ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatga ega.
 turtinchi ilmiy yangilik:15-o‘sish omilining farqlanishi sitokinlarining Kushing sindrom bilan kasallangan bemorlarda kardioavaskulyar asoratlar rivojlanishi va natijalaridagi o‘rni to‘g‘risida yangi ma’lumotlar keltirilganligi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023-yil 12 iyundagi №24-n sonli buyrug‘i va Qashqadaryo filialining 2023-yil 31-maydagi №65-T sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi bilan kasallangan bemorlarda 15-o‘sish omilining farqlanishining yuqori darajasi kardiovaskulyar asoratlar rivojlanish xavfining yuqoriligi bilan bog‘liq va belgilangan klinik xavf bilan bir qatorda qo‘shimcha bashorat qiluvchi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda yoshi, jinsi, giperkortisizm sababi va kasallik bosqichini hisobga olgan holda 15-o‘sish omili darajasini o‘rganish va davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 650.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 2.300.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda kardiovaskulyar asoratlarni tashhislashni optimallashtirish sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1mln 250 ming so‘mni tashkil etadi.
beshinchi ilmiy yangilik: O‘zbekiston Respublikasida Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlardagi o‘lim sabablari va uchrash soni asoslanganligi Akademik Yo. X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 2023-yil 12 iyundagi №24-n sonli buyrug‘i va Qashqadaryo filialining 2023-yil 31-maydagi №65-T sonli buyrug‘i orqali amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlarda o‘lim sabablari va uchrash soni asoslanganligi Respublikamizda aholi salomatligini yaxshilashga hamda umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga xizmat qilishi mumkin. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Kushing sindromi mavjud bemorlarda yurak qon-tomir asoratlarini tashhislashni optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 1.200.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 2.300.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida kushing sindrom bilan og‘rigan bemorlardagi yurak qon-tomir asoratlarini erta tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm asosida ularda o‘lim sabablari va uchrash soni keskin kamaytiradi hamda ortiqcha tekshirishlar uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 mln. 560 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish