Halilova Dilovar Zahiriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet 2 tur bemorlarda COVID-19 kechishining hususiyatlari va oqibatlarini o‘rganish» 14.00.03 –Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2383.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna tibbiyot fanlari doktori, professor, Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertasiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet 2 tur bemorlarda COVID-19 kechishi xususiyatlari va oqibatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qandli diabet bilan kasallanish chastotasi umumiy axoli orasida 5% dan 7,9 % gachani tashkil qilishi bir tomondan qandli diabetning koronavirus infeksiyasi xavfini oshirishga qo‘shgan xissasini shuningdek, qandli diabet yangi xolatlarining paydo bo‘lishidagi axamiyatini belgilashi aniqlangan;
qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda semizlik va arterial gipertenziya COVID-19 infeksiyasining yomon oqibatlariga olib keluvchi potensial xavf omili sifatida baxolangan;
qandli diabetda erkak jinsi, taxiaritmiya, yurak ishemik kasalligi, 5 yildan ortiq kasallanish COVID-19dan o‘lim xolatlarini yuzaga keltiruvchi eng muxim prognostik markerlar sifatida asoslangan;
giperglikemiyani xisobga olgan xolda COVID-19 bemorlarda qandli diabetning og‘ir kechishi va yangi aniqlangan qandli diabetni erta tashxislash va davolash usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 21 iyundagi № 6 son xulosasiga ko‘ra (ilmiĭ yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriĭ etish bŭĭicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining 2022 yil 22 sentyabrdagi 01-06/842 -sonli xati yuborilgan ):
birinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan kasallanish chastotasi umumiy axoli orasida 5% dan 7,9 % gachani tashkil qilishi bir tomondan qandli diabetning koronavirus infeksiyasi xavfini oshirishga qo‘shgan xissasini shuningdek, qandli diabet yangi xolatlarining paydo bo‘lishidagi axamiyatini belgilashi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish, koronavirus davrida qandli diabetni erta tashxislash va davolash sifatini yaxshilash imkonini yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda qandli diabetning yangi xolatlari rivojlanishiga extiyot bo‘lish kasallikka erta tashxis qo‘yish imkonini beradi va koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarda diabetni davolashni o‘z vaqtida boshlash qandli diabetning asoratlarini davolash va mehnatga layoqatli yoshda erta o‘limni, shuningdek nogironlik ko‘rsatkichlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri pasayish shaklida uzoq muddatli iqtisodiy foyda keltiradi. Xulosa: qandli diabet bilan kasallanish chastotasi umumiy axoli orasida ortib borishi bir tomondan qandli diabetning koronavirus infeksiyasi xavfini oshirishga qo‘shgan xissasini shuningdek, qandli diabet yangi xolatlarining paydo bo‘lishidagi axamiyatini inobatga olganda kasallikni tashxislashdagi va davolashdagi 7-8 million so‘m atrofidagi sarf xarajatlarni 15-20 % ga iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda semizlik va arterial gipertenziya COVID-19 infeksiyasining yomon oqibatlariga olib keluvchi potensial xavf omili sifatida baxolangani Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Qandli diabet 2 tur arterial gipertenziya va ortiqcha vazn bilan birga uchragan xolatlarda davo tadbirlarini to‘g‘ri tanlanishi davolash sifatini sezilarli yaxshilashga va bemorlarni bir shifoxonadan boshqasiga ko‘chirish extiyojini kamaytirishga va shu bemorlada gospitalizatsiya davomiyligini qisqartirishga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: SOVID-19 bilan og‘rigan bemorlar orasida qandli diabet, arterial gipertenziya va semizlik bilan kasallangan bemorlarda salbiy oqibatlar xavfidan ogohlik shu bemorlarda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzishga va koronavirus infeksiyasi tufayli kelib chiquvchi asoratlar va mehnatga layoqatli davrdagi erta o‘lim xolatlarini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetda kasalxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligi 10 kunga 6-7 million so‘m atrofidagi mablag‘ni talab etsa, yuqoridagi yondosh xolatlarni xisobga olgan xolda davolash taktikasiga to‘g‘ri yondashish davolanish muddatlarini 7-8 kunga qisqartirish xisobiga 1-2 million so‘m atrofida iqtisod qilishga erishiladi.
uchinchi ilmiy yangilik qandli diabetda erkak jinsi, taxiaritmiya, yurak ishemik kasalligi, 5 yildan ortiq kasallanish COVID-19dan o‘lim xolatlarini yuzaga keltiruvchi eng muhim prognostik markerlar sifatida asoslangani Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: erkak jinsi va taxiaritmiya 2-tur diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun o‘lim xavfini 5,03, yurak ishemik kasalligi mavjdligi 4,2 barobar, 5 yildan ortiq tajriba 3,91 barobar oshirdi. Yuqoridagi xolatlarni baxolash natijasida kasallikni davolash erta bosqichlarida to‘g‘ri yondashuvni ta’minlash, yondosh kasalliklarga e’tiborni qaratish kasallikni engishda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 5 yildan ortiq vaqt davomida qandli diabet, yurak ishemik kasalligi va taxiaritmiya bilan kasallangan COVID-19 ga chalingan erkak jinsidagi bemorlar orasida salbiy oqibatlar xavfidan ogohlik shu bemorlarda davolash taktikasini o‘z vaqtida tuzishga va bir kasalxonadan boshqasiga ko‘chirishni kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikni keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetni asoratsiz davolash uchun oyiga o‘rtacha 1 million 200 ming so‘m mablag‘ talab qilinsa, qandli diabet asoratlarini davolashda kasalxonaga yotqizishni xisobga olgan xolda 10 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qilinadi, yuqoridagi ko‘rsatmalarga amal qilgan xolda qandli diabetni asoratlarini kamaytirish va oldini olish davlat mablag‘laridan 8-9 million so‘m atrofida iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik giperglikemiyani xisobga olgan xolda COVID-19 bemorlarda qandli diabetning og‘ir kechishi va yangi aniqlangan qandli diabetni erta tashxislash va davolash usullari takomillashtirilgani Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Farg‘ona viloyati endokrinologiya dispanseri bo‘yicha 30.12.2022 yildagi 84-sonli buyruq hamda Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 17.01.2023 yildagi 5-Iª sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Insulinterapiyada bo‘lgan QD 2 tur bemorlarda tez-tez glikemiya nazorati o‘z vaqtida insulin korreksiyasi va peshob tarkibida keton tanachalari mavjudligini nazorat qilish samara bergan; PGP qabul qiluvchi bemorlarda, agar koronavirusning engil kechuvi bo‘lsa terapiyani korreksiyasi talab etilmagan, ammo ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish bo‘lsa iNGLT2 preparatlaridan voz kechish, shuningdek gipoglikemiya xavfini oldini olish maqsadida sulfonilmochevina xosilalari preparatlari dozasini nazorat qilish tavsiya etilgan; koronavirus infeksiyasining o‘rta og‘ir va og‘ir kechuvida QD 2 tur bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqizishni va insulin terapiyasiga o‘tishni talab qilgan. Shu bilan birga tabletirlangan gipoglikemik preparatlar va arGPP1 preparatlari vaqtinchalik to‘xtatish tavsiya etilgani davolanish sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: algoritmlarga amal qilish davolanish jarayonidagi dori vositalari guruxlarini to‘g‘ri tanlash, kasallik kechuvi darajalariga bog‘liq xolda kasalxonaga yotqizishni xal etish orqali talab etiladigan mablag‘larni to‘g‘ri yo‘naltirish yangilikning iqtisodiy samaradorligini keltirib chiqaradi. Xulosa: Qandli diabetni og‘ir kechuvi va asoratlarini davolashga talab etiladigan qo‘shimcha tekshiruv usullari va davolash xarajatlari 10-12 million so‘mga yaqin mablag‘ talab qiladi, yangi aniqlangan diabetni erta tashxislash esa kasallikning dekompensatsiya xolatida murojaat qilinganda ko‘rsatiladigan reanimatsion tadbirlarga talab qilinadigan 2-3 million so‘m atrofidagi mablag‘ni tejashga va bemorga kasallikning erta davrlarida tegishli tibbiy yordamni va davo muolajalarini ko‘rsatishga sarflanadigan mablag‘ni sezilarni iqtisod qilishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish