Kudratova Nasiba Alisherovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Semizlik bilan kasallangan va glyukozaga turg‘unligi buzilgan bemorlarda uglevod almashinuvi holatiga turli usuldagi bariatrik aralashuvlarning ta’siri», 14.00.03– Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2069.
Ilmiy rahbar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Kamalov Telman Tulyaganovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: semizlik, glyukozaga turg‘unligi buzilgan va qandli diabet bilan kasallangan bemorlarni davolashda turli bariatrik aralashuvlarning uglevod almashinuvi holatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlikni bariatrik jarrohlik amaliyoti bilan davolash orqali tana vazni va uning indeksini kamaytirishda sliv rezeksiya va gastroshuntlash usullarining samaradorligi asoslangan;
semizlik va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda bariatrik aralashuvlarning uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri aniqlangan;
gastroshuntlash amaliyotidan so‘ng qandli diabetning 2-turi bilan kasallanganlarda glikemiya va glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichlarining turg‘un pasayishi sababli, qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalarini bekor qilinishi asoslangan;
ilk bor grelin, glyukagonsimon polipeptid-1 va glyukozaga bog‘liq insulintrop polipeptid ko‘rsatkichlarini 2-tur qandli diabet remissiyasida istiqbolli ahamiyati aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 03 iyuldagi 07/017 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: morbid semizlikni bariatrik jarrohlik amaliyoti bilan davolash orqali tana vazni va uning indeksini kamaytirishda sliv rezeksiya va gastroshuntlash usullarining samaradorligi asoslangani Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 70-T-sonli buyruq hamda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 08.12.2022 yildagi 49-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlikni davolashda bariatrik aralashuvlarni qo‘llash orqali qisqa muddatda me’yoriy tana vazniga erishiladi. Bu esa jamiyatdagi morbid semizlikka chalingan bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelgan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabetning 2-turi rivojlanishining oldi olinib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: morbid semizlikni bariatrik jarrohlik amaliyoti bilan davolash orqali tana vazni va uning indeksini kamaytirish orqali bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklari va qandli diabetning 2-turi rivojlanishini oldini olib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib keldi.
ikkinchi ilmiy yangilik: semizlik va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda bariatrik aralashuvlarning uglevod almashinuvi ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri aniqlanganligi Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 70-T-sonli buyruq hamda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 08.12.2022 yildagi 49-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroshuntlash jarrohlik amaliyotini qo‘llash orqali tana vazni indeksining me’yoriy ko‘rsatkichlariga va glikemik kompensatsiyaga erishish imkonini berib, bemorning hayot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan, uning mehnatga layoqatliligini oshirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: morbid semizlik va qandli diabetning 2-turi bilan kasallangan bemorlarda gastroshuntlash amaliyoti qisqa vaqt ichida tana vazni va glikemiyani me’yoriy ko‘rsatkichlarga erishishiga sabab bo‘lib, bemorlarda semizlikka qarshi dori vositalari uchun sarflanadigan xarajatlarni kamayishiga olib kelgan. Ozish uchun qo‘llaniladigan dori vositalariga 1 kunda 6000 so‘m sarflanishi inobatga olinsa, 1 oyda 180000 so‘mni tejash imkonini beradi. Xulosa: gastroshuntlash amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda 6 oy davomida semizlik kompensatsiyasiga, glikemik kompensatsiyaga esa 3 oyda erishilgan. Bu esa ozish uchun dori darmonlarga ketadigan o‘rtacha bir oylik 180000 so‘m sarf-xarajatni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: gastroshuntlash amaliyotidan so‘ng qandli diabetning 2-turi bilan kasallanganlarda glikemiya va glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichlarining turg‘un pasayishi sababli, qonda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalarini bekor qilinishi asoslanganligi Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 01.12.2022 yildagi 70-T-sonli buyruq hamda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 08.12.2022 yildagi 49-sonli buyruq joriy qilish dalolatnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:gastroshuntlash amaliyotidan so‘ng qandli diabetning 2-turi bilan kasallanganlarda glikemiya va glikirlangan gemoglobin ko‘rsatkichlarini 1,3,6,12 oylar davomida tekshirish glikemik kompensatsiyaga erishilganini ko‘rsatdi. Bu esa gastroshuntlash amaliyotining nafaqat semizlikni bartaraf etishga balki qandli diabetning turg‘un remissiyasiga erishishiga ham xizmat qilgan. Bundan tashqari, ushbu patologiyalarni davolashga va asoratlarini oldini olishga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroshuntlash amaliyotidan so‘ng bemorlarda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalarini bekor qilinishi, bir kunda sarflanadigan gipoglikemik vositalar uchun o‘rtacha 19400 so‘m tejalishiga imkon bergan. Ushbu davolash usuli tez va samarali davolash imkonini berganligi ambulator davolanish vaqtini 4 kunga kamaytirish imkonini bergan. Bir kunlik davolanish 41500 so‘mga to‘g‘ri kelishini hisobga olsak, 4 kunlik tejalgan mablag‘ har bir bemor uchun 166000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: morbid semizlik va qandli diabetning 2-turi kuzatilgan bemorlarda gastroshuntlash amaliyoti qo‘llanilishining  iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun 166000 so‘mni tashkil etgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor grelin, glyukagonsimon polipeptid-1 va glyukozaga bog‘liq insulintrop polipeptid ko‘rsatkichlarini 2-tur qandli diabet remissiyasida istiqbolli ahamiyati aniqlanganligi Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo viloyati filiali bo‘yicha 01.08.2022-yildagi 70-T-sonli buyruq hamda Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Jizzax viloyati filiali bo‘yicha 22.05.2022-yildagi 49-sonli buyruq dalolatnomasi dalolatnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroshuntlash amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda normoglikemiya kuzatilishi, qandli diabetning erta va kechki asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Shu bilan birga qonda grelin, glyukagonsimon polipeptid-1 va glyukozaga bog‘liq insulintrop polipeptid ko‘rsatkichlarini prognostik mezon sifatida tavsiya etilishi tibbiy va ijtimoiy jihatdan ahamiyatli ekanligi isbotlangan. Gormonlarni baholash natijasida tavsiya etilgan qon zardobida grelin, glyukagonsimon polipeptid-1 va glyukozaga bog‘liq insulintrop polipeptidlarni aniqlash va baholash ushbu kasallik tashxisoti va uning istiqbolini belgilash uchun tashxisiy va prognostik mezonlar sifatida tavsiya etilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gastroshuntlash amaliyotidan so‘ng bemorlarda qand miqdorini pasaytiruvchi dori vositalarni bekor qilinishi, bir kunda sarflanadigan gipoglikemik vositalar uchun o‘rtacha 19400 som tejalishiga imkon bergan. Ushbu davolash usuli tez va samarali davolash imkonini berganligi ambulator davolanish vaqtini 4 kunga kamaytirgan. Bir kunlik davolanish 41500 so‘mga to‘g‘ri kelishini hisobga olsak, 4 kunlik tejalgan mablag‘ har bir bemor uchun 166000 so‘mni tashkil etgan. Xulosa: morbid semizlik va qandli diabetning 2-turi kuzatilgan bemorlarda gastroshuntlash amaliyotini qo‘llanilishining  iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun 166000 so‘mni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish