Ibragimov Ulug‘bek Darxonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda tashqi nafas, qonning gaz tarkibini baholash va davolashni muvofiqlashtirish» 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2676.
Ilmiy rahbar: Gadaev Abdigaffar Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib 30.02.
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud o‘pka gipertenziyasi aniqlangan bemorlarda endotelial disfuksiya, tashqi nafas hamda qonning gaz tarkibini baholash va davolashni muvofiqlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yurak o‘ng qismlari disfunksiyasi yaqqolroq namoyon bo‘lishini o‘ng bo‘lmacha ko‘ndalang o‘lchami, o‘pka arteriyasi diametri va undagi sistolik bosim bilan bir qatorda yurak o‘ng bo‘lagi disfunksiyasini tasdqiqlovchi asosiy marker uch tavaqali qopqoqlar sistolik xarakat amplitudasida ham ishonchli o‘zgarishlar aniqlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar qonining kislorod bilan to‘yinganlik darajasi va uning parsial bosimi infeksiya o‘tkazmaganlarga nisbatan ishonchli pastligi (p<0.001) isbotlangan;
surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar kasallikni standart davosida eplerenondan foydalanish va ko‘shimcha empagliflozin (diampa) buyurish tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini ijobiy o‘zgarishi asoslangan;
surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar kompleks davosi ta’sirida qon gaz tarkibining ijobiy o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023 yil 15 iyundagi 06/007-son xulosasiga ko‘ra (ilmiĭ yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriĭ etish bŭĭicha Toshkent tibbiyot akademiyasi muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2023- yil 4- maydagi 03-23/03-x sonli xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yurak o‘ng qismlari disfunksiyasi yaqqolroq namoyon bo‘lishini o‘ng bo‘lmacha ko‘ndalang o‘lchami, o‘pka arteriyasi diametri va undagi sistolik bosim bilan bir qatorda yurak o‘ng bo‘lagi disfunksiyasini tasdqiqlovchi asosiy marker uch tavaqali qopqoqlar sistolik xarakat amplitudasida ham ishonchli o‘zgarishlar aniqlanishi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (2022-yil 7 dekabrdagi №114 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2021-yil 9-noyabrdagi №325-U/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yondashuv surunkali yurak etishmovchiligi mavjud COVID-19 o‘tkazgan bemorlarda yurakning o‘ng qismidagi o‘zgarishlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kuzatiladigan og‘ir asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 bilan kasallangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda o‘ng qorincha disfunksiyasi belgilarini erta aniqlash orqali yurakning boshqa kasalliklarining differensial diagnostikasi uchun zarur bo‘lgan laborator markerlar, asbobiy tekshiruvlar va tor mutaxassislar ko‘riklari uchun kerak bo‘ladigan ortiqcha sarf-xarajatlar hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa:COVID-19 bilan kasallangan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda o‘pka gipertenziyasini erta tashxislash natijasida 1 nafar bemor hisobiga mablag‘ning o‘rtacha 260.000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan.
 ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar qonining kislorod bilan to‘yinganlik darajasi va uning parsial bosimi infeksiya o‘tkazmaganlarga nisbatan ishonchli pastligi (p<0.001) isbotlanganligi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (2022-yil 7 dekabrdagi №114 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2021-yil 9-noyabrdagi №325-U/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:olingan natijalar surunkali yurak etishmovchiligi mavjud va COVID-19 o‘tkazgan bemorlarni erta tashxislash, davo choralari samaradorligini oshirish, hamda kasallikning og‘ir asoratlarini oldini olish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarda tashqi nafas faoliyati va qonning gaz tarkibidagi o‘zgarishlarni erta aniqlash va davo muolajalarini olib borish ularning davolanishi uchun kerak bo‘ladigan shifoxona kunini qisqartiradi. bir nafar bemor uchun bir kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonaga davolanish muddatini 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500 ming so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda shifoxonaga davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning bir nafar bemor hisobiga byudjetdan 500.000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 400.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar kasallikni standart davosida eplerenondan foydalanish va ko‘shimcha empagliflozin (diampa) buyurish tashqi nafas faoliyati ko‘rsatkichlarini ijobiy o‘zgarishini Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (2022-yil 7 dekabrdagi №114 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2021-yil 9-noyabrdagi №325-U/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali yurak etishmovchiligi mavjud COVID-19 kasalligini o‘tkazgan bemorlarda standart davo negizida eplerenon va emapaliflozin preparatlarini qo‘llash endotelial disfunksiyani barqarorlashtirib tashqi nafas faoliyatini yaxshilashga hamda o‘pka gipertenziyasini pasaytirishga yordam beradi. Shuningdek, ushbu guruhga mansub bemorlarni davolashdagi polipragmaziyaning oldini oladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)Bemorlar ortiqcha asbobiy va laborator tekshiruvlarining tejalishi; 2)maqsadsiz dori-darmonlarning qo‘llanilishini oldini olish bemorlar shifoxonada davolanadigan kunlarining kamayishiga olib keladi. Bemorning shifoxonada davolanish kunining kamaytirilishi ham dori-darmonlarning xarajatini kamaytiradi. 1 nafar bemor uchun 1 kunga kerak bo‘ladigan kunlik xarajat Toshkent tibbiyot akademiyasi Ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘limida o‘rtacha xo‘jalik hisobidan davolanayotgan bemor uchun 250.000 so‘m, byudjet hisobidan davolanayotgan bemor uchun esa 200.000 so‘mni tashkil etadi. Shifoxonada davolanish 10 kundan 8 kunga kamaytirilishi bir bemor uchun xo‘jalik hisobidan 500.000 so‘m, byudjet hisobidan esa 400 ming so‘mning tejalishiga olib keladi. Xulosa:COVID-19 o‘tkazgan surunkali gepatit kasalligi mavjud bemorlarda tashxislash  tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarda shifoxonada davolanish uchun kerak bo‘lgan mablag‘larning 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 400.000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1 mln. 500.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali yurak etishmovchiligi negizida o‘pka gipertenziyasi aniqlangan COVID-19 o‘tkazgan bemorlar kompleks davosi ta’sirida qon gaz tarkibining ijobiy o‘zgarishini aniqlanishi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (2022-yil 7 dekabrdagi №114 sonli buyrug‘i) va Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (2021-yil 9-noyabrdagi №325-U/1 sonli buyrug‘i) amaliyotiga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda standart davo negizida eplerenon va empalgiflozin preparatlarni birgalikda qo‘llash, qonning gaz tarkibiga ijobiy tasir ko‘rsatib, ularning jismoniy yuklamalarga chidamliligini hamda hayot sifati oshiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 kasalligini o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda davo muolajalarini optimallashtirish orqali har bir bemor uchun o‘rta hisobda 590.000 so‘m miqdorida mablag‘ tejaladi. Shuningdek, bemorlarning shifoxonaga qayta yotishlar soni kamayganligi sababli har bir bemordan yil davomida qo‘shimcha 3.240.000 so‘m miqdorda pul mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: COVID-19 o‘tkazgan surunkali yurak etishmovchiligi mavjud bemorlarda qonning gaz tarkibini aniqlash va o‘z vaqtida kompleks davo muolajalarini olib borish, sarf xarajati uchun ketadigan mablag‘ va vaqt tejash imkonini beradi. Bu mablag‘ bir bemor uchun o‘rta hisobda 1 mln. 360 ming so‘mni tashkil etadi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish