Eshmurodova Mavluda Qodiralievnaning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘shqatorlab ekilgan g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga tup son qalinligining ta’siri”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx528
Ilmiy rahbar: Oripov Razzoq Oripovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Tursunov Ibroximjon Abduxalimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning ertapishar “Omad” navini o‘sishi, rivojlanishi va paxta hosildorligiga hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlariga turli ko‘chat qalinligida parvarish qilishning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida kuzgi pushtalarga yakkaqator va qo‘shqator usulida shigit ekib, g‘o‘zaning “Omad” navidan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda maqbul tup son qalinligi hamda mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish me’yorlari ishlab chiqilgan;
shigitlar bahorda tekis erga yakkaqator usulida,110-120 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida ekilganga nisbatan kuzda pushta olib, bahorda yakkaqator qilib 110-120 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida ekish ko‘chat qalinligini 3,6 ming tup/ga dan 4,1 ming tup/ga gacha, 140-150 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida 29,6 ming tup/ga dan 29,8 ming tup/ga gacha, 150-160 ming tup ko‘chat qalinligida 38,1 ming tup/ga dan 38,7 ming tup/ga gacha, bahorgi pushtaga qo‘shqator qilib 150-160 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida ekilganga nisbatan kuzda pushta olinib, bahorda 150-160 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida ekilganida 9,3 ming tup/ga dan 9,6 ming tup/ga gacha, 170-180 ming tup nazariy ko‘chat qalinligida ekilganida 26,3 ming tup/ga dan 26,9 ming tup/ga gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan;
bir o‘simlikda ko‘saklar sonini ko‘chat qalinliklariga bog‘liq holda kamayib borishi kuzatilib, bahorda tekis maydonga yakka qator qilib 110-120 ming tup/ga ko‘chat qalinligida ekilganga nisbatan kuzgi pushtaga yakkaqator qilib 140-150 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida 0,4-1,0 donaga, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida, 150-160 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida 1,0-1,1 donagacha, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilib, bahorda pushtaga qo‘shqator qilib 150-160 ming tup/ga ko‘chat qalinligida ekilganga nisbatan, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan, kuzgi pushtaga 150-160 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida 0,2-0,6 donaga, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilgan, 170-180 ming tup/ga ko‘chat qalinligida 0,5-0,7 donagacha kamayib borganligi aniqlangan;
mineral o‘g‘itlar me’yorlari hamda ko‘chat qalinliklarini paxta hosildorligiga ta’siri sezilarli bo‘lib, yuqori paxta hosildorligi kuzgi pushtaga yakkaqator qilib, 110-120 ming nazariy ko‘chat qalinligida ekilib, mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida 36,8 s/ga ni tashkil etgan bo‘lsa, kuzgi pushtaga qo‘shqator qilib, 170-180 ming tup/ga nazariy ko‘chat qalinligida mineral o‘g‘itlarning N200P140K100 kg/ga me’yorlari bilan oziqlantirilganida 40,8 s/ga paxta hosili olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand viloyatining eskidan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning «Omad» navini kuzgi pushtalarga qo‘shqator ekish usulida maqbul tup son qalinligini yaratish va uning samaradorligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
paxtachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun “Chigitni qo‘shqatorlab ekish muddati va me’yorlari” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-sentyabrdagi 07/22-04/6751-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma fermer xo‘jaliklarida qo‘shqator usulida paxta etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
g‘o‘zaning “Omad” navini turli ko‘chat qalinligida parvarishlash texnologiyasi Pastdarg‘om tumani “Usto Temir” fermer xo‘jaligida 53 gektar, “Firdavs Farrux Xaydarov chashmasi” fermer xo‘jaligida 41 gektar, jami 94 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-sentyabrdagi 07/22-04/6751-son ma’lumotnomasi) Natijada chigitlarini kuzgi pushtalar yakkaqator usulida 140-150 ming tup/ga, va qo‘shqator usulida 170-180 ming tup/ga ekish orqali yuqori smaradorlikka erishilgan;
kuzgi pushtaga yakkaqator usulida 140-150 ming tup/ga va qo‘shqator usulida 170-180 ming tup/ga ko‘chat qalinligida parvarishlash joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 21-sentyabrdagi 07/22-04/6751-son ma’lumotnomasi). Natijada gektaridan 37,2-40,8 sentnerdan paxta hosili olinib, umumiy daromad gektaridan 25,3-26,9 mln so‘mni, sof daromad 5,7-8,0 mln so‘mni, rentabellik darajasi 29-41% ni tashkil etgan.