Imamov Foziljon Zokirjonovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarda fosfogipsni qo‘llashning tuproq xossalari va g‘o‘za ekinida mineral o‘g‘itlar samaradorligiga ta’siri”, 06.01.04 – Agrokimyo (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Qx615
Ilmiy rahbar: Ortikov Tulkin Kuchkarovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/04.03.2022.Qx.13.01
Rasmiy opponentlar: Sanaqulov Akmal Lapasovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Sayimbetov Alisher, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida tuproq singdirish kompleksidagi singdirilgan natriy kationi miqdoriga bog‘liq holda organik o‘g‘it go‘ng hamda turli me’yordagi fosfogipsni tuproq singdirish kompleksi tarkibi va agrokimyoviy xossalari hamda g‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olishda qo‘llaniladigan mineral o‘g‘itlar samaradorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida g‘o‘zada azotli (250 kg/ga), fosforli (175 kg/ga) va klaiyli (125 kg/ga) o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it - go‘ng (30 t/ga) va kimyoviy meliorant - fosfogipsni (4 t/ga) maqbul qo‘llash (shudgor ostiga 3 yilda bir marotaba) me’yor va muddatlari aniqlangan;
sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida 30 t/ga go‘ng va 4 t/ga me’yordagi fosfogipsni mineral o‘g‘itlar (N250 P175 K125) fonida qo‘llanilganda tuproqdagi singdirilgan asoslar tarkibining o‘zgarishiga ijobiy ta’siri aniqlanib, Ca2+ kationi ulushini mineral (N250 P175 K125) o‘g‘itlarni o‘zi alohida qo‘llanilgan variantga nisbatan 14,48 % ga ortishiga va Na+ kationi ulushini esa 5,62 % ga kamayishiga olib kelishi ilmiy asoslangan;
sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida 30 t/ga go‘ng va 4 t/ga me’yordagi fosfogipsni mineral o‘g‘itlar fonida qo‘llashning tuproqdagi ammoniyli va nitratli azot, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy dinamikasiga ta’siri aniqlanib, mavsum oxirida ammoniyli va nitratli azot miqdori mos ravishda 29,7 va 35,4 mg/kg ni, harakatchan fosfor va almashuvchan kaliy miqdori esa 35,5 va 282 mg/kg ni tashkil etganligi aniqlangan;
meliorativ holati yaxshilangan tuproqlarda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarni ingichka tolali g‘o‘zaning “Surxon-14” navini o‘sish-rivojlanishi, hosildorligi va tolasining texnologik ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri ilmiy-nazariy tomondan asoslangan va ishlab chiqarishga tavsiyalar berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it-go‘ng hamda fosfogipsni sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida g‘o‘zada qo‘llashning maqbul me’yor va muddatlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it-go‘ng hamda fosfogipsni sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlar sharoitida g‘o‘zada qo‘llash yuzasidan “Sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarda fosfogipsni qo‘llashning tuproq xossalari va g‘o‘za ekinida mineral o‘g‘itlar samaradorligiga ta’siri” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9-apreldagi
05/05/1553-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanomadan Surxondaryo viloyatining sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarida unumdorlikni oshirish va saqlash, mineral o‘g‘itlardan foydalanish samaradorligini oshirishda hamda g‘o‘zadan yuqori hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it-go‘ng hamda kimyoviy meliorant - fosfogipsni sug‘oriladigan taqir o‘tloqi tuproqlarda g‘o‘zada birgalikda qo‘llash texnologiyasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida joylashgan “Surxon Kotton Textile Cluster” MChJ XKning 50,0 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 9-apreldagi 05/05/1553-son ma’lumotnomasi). Natijada, mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it – go‘ng va kimyoviy meliorant – fosfogipsning ta’siri tuproq singdirish kompleksidagi natriy kationi miqdoriga bog‘liq holda o‘rganilganligi va uni ishlab chiqarish sharoitida keng targ‘ibot qilinishi evaziga g‘o‘zaning ingichka tolali “Surxon-14” navinidan yuqori va sifatli paxta hosili olingan.
mineral o‘g‘itlarni yillik N250 P175 K125 kg/ga me’yorida organik o‘g‘it - go‘ngni 30 t/ga va kimyoviy meliorant - fosfogipsni 4 t/ga me’yorida qo‘llash texnologiyasi Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi paxta etishtiruvchi “Xojimurod bobo 2018” va “Bag‘rikeng bandixon” fermer xo‘jaliklarida jami
46,0 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil
9-apreldagi 05/05/1553-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, mineral o‘g‘itlar fonida organik o‘g‘it - go‘ng va kimyoviy meliorant - fosfogipsni qo‘llash hisobiga 35,0 s/ga paxta hosili olishga erishilgan.