Ismailov Ikramjon Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar (Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida, 1991-2020-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar725.
Ilmiy rahbar: Alixanov Muxammadjon Maxammadsolievich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulomovich, tarix fanlari doktori; Sharafiddinov Abdug‘affor, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1991-2020-yillarda O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarni Farg‘ona vodiysi viloyatlari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1991-2020-yillarda oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari, jumladan aholi zichligi, hududda oliy ta’lim muassasalarining kamligi, qabul kvotalarida mavjud demografik holat inobatga olinmaganligi oqibatida maktab bitiruvchilarning mahalliy OTMlarga qamrovi kam bo‘lganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarining mustaqillikning dastlabki yillaridagi moddiy-texnik holati qoniqarli darajada emasligi, 2011-yildan boshlab kapital rekonstruksiya va joriy ta’mirlash ishlari belgilangan talab bo‘yicha tizimli olib borilgani, zamonaviy laboratoriya, kompyuter bilan ta’minlash kabi muammolar innovatsion xarakterdagi yondashuvlar tatbiq etish orqali bartaraf etilgani asoslangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshliligi oshirishga qaratilgan sifatli ta’lim berilishini yanada takomillashuvi, talaba-yoshlarni zamonaviy bilimlarni puxta egallash mexanizmlarining joriy etilishi, aholi yashash manzillari hududiy kesimida qabul kvotalarining ajratilishi (anklav hududlar, So‘x tumani), yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlanishi sohaning rivojiga hizmat qilganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha islohotlar uch bosqichga amalga oshirilgani aniqlanib, sohadagi yutuqlarning o‘ziga xos jihatlari va omillari ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik yillarida Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari oliy ta’lim sohasidagi yuz bergan o‘zgarishlarni o‘rganishdan olingan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1991-2020-yillarda oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yishda Farg‘ona vodiysi viloyatlarining o‘ziga xos bo‘lgan jihatlari, jumladan aholi zichligi, hududda oliy ta’lim muassasalarining kamligi, qabul kvotalarida mavjud demografik holat inobatga olinmaganligi oqibatida maktab bitiruvchilarning mahalliy OTMlarga qamrovi kam bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamkorligida oliy ta’lim sohasidagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan bir qator teleko‘rsatuvlar, radio eshittirishlar va dasturlar (“Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” nomli eshittirishlar) tayyorlandi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 2-fevraldagi 04-36-226-son dalolatnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda oliy ta’lim tizimidagi yutuq va muammolar, ularning echimlariga doir bilimlarini yanada ortishiga xizmat qilgan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi raqobatbardoshliligi oshirishga qaratilgan sifatli ta’lim berilishini yanada takomillashuvi, talaba-yoshlarni zamonaviy bilimlarni puxta egallashi mexanizmlarini joriy etilishi, aholi yashash manzillari hududiy kesimida qabul kvotalarining ajratilishi (anklav hududlar, So‘x tumani), yuqori malakali mutahassislar bilan ta’minlanishi sohaning rivojiga hizmat qilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘iga muvofiq nashr etilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2022-yil 12-dekabrdagi 02/01-01-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim sohasida yuz bergan o‘zgarishlarni arxiv hujjatlari ma’lumotlar asosida yoritilishi “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani o‘quv qo‘llanmasining boyitilishiga xizmat qilgan hamda bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan talabalarni mazkur mavzular bo‘yicha ko‘proq ma’lumotlar olishlariga imkon bergan;
Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida ilmiy salohiyatni oshirish bo‘yicha islohotlar uch bosqichga amalga oshirilgani aniqlangan, hamda sohadagi yutuqlarning o‘ziga xosligi, omillari, natijalariga oid ma’lumotlardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2021-2022-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar” 10-bandi “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishning ilmiy-amaliy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy seminarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 12-dekabrdagi 384-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar to‘gʻrisidagi ma’lumotlardan targʻibot ishlarida, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazishda foydalanilgan.