Ismoilov Mo‘minjon Yusupovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft tarkibidagi ayrim komponentlarni tadqiqi qilish va ulardan xalq tabobatida foydalanish», 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 - Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/K163.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Andijon davlat univarsiteti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat univarsiteti, DSc.03/29.10.2021.K/T.60.05.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Maqsadbek Mo‘ydinovich, kimyo fanlari doktori, dotsent; Shamsiddinov Isroiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor; Islomov Akmal Xushvaqovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ayrim neft va neft mahsulotlari tarkibidan naften kislotalarini ajratib olish, tarkibi, tuzilishi, xossalarini aniqlash hamda neft mahsulotlari asosida yangi turdagi tabiiy surtmalar ishlab chiqish va sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor mass- va xromato-mass-spektrometrik analiz usullari yordamida O‘zbekiston Serniy va Qozog‘iston aralash nefti tarkibidagi neft kislotalari miqdori aniqlangan;
Ilk bor texnik neft fraksiyasining  200℃ da haydashda chiqadigan qoldiq tarkibining 5,5 % ini engil va texnik dizel yoqilg‘isini 350℃ da qoldig‘i tarkibining 7,5 % ini og‘ir naften kislotalari tashkil qilishi isbotlangan;
neft kislotalarining molekulyar tuzilishi, alifatik, naftenik va aromatik shuningdek, ularning trimetilsilil hosilalari va ularning mass-spektrlarida intensivlik taqsimoti o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
ishqoriy chiqindilarni ekstraksiya bilan yog‘sizlantirish, so‘ngra ularni mineral kislota bilan naften kislotalariga aylantirish va naften kislotalari olishning adsorbsion tozalashga asoslangan uzlyuksiz ishlashi uchun asosiy texnologik sxema yaratilgan;
ayrim neft fraksiyasi asosida ishlab chiqilgan “Malham” tabiiy surtma tarkibidagi uglevodorodlar tarkibi va tuzilishi xromato-mass-spektrometriya usuli yordamida aniqlangan;
“Malham” nomli tabiiy tashqi foydalanish uchun surtma uchun tashqi iqtisodiy faoliyatdagi tovarlar nomenklaturasi bo‘yicha yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft tarkibidagi ayrim komponentlar va ulardan xalq tabobatida foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ayrim neft va neft mahsulotlarini haydash natijasida olingan qoldiqqa kaustik soda, natriy karbonat, kalsiy gidroksid va mis tuzlari ta’sir ettirib, naften kislota tuzlarini olish texnlogiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ amaliyotiga joriy etilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi MChJ ing 2023 yil 24 martdagi №02-03-01/53-son, 2023-yil 4-maydagi №02-03-01/176-son ma’lumotnomalari). Natijada, naften kislotalarning tuzlariga mineral kislotalar ta’sir ettirib naften kislota olish, hamdan naften kislotalarining ayrm rangli tuzlarini olish imkonini bergan;
neft fraksiyasi mahsulotlari asosida olingan “Malham” nomli tashqi surtma TIF TN bo‘yicha sinflanib, unga “neft fraksiyasidan olingan, asosiy komponenti suyuq parafin (50% dan yuqori) bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasi saqlagan neft mahsulotlari” uchun – 2710 20 900 1 yangi tovar kodi bojxona amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2023 yil 30 maydagi 17/05-23-0372-son ma’lumotnomasi). Natijada, shu kabi tashqi foydalanish uchun tabiiy surtmalarni eksport va import qilishda ulardan undiriladigan boj to‘lovlarini nazorat qilish imkonini bergan;
neft fraksiyasi mahsulotlari asosida olingan “Malham” nomli tabiiy surtmani “Oltin Vodiy” MChJ da yalpi mahsulot sifatida ishlab chiqarish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlash tizimi tomonidan muvofiqlik sertifikati olingan (№UZ.SMT.01.378.55392883, 2020 y.). Natijada, mazkur tashqi foydalanish uchun tabiiy surtmani talab darajasida identifikatsiyalash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish