Saydullaeva Gulnoz Anorboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shorsu dolomiti asosida kompleks ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘itlar olish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3582.
Ilmiy rahbar: Askarova Ma’mura Komilovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaev Aktam Ulashovich, texnika fanlari doktori, professor; Nurmurodov To‘lqin Isomurodovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dolomitni nitrat kislotasi bilan parchalab, hosil bo‘lgan  mahsuloti, FFM-fiziologik faol moddalar, makro va mikroelementlar  asosida kompleks ta’sirga  ega suyuq o‘g‘itlarni olinish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dolomitni nitrat kislota bilan parchalash jarayonining optimal texnologik ko‘rsatkichlari: nitrat kislotaning konsentratsiyasi - 40%, harorat  30÷40 ºS, kislotani berish tezligi   V=10÷16 g/min, olingan mahsulot kal`siy va magniy nitratlari yig‘indisi  41-42%   ni tashkil qilishi isbotlangan;
kal`siy, magniy, ammoniy nitratlar, nitrat va atsetat monoetanolammoniylar  va mikroelementlardan iborat suvli sistemalardagi komponentlarning o‘zaro ta’sirlashuvi natijasi asosida politermik eruvchanlik diagrammalari va  «tarkib-xossalari» diagrammalari yaratilgan;
diagrammada  tarkibdagi yangi  Ca(NO3)2·NH2C2H4OH tarkibli birikmaning hosil bo‘lishi va uning kristallanish maydoni ma’lum harorat va konsentratsiya oralig‘ida chegaralangan, birikmaning individualligi  kimyoviy, fizik-kimyoviy tahlil usullari aniqlangan;
komponentlarning nisbati, maqbul tarkibi va yangi suyuq o‘g‘itlar olish jarayonini  texnologik rejimi, ularni olinish texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Shorsu» dolomiti asosida kompleks ta’sirga ega bo‘lgan yangi suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida Cu, Co, Ni, N, Ca, Mg, K va fiziologik faol moddalar asosida kompleks ta’sirga ega suyuq o‘g‘itlar olish texnologiyasi   «Elektrokimyozavod» QK AJ ning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ilmiy ishlar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2022 yil 10 iyundagi  219-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu suyuq o‘g‘itlar o‘simliklarni o‘sishi va rivojlanishiga samarali ta’sir ko‘rsatib, hosildorlikni  oshirish imkonini beradi;
kompleks ta’sir etuvchi suyuq o‘g‘itlarni Toshkent davlat agrar universitetining tajriba uchastkalarida piyoz va "brokkoli" karamiga qo‘llash orqali amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 28 dekabrdagi 07/21-21-9865-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi preparatlardan foydalanilganda KAS o‘g‘itiga nisbatan paxta xomashyosida 2,3-4,0 s/ga, bug‘doyda 3,0 s/ga va karamda 2-3 s/ga hosildorlikni oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish