Yakubov Mirakbar Daniyarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sportchilarning jismoniy sifat  ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lgan genetik markerlarni ahamiyati», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/B193.
Ilmiy maslahatchi: Turdiqulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01
Rasmiy opponentlar: Matniyazova Xilola Xudaybergenovna, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Soliev A’zamjon Bahodirovich, biologiya fanlari doktori; Kadirova Dil`bar Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Genomika va bioinformatika markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli sport turlari bilan shug‘ullanishga moyillikning molekulyar genetik asoslarini, odamning jismoniy sifat ko‘rsatkichlarining molekulyar - genetik statusiga tashxis qo‘yish usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor nazorat guruhi va o‘zbek sportchilarida ACE, PPARA, PPARD, PPARG, ACTN3, AMPD1 genlarini uchrash chastotasi aniqlangan;
ACE, PPARA, PPARD, PPARG, ACTN3, AMPD1 genlarning ma’lum allellari va genotiplari asosida o‘zbeklar populyasiyasida turli sport turlariga moyillik aniqlangan;
futbol, regbi, velosport, boks, akademik eshkak eshish sport turlari bilan shug‘ullanadigan sportchilarda uchraydigan genlar allellarining nisbatan ijobiy ta’sirga ega bo‘lgan variantlari aniqlangan.
futbolchilarda ACE genining I alleli va Ala alleli, shuningdek PPARG genining ProAla va AlaAla genotiplari va PPARD genining T allelining uchrash chastotasi statistik ishonarli darajada ortishi aniqlangan;
velopoygachilarda PPARD genining SS genotipi va AMPD1 genining SS genotipi uchrash chastotasi  ishonarli darajada ortishi aniqlangan;
eshkak eshuvchilarda R alleli chastotasining sezilarli darajada oshishi, shuningdek ACTN3 genining RR+RX genotiplari aniqlangan, shu bilan birga eshkakchilarning xech biri XX mutant genining tashuvchisi emasligi isbotlangan;
  bokschilarda ACE genining I alleli, PPARA genining G alleli va GC genotipi va PPARG genining Pro alleli va ProAla genotiplarining  uchrash chastotasi nazorat guruhiga nisbatan statistik ahamiyatga ega qiymatda yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek populyasiyasidagi ACE, PPARA, PPARD, PPARG, ACTN3, AMPD1 genlarining uchrash chastotasida Evropa, Osiyo va Afrika populyasiyalari genotiplari bilan solishtirilganda sezilarli farq qilishi  aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sportchilarning jismoniy sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lgan genetik markerlarning ahamiyatini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sportchilarning jismoniy sifat ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq bo‘lgan genetik markerlarning ACE, PPARA, PPARD, PPARG, ACTN3, AMPD1 genlari polimorfizmining organizm metabolik jarayonlariga ta’sirini aniqlash uslubi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshidagi «Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi»da yosh futbolchilarni tanlab olishda ularning irsiy moyilligini aniqlashda foydalanilgan (Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazining 2016 yil 21 oktyabridagi  46-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, futbol bilan shug‘ullanuvchi yosh sportchilarni jismoniy imkoniyatlarini aniqlash uchun talab qilingan belgi haqida ma’lumot berish va ixtisosligi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning kelib chiqish havfini aniqlash imkonini bergan;
molekulyar markerlarga asoslangan diagnostika majmuasi «O‘zbekiston boks Federatsiyasi» da yosh bokschilarni molekulyar genetik tahlil qilish uchun foydalanilgan (O‘zbekiston boks Federatsiyasining 2017 yil 15 noyabrdagi 467-sonli malumotnomasi). Natijada, yosh bokschilarni shu sport turiga genetik moyilligini aniqlashda klassik usullar bilan birgalikda qo‘llanilganda yanada yuqori samarali tanlash imkonini bergan;
yaratilgan sportchilarning genetik moilligini aniqlovchi diagnostik testlar «Taekvon-DO milliy Assotsiatsiyasi»da yoshlarda taekvon-do sport turiga genetik moyilligini aniqlashda foydalanilgan (Taekvon-DO milliy Assotsiatsiyasining 2017 yil 17 noyabrdagi 01/2017-403-sonli malumotnomasi). Natijada, taekvon-do bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan yosh sportchilarni turli sport turlariga irsiy moyilligi, sportchilarga jismoniy yuklamalar belgilash va mashg‘ulotlarni rejalashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish