Dalimova Dilbar Akbarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqish dinamikasi va strukturasini xamda O‘zbekistonda kasalliklarning genetik asoslarini o‘rganish», 03.00.09 - Umumiy genetika (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/B192.
Ilmiy maslahatchi: Turdiqulova Shaxloxon Utkurovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ilg‘or texnologiyalar markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, DSc.02/30.12.2019.V.53.01
Rasmiy opponentlar: Buriev Zabardast Tojiboevich, biologiya fanlari doktori, professor; Boboev Sayfulla G‘afurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Ismoilova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Bioorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyo mintaqasining genetik, madaniy, geografik landshaftlari o‘rtasidagi bog‘liqlik dinamikasini, jumladan, turkiy tilli xalqlarning genetik o‘ziga xosligini hamda yurak-qon tomir, onkologik va endokrin patologiyalarning rivojlanishi bilan bog‘liq genetik belgilarni va ularning aholi orasida tarqalish chastotasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbeklar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, qozoqlar va dunganlar aholisining Y-xromosoma genofondi Y-xromosoma markerlarining keng paneli bo‘yicha tavsiflangan. Deyarli barcha g‘arbiy turkiy xalqlarning umumiy ajdodlari borligi, ularning ildizi Janubiy Sibir va Mo‘g‘uliston mintaqasida ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston populyasiyalarining barcha o‘rganilgan namunalari uchun Y-STR markerlari bo‘yicha genotip profillari olingan;
Y xromosomasining to‘liq genomli tahlili asosida gaplogruppalarning batafsil filogeniyasi aniqlangan;
populyasiyalar kontekstida markerlar paydo bo‘lishining eng yuqori o‘rtacha chastotasi aniqlangan;
PSCA genining rs2976392 polimorfizmi va virulent H. pylori genlarining oshqozon saratoni rivojlanish xavfi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
yurak qon-tomir kasalliklari xavfi bilan bog‘liq genlarning polimorf markerlarining allellari va genotiplarini tashishning tarqalishi aniqlangan;
2-tip qandli diabet va MS kasalliklarini rivojlanishida xavf omili sifatida nomzod genlari aniqlangan va prognostik ahamiyati baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta Osiyo xalqlarining kelib chiqish dinamikasi va strukturasini hamda O‘zbekistonda kasalliklarning genetik asoslarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yurak qon-tomir kasalliklariga moillik genlarini molekulyar genetik tadqiqotlarining olingan ilmiy natijalari asosida CYP2C19 genlari mutatsiyalarini aniqlash uchun PZR taxlilini o‘tkazish uslubi Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand viloyat mintaqaviy filialida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 08-18633-son ma’lumotnomasi). Natijada, yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini va ularning klinik kechishini o‘z vaqtida aniqlash va farmokogenetik taxlilga karab terapiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish imkonini bergan;
MTHFR va SLCO1B1 genlarining polimorfizmini aniqlash, amaliyotda turli genetik kasalliklarni erta tashxislash va oldini olish uchun PSR taxlili o‘tkazish usuli “GENMEDISAL” MChJ tibbiy genetik laboratoriyasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 18 iyuldagi 08-18633-son ma’lumotnomasi). Natijada, bemorlarning genetik xususiyatlarini xisobga olgan xolda kasallikni optimal davolash strategiyasini ishlab chiqish, ya’ni personallashtirilgan terapiyani o‘tkazish imkonini bergan;
O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy qismini qamrab olgan tarixiy hududlar aholisining Y-xromosomalari o‘zgarishini tahlilida qozoqlar, o‘zbeklar, turkmanlar, dunganlar va qoraqalpoqlarning 10 ta mintaqaviy aholisidan SNP va STR belgilaridan olingan natijalarga yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan uchta chet el ilmiy maqolasida havolalar keltirilgan (International Society for Forensic Genetics, 2018 https://doi.org/10.1016/j.fsigen.2018.08.009 Web of Science IF-3.1, BMS Genetics, 2020 21 (Suppl 1), 87 (2020). https://doi.org/10.1186/s12863-020-00897-5 , Scopus IF-2.79, Journal of Human genetics, 66, 707–716 (2021). https://doi.org/10.1038/s10038-021-00901-5 Scopus IF-3.5, Journal Sci Rep 12, 733 (2022). https://doi.org/10.1038/s41598-021-04144-4 Scopus IF-4.6). Natijada, Markaziy Osiyoda Y-xromosomalari o‘zgarishini tahlilida qozoqlar, o‘zbeklar, turkmanlar, dunganlar va qoraqalpoqlarning xilma-xillikka ega ekanligini asoslash imkonini bergan;
butun genom ketma-ketligi geografik jihatdan cheklangan populyasiyalarning saraton kabi muayyan kasalliklarga xamda populyasiya tarixini aniqlash bo‘yicha olingan natijalarga yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan uchta chet el ilmiy maqolasida havolalar keltirilgan (Nature, 541, 302–310, 2017. DOI: 10.1038/nature21347 – Scopus IF – 41.58; Science, 8 Dec 2017 Vol 358, Issue 6368, DOI: 10.1126/science.aai9067 – Scopus IF – 41.06; Nature, 586, 741–748, 2020, DOI: 10.1038/s41586-020-2859-7 – Scopus IF – 49.96; Science, 20 Mar 2020, Vol 367, Issue 6484, DOI: 10.1126/science.aay5012 – Scopus IF – 47.73). Natijada, Paleoantropologik va genomik yozuvlardagi yangi topilmalar zamonaviy inson ajdodlarining kelib chiqishi, qaysi ajdodlar orqali tarkalganligi haqida bilish imkonini bergan.