Axmedov Allayar Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yong‘inlar va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiluvchi yong‘in-qutqaruv xizmati faoliyatini takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2981.
ilmiy rahbar: Qurbanbaev Shuxrat Ergashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi t.f.d., professor Beknazarov Xasan Sayibnazarovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra boshlig‘i, t.f.f.d. (PhD), dotsent Sabirov Erkaboy Erkinbaevichlar tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi respublika shahar (tuman) yong‘in-qutqaruv xizmatlari tezkor faoliyatini modellashtirish asosida kuch va vositalarini aniqlash algoritmini ishlab chiqish orqali yong‘in-qutqaruv xizmati faoliyatini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
respublika shahar (tuman)larining yong‘in xavfsizligini ta’minlashda yong‘in xavflilik darajalarini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan usullar asosida yong‘in xavfining ob’ektiv darajasini aniqlash imkonini beruvchi va yong‘in xavfi kompleks ko‘rsatkichini baholovchi samarali indeks modeli ishlab chiqilgan;
respublika shahar (tuman) yong‘in-qutqaruv xizmati bo‘linmalariga kelib tushadigan chaqiruv oqimlari, bo‘linmalarning chaqiruvlarga o‘rtacha etib borish va xizmat ko‘rsatish kabi ko‘rsatgichlarini bo‘linmalar tezkor faoliyatining matematik modellashtirish parametrlari sifatida hamda bo‘linmalarning o‘rtacha harakatlanish tezligini 25–45 km/sgacha qabul qilish mumkinligi aniqlangan;
respublika shahar (tuman) yong‘in-qutqaruv xizmatini loyihalashtirishda zarur bo‘ladigan kuch va vositalarni aniqlashda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining yong‘in joyiga o‘rtacha etib borish vaqtini 7 daqiqa, maksimal etib borish vaqtini 12 daqiqagacha, yong‘in-qutqaruv depolarining xizmat ko‘rsatish radiusini maksimal 3800 – 4000 metrgacha, xizmat ko‘rsatish maydoni 38,5 – 42,2 km2gacha belgilash lozimligi aniqlangan;
shahar (tuman) yong‘in-qutqaruv xizmati uchun zarur bo‘lgan kuch va vositalar sonini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm va matematik modellashtirish asosida yong‘in-qutqaruv deposi, asosiy, maxsus yong‘in-qutqaruv avtomobillari, shaxsiy tarkib sonini va unga sarflanadigan sarf-xarajat miqdorini 2,8 barobargacha tejash usullari takomillashtirilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yong‘inlar va favqulodda vaziyatlardan muhofaza qiluvchi yong‘in-qutqaruv xizmati faoliyatini takomillashtirish mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
respublika shahar (tuman)larning yong‘in xavfining kompleks ko‘rsatkichini baholovchi indeks modeli, shahar (tuman) yong‘in-qutqaruv xizmatlari uchun zarur bo‘lgan yong‘in-qutqaruv depolari, kuch va vositalarini aniqlash algoritmi, yong‘in-qutqaruv depolarining xizmat ko‘rsatish maydoni va radiusini modellashtirish usullari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2023 yil 15 apreldagi 8/5/17-589-sonli ma’lumotnomasi). Respublika hududida yong‘in xavfining kompleks darajasini aniqlash, yong‘in-qutqaruv xizmatlarining tezkor faoliyati samaradorligini oshirish, o‘z vaqtida yotib borish va yong‘inlarni samarali bartaraf etish samaradorligi 10-15% gacha yaxshilangan