Talibdjanov Isroil Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi yong‘in o‘chirish tarkiblarini yaratishni takomillashtirish”, 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2981.
ilmiy rahbar: Boltaboev Raxmat, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi
DSc.40/29.12.2022.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy–tadqiqot instituti texnologiya bo‘limi mudiri t.f.d., professor Nurqulov Fayzulla Nurmo‘minovich va O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi kafedra katta o‘qituvchisi t.f.f.d, (PhD) dotsent Yakubov Qodir Xusanboevichlar tavsiya etildi. Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi fosfogips, kal`siy karbonat, kal`siy stearat, kal`siy gidroksid asosida yuqori oquvchanlik, gidrofoblik va yong‘in o‘chirish samaradorligiga ega bo‘lgan yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkibini olish xamda ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
zamonaviy fizik-kimyoviy apparatlar (jihozlar) asosida olingan tahlillarga muvofiq, focfogips, kal`siy karbonat, kal`siy stearat, kal`siy gidroksid kukuni va ularning turli xil nisbatli mexanik aralashmalaridan tashkil topgan, samarador kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkibini olishning optimal konsentratsiyalari aniqlangan;
zamonaviy fizik-kimyoviy apparat (jihozlar) asosida olingan tahlillarga muvofiq, yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkibning fizik-kimyoviy, reologik va gidrofoblik, yuqori dispersli tarkibning turli xil teksturaviy va tuzilmaviy xususiyatlariga ega mikrodispers zarrachalarining fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan;
ilk bor yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkibning fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinishi evaziga, fosfogips CaSO4·2H2O, kal`siy karbonat SaSO3, kal`siy stearat Sa(S17N35SOO)2, kal`siy gidroksid Ca(OH)2 kabi kimyoviy birikmalar asosida “Fosfogips-1” deb nomlangan yangi tarkibli yong‘inlarni samarali o‘chirish imkoniyatiga ega bo‘lgan yong‘in o‘chirish kukunlarining maxalliy turlarini olishga mumkinligi aniqlangan;
yangi olingan “Fosfogips-1” deb nomlangan yong‘in o‘chirish kukuni boshqa import qilinadigan kukunlarga nisbatan yong‘inlarni 15-20% samarali o‘chira olishi aniqlangan, kukun moddasini yong‘in o‘chog‘iga tezkorlik bilan purkash (uzatish) orqali qattiq va suyuq moddalar bilan bog‘liq yong‘inlarni  samarali o‘chirish xususiyatlari va usullari takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolar va sanoat chiqindilari asosida import o‘rnini bosuvchi yong‘in o‘chirish tarkibini yaratishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkib O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2023 yil 4 maydagi 6/4/30-1285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkib qo‘llanilganda, ularning A1, A2, V1 va V2 sinflarga mansub bo‘lgan moddalarni o‘chirishda yuqori samaradorligi aniqlangan;
yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkib Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2023 yil 25 apreldagi dalolatnomasi). Natijada, yangi olingan kukunli yong‘in o‘chiruvchi tarkibning solishtirma samaradorligi mos ravishda import qilinayotgan analoglardan o‘rtacha 15 va 20 % ga ustun turishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish