Otajonov Qahramon Otajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ausorsing xizmatlarini rivojlantirish asosida davlat xaridlarini sifatli ta’minlash yo‘llari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2908.
Ilmiy rahbar: Salayev San’atbek Komilovish, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ausorsing xizmatlari asosida davlat xaridlarining sifatini oshirish bo‘yicha ilmiy amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida “ausorsing xizmatlari” tushunchasining mazmuni davlat xaridlari tizimiga joriy qilish, xaridlarini bajarish sifatini oshirish shartlari va omillari, davlat bozorida ochiq raqobatni kuchaytirish va uning monopollashuv tendensiyalarini kamaytirish jihatidan takomillashtirilgan;
davlat xaridlari tizimida ausorsing asosida taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlarning bajarilish sifatini shartnoma amal qilish muddati boshlangan davrdan xizmatlarning dastlabki to‘liq texnologik sikli yakuniga ko‘ra erta aniqlash orqali byudjet mablag‘lari tejalishini ta’minlash taklifi asoslangan;
davlat xizmatlari ausorsingini tashkil qilishda ausorserni tanlashda chegaraviy xarajatlar asosida iqtisodiy samaradorlikni miqdoriy baholash, zaruriy talablar doirasida eng maqbul to‘lov evaziga daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan ausorserlarni tanlashga ko‘ra iqtisodiy-sifat jihatdan yondashuv asoslangan;
O‘zbekistonda ausorsing xizmatlari asosida davlat xaridlarining sifatini oshirish yoʻnalishlari asosida istiqbolda tejaladigan mablag‘larning 2027-yilga qadar prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ausorsing xizmatlari asosida davlat xaridlarining sifatini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy amaliy tavsiya hamda takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiyotni transformatsiyalash sharoitida “ausorsing xizmatlari” tushunchasining mazmuni davlat xaridlari tizimiga joriy qilish, xaridlarini bajarish sifatini oshirish shartlari va omillari, davlat bozorida ochiq raqobatni kuchaytirish va uning monopollashuv tendensiyalarini kamaytirish jihatidan takomillashtirilgan nazariy-uslubiy materiallaridan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan “Raqamli iqtisodiyot” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-son buyrug‘i). Ushbu takomillashtirilgan nazariy-uslubiy materiallarining o‘quv qo‘llanmaga kiritilishi natijasida talabalarda ausorsing xizmatlari va davlat xaridlari tizimi tushunchalarining iqtisodiy mazmunini kengroq tushunish, byudjet mablag‘larini tejash bo‘yicha statistik tahlilni takomillashtirish, byudjet xarajatlari va daromadlariga oid tezkor, ishonchli, birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyatlari yaratilgan;
davlat xaridlari tizimida ausorsing asosida taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlarning bajarilish sifatini shartnoma amal qilish muddati boshlangan davrdan xizmatlarning dastlabki to‘liq texnologik sikli yakuniga ko‘ra erta aniqlash orqali byudjet mablag‘lari tejalishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 01/1078-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida ausorsing xizmatlarini rivojlantirish asosida byudjet yuklamasini 1,46 marta kamaytirish imkoni yaratilgan;
davlat xizmatlari ausorsingini tashkil qilishda ausorserni tanlashda chegaraviy xarajatlar asosida iqtisodiy samaradorlikni miqdoriy baholash, zaruriy talablar doirasida eng maqbul to‘lov evaziga daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan ausorserlarni tanlashga ko‘ra iqtisodiy-sifat jihatdan asoslangan yondashuvdan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 01/1078-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotda qo‘llanilishi elektron auksion va do‘kon bo‘yicha e’lon summasini 1 foizga oshishi iqtisod qilingan byudjet mablag‘larini mos ravishda 0,63 va 0,36 foizga oshishini ta’minlash imkonini yaratgan;
O‘zbekistonda ausorsing xizmatlari asosida davlat xaridlarining sifatini oshirish yoʻnalishlari asosida istiqbolda tejaladigan mablag‘larning 2027-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz qiymatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining 2023-yil 10-iyundagi 01/1078-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz qiymatlarining amaliyotda qo‘llanilishi natijasida e’lon summasini 37,6 foizga qisqartirish orqali byudjet mablag‘larining tejalishiga erishilishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni aniqlash imkoni yaratilgan.