Bekbaev Rauf Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rene Genon va uning an’anaviylik va madaniyatlararo muloqot sintezidagi o‘rni (komparativistik tahlil)”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal665.
Ilmiy rahbar: Karimov Rahmat Rahmonovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlari doktori, professor; Omonova Maxfurat Murod qizi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Rene Genonning falsafiy merosini an’anaviylik va madaniyatlararo muloqot sintezidagi o‘rnini komparativistik nuqtai nazardan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rene Genon qiyosiy va madaniyatlararo falsafiy g‘oyalarning “Sharq-G‘arb” dixotomiyasini engish va zamonaviy dunyoning ko’pmadaniyatli manzarasini tushunishga komparativistik uslub orqali erishish va har bir madaniyatning identikligini saqlashdagi asosiy vektorlarining generatorlik ahamiyati ochib berilgan;
madaniyatlararo falsafa hamda Rene Genon an’anaviyligida madaniyatlar muloqoti polilogigacha kengayishi va bu faqatgina Sharq va G‘arb madaniyatlarining dixotomik bo‘linishi emas, balki ko‘p qutbli zamonaviy dunyoda turli madaniyatlar falsafiy an’analarning tarixiy o‘zaro ta’siri sababli aloqasini ta'minlashi asoslangan;
Rene Genon falsafasida an’ana fenomeni ekstrapolyasiyasi (yoyilishi) madaniyatning ma'naviy holatini belgilashi, uning transsendentlik bilan aloqasini aks ettirishi, oila va shaxsning an’anaviy qadriyatlari bilan belgilanadigan zamonaviy holatini ifodalashi, madaniy-sivilizatsion taraqqiyotdagi dinning o‘rnini muayyan vaziyatlarda belgilashi hamda an’anaviy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, ma’naviy madaniyat va axloq zamonaviy madaniyatning rivojlanganligini globalizatsiya ta’sirida asosiy ko‘rsatgichi ekanligi aniqlab berilgan;
Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining o‘zaro munosabati kontekstida madaniyatlararo kommunikatsiya va madaniyatlararo muloqotning metodologik farqlari ularning global muammolar va ziddiyatlarni hal qilish jarayonidagi zamonaviy dunyoning inqirozi tufayli ta'siri hamda konseptual ahamiyati, bunda an’ana fenomeni va Rene Genonning an’anaviylik falsafasining evristik roli uning hayoti davomida diniy va umuminsoniy transformatsiyasi misolida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rene Genonning falsafiy merosini an’anaviylik va madaniyatlararo muloqot sintezidagi o‘rnining komparativistik nuqtai nazardan tadqiq etish natijalarida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
Rene Genon qiyosiy va madaniyatlararo falsafiy g‘oyalarning “Sharq-G‘arb” dixotomiyasini engish va zamonaviy dunyoning ko’pmadaniyatli manzarasini tushunishga komparativistik uslub orqali erishish va har bir madaniyatning identikligini saqlashdagi asosiy vektorlarining generatorlik ahamiyatiga oid xulosasidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi faoliyatida konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlar hamda madaniy-ma'rifiy ishlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2023-yil 24-fevraldagi 14-07-210-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishlarning darajasi oshishiga xizmat qilgan;
madaniyatlararo falsafa hamda Rene Genon an’anaviyligida madaniyatlar muloqoti polilogigacha kengayishi va bu faqatgina Sharq va G‘arb madaniyatlarining dixotomik bo‘linishi emas, balki ko‘p qutbli zamonaviy dunyoda turli madaniyatlar falsafiy an’analarning tarixiy o‘zaro ta’siri sababli aloqasini ta'minlashi xulosasidan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazining 2023-yil 25-martdagi 02/22-249-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika aholisi bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy ishlar, xususan yoshlarni turli madaniyatlarga o‘zaro hurmat, do‘stlik va totuvlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Rene Genon falsafasida an’ana fenomeni ekstrapolyasiyasi (yoyilishi) madaniyatning ma'naviy holatini belgilashi, uning transsendentlik bilan aloqasini aks ettirishi, oila va shaxsning an’anaviy qadriyatlari bilan belgilanadigan zamonaviy holatini ifodalashi, madaniy-sivilizatsion taraqqiyotdagi dinning o‘rnini muayyan vaziyatlarda belgilashi hamda an’anaviy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, ma’naviy madaniyat va axloq zamonaviy madaniyatning rivojlanganligini globalizatsiya ta’sirida asosiy ko‘rsatgichi ekanligi, Sharq va G‘arb sivilizatsiyalarining o‘zaro munosabati kontekstida madaniyatlararo kommunikatsiya va madaniyatlararo muloqotning metodologik farqlari ularning global muammolar va ziddiyatlarni hal qilish jarayonidagi zamonaviy dunyoning inqirozi tufayli ta'siri hamda konseptual ahamiyati, bunda an’ana fenomeni va Rene Genonning an’anaviylik falsafasining evristik roli uning hayoti davomida diniy va umuminsoniy transformatsiyasi haqidagi xulosasidan O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublika Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 5-maydagi 4-13-21-1177-son ma’lumotnomasi). Natijada amalga oshirilayotgan targ‘ibot ishlari davomida mamlakatimiz yoshlarining ma’naviy-axloqiy dunyoqarashining o‘sishiga, shuningdek ularga zamonaviy dunyoning ko‘pmadaniyatli manzarasi ochib berilishida xizmat qilgan.