Norbo‘taev Islombek Musurmonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal535.
Ilmiy rahbar: Abilov O‘ral Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Alisher G‘afforovich, siyosiy fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qaxxorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mustaqil O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy yuksalishning germenevtik paradigmasi, unga xos bo‘lgan intensivlik va innovasion xususiyatlari hamda jamoatchilik nazorati bilan bog‘liq axborot makonidagi pozitiv kontentlarni keng targ‘ib etishda g‘oyaviy birlikka erishishning texnologik, informatsion imkoniyatlari ochib berilgan;
yoshlar dunyoqarashida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga oid daxldorlik hissini shakllantirishda yoshlar tashkilotlarining struktaviy va kommunikativ jihatdan jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlashdagi o‘rni, nodavlat va notijorat tashkilotlarning ijtimoiy zaruriyat sifatida siyosiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan yoshlarning ijtimoiylashuviga bog‘liq ahamiyati milliy o‘zlikni anglash omili sifatida ochib berilgan;
globallashuv sharoitida jamiyatimiz yuksalishiga oid akseologik asoslarning ijtimoiy shart-sharoit bilan bog‘liq vorisiylik va novatorlikka xizmat qilishi, konstruktiv tendensiyalari hamda ularning muhim natijalari mamlakatimizda liberallashuv, ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat-davlat munosabatlariga islohotlar natijadorligiga ko‘ra ta’sir etishi asoslangan;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida milliy yuksalishga xos fundamental, strukturaviy, integrativ asoslar g‘oyaviy plyuralizmni vujudga kelishiga hamda davr ruhi jamiyat taraqqiyoti, milliy strategiyani shakllantirishning ustuvor tendensiyasi sifatida asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqil O‘zbekistonda milliy yuksalish g‘oyasini amalga oshirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini tadqiq etilishi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
milliy yuksalishning germenevtik paradigmasi, unga xos bo‘lgan intensivlik va innovasion xususiyatlari hamda jamoatchilik nazorati bilan bog‘liq axborot makonidagi pozitiv kontentlarni keng targ‘ib etishda g‘oyaviy birlikka erishishning texnologik, informatsion imkoniyatlariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokampaniyasi Surxondaryo viloyat televedeniesining 2021-yil aprel-may oylarida efirga uzatilgan «Munavvar tong», «Diyor yangiliklari» nomli maxsus teleko‘rsatuvlarining Dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 4 apreldagi 05-15-/704-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalardan, taraqqiyotning hozirgi bosqichida O‘zbekiston jamiyatining milliy yuksalish imkoniyatlari va istiqbollari xususidagi keng asosli fikrlarni tomashabinlarga etkazish uchun xizmat qilgan;
yoshlar dunyoqarashida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga oid daxldorlik hissini shakllantirishda yoshlar tashkilotlarining struktaviy va kommunikativ jihatdan jamoatchilik bilan aloqalarni ta’minlashdagi o‘rni, nodavlat va notijorat tashkilotlarning ijtimoiy zaruriyat sifatida siyosiy, ijtimoiy, madaniy jihatdan yoshlarning ijtimoiylashuviga bog‘liq ahamiyati milliy o‘zlikni anglash omillari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalaridan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda milliy g‘oya tamoyillari va maqsadlariga mos ravishda olib borish yo‘nalishlarida keng targ‘ib va tadbiq etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022 yil 8 iyundagi 02-05-115-son ma’lumotnomasi). Berilgan ilmiy xulosalar, amaliy takliflar, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida belgilab olingan vazafalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida jamiyatimiz yuksalishiga oid akseologik asoslarning ijtimoiy shart-sharoit bilan bog‘liq vorisiylik va novatorlikka xizmat qilishi, konstruktiv tendensiyalari hamda ularning muhim natijalari mamlakatimizda liberallashuv, ijtimoiy taraqqiyot va jamiyat-davlat munosabatlariga islohotlar natijadorligiga ko‘ra ta’sir etishiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy –ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining II yo‘nalishiga oid O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohatlar mazmun mohiyatini keng targ‘ib qilish, «Yangi O‘zbekiston – Uchinchi renessans sari» g‘oyasini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlarining 10-bandi Jamiyatda faol fuqorolik pozisiyasining shakllanish holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarining aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi o‘zining «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» mavzusidagi aholi orasida o‘tkazilgan sosiologik tadqiqotlar, so‘rovlar asosida maqsadli-manzilli amaliy ishlarni tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022 yilning 13 iyundagi 141-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadbirlar orqali mamlakatimiz yuksalishni ta’minlashga xizmat qiladigan barcha sohalarni isloh qilish bo‘yicha fuqarolar tomonidan bildirilayotgan fikr-mulohazalar asosida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini aholi orasida keng muhokama qilish va bu boradagi fikrlarni hisobga olishda muhim ahamiyat kasb etgan;
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida milliy yuksalishga xos fundamental, strukturaviy, integrativ asoslar g‘oyaviy plyuralizmni vujudga kelishiga hamda davr ruhi jamiyat taraqqiyoti, milliy strategiyani shakllantirishning ustuvor tendensiyasi bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2022 yil 28 sentyabrdagi 13-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosalar ma’naviy tarbiya, milliy g‘oya targ‘iboti, ayniqsa, yoshlarda mamlakat taraqqiyotiga dahldorlik hamda vatandoshlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan va undan Qo‘mitamiz faoliyatida, jumladan ish rejalarini shakllantirish, nazorat-tahlil va targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishda foydalanilgan.