Mamirov Azizjon Niyazmuxamedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda tolerant dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fal515.
Ilmiy rahbar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Mirzahmedov Abdurashid Mamasidikovich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Musaev Faxriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda tolerant dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlarning tolerantlik dunyoqarashini shakllantirishning milliy qadriyatlar tizimini antikvarizm va prezentizm dialektikasi asosida saqlab qolish va rivojlantirish  bilan bog‘liq tolerantlikning o‘ziga xos bo‘gan milliy, madaniy, e’tiqod bilan bog‘liq diniy konseptual tarkibiy elementlari ochib berilgan;
O‘zbekiston yoshlari orasida tolerantlik niqobida tarqalayotgan dezinformatsion jarayonlardan milliy qadriyatlar tizimini muhofazalash sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash ahamiyatiga ko‘ra o‘zbek xalqi etnokonfessional ma’naviy madaniyatidagi shaxslararo fuqarolik hamkorlik layoqatini shakllantirish ekanligi asoslangan;
tolerantlikning gumanistik, demokratik, milliy tamoyillarining yoshlar dunyorashini shakllantirishda o‘zaro tushunish tajribasi va tanqidiy muloqotning sotsiomadaniy jihatlari an’anaviylik va zamonaviylik natijasi sifatida namoyon bo‘lishi asoslangan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning tolerant dunyoqarashi, ularning ta’lim va tarbiyasi, milliy-madaniy turmush tarzining innovatsion kompetensiyasini rag‘batlantirish, kelajak istiqbollarini tushuntirish bilimlar integratsiyasiga erishish uchun ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishi sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda tolerant dunyoqarashni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy asoslari mavzusida olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar asosida:
yoshlarning tolerantlik dunyoqarashini shakllantirishning milliy qadriyatlar tizimini antikvarizm va prezentizm dialektikasi asosida saqlab qolish va rivojlantirish  bilan bog‘liq tolerantlikning o‘ziga xos bo‘gan milliy, madaniy, e’tiqod bilan bog‘liq diniy konseptual tarkibiy elementlariga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan o‘tqazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda hamda targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 16 sentyabrdagi 14-07-1646-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi tadbirlar hamda targ‘ibot ishlarini samaradorligini oshishiga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlari orasida tolerantlik niqobida tarqalayotgan dezinformatsion jarayonlardan milliy qadriyatlar tizimini muhofazalash sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlash ahamiyatiga ko‘ra o‘zbek xalqi etnokonfessional ma’naviy madaniyatidagi shaxslararo fuqarolik hamkorlik layoqatini shakllantirish ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» kanalidagi «Taqdimot» ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 12 sentyabrdagi 02-31-1988-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarda tolerantlik haqidagi bilimlar boyishiga xizmat qilgan;
tolerantlikning gumanistik, demokratik, milliy tamoyillarining yoshlar dunyorashini shakllantirishda o‘zaro tushunish tajribasi va tanqidiy muloqotning sotsiomadaniy jihatlari an’anaviylik va zamonaviylik natijasi sifatida namoyon bo‘lishiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiya markazining 2022 yil 30 sentyabrdagi 711-son ma’lumotnomasi). Natijalar Islom sivilizatsiya markazi faoliyati samaradorligiga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida yoshlarning tolerant dunyoqarashi, ularning ta’lim va tarbiyasi, milliy-madaniy turmush tarzining innovatsion kompetensiyasini rag‘batlantirish, kelajak istiqbollarini tushuntirish bilimlar integratsiyasiga erishish uchun ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanilgan (O‘zbekiston «Adolat» sotsial demokratik partiyasining 2022 yil 14 sentyabrdagi 01-03/298-son ma’lumotnomasi). Bu partiyaning yoshlar bilan ishlash siyosatiga yangicha yondashuv jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish