Jo‘raqulova Dilbar Xayrullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Antropogen landshaftlar shakllanishini tarixiy-genetik davrlashtirish (Surxondaryo havzasi misolida)», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Gr237.
Ilmiy rahbar: Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kendirbaevich, geografiya fanlari doktori, dotsent; Toshev Xudoynazar Ramazonovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo havzasi antropogen landshaftlarining shakllanishi va ularni tarixiy-genetik tahlil qilish hamda davrlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo havzasida vujudga kelgan antropogen landshaft komplekslarining shakllanish jarayoni tarixiy-genetik jihatdan asoslangan;
Surxondaryo havzasida antropogen landshaft komplekslarining rivojlanishi tarixi va yoshi aniqlangan hamda tarixiy-genetik jihatdan davrlashtirilgan;
havzada antropogen landshaftlarning tabiiy geografik jarayonlarini aniqlash va tarixiy-genetik qatorlarni tuzish asosida hudud tabiiy majmualarining kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlari 2022–2035–yillar uchun prognozlashtirilgan;
Surxondaryo havzasining landshaft–tipologik va davrlashtirishga oid kartalari (1:1000000) (GATni qo‘llash orqali ArcGIS, ENVI 4.5 kabi dasturlarda) yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo havzasi antropogen landshaftlarini shakllanishining tarixiy-genetik davrlashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo havzasida vujudga kelgan antropogen landshaft komplekslarining tarixiy-genetik jihatdan shakllanishi va davrlashtirish orqali ishlab chiqilgan tavsiyalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 maydagi 06/28-28-06/438-son ma’lumotnomasi). Natijada, antropogen landshaft strukturasining dinamikasi hududdagi mavjud er fondidan foydalanishni takomillashtirishga imkoniyat yaratgan;
havza landshaftlarining mahsuldorligi, geografik tarqalishi va antropogen omil ta’sirida vujudga kelgan landshaft holatning o‘zgarib borish dinamikasi va xaritalardan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 maydagi 06/28-28-06/438-son ma’lumotnomasi). Natijada, Surxondaryo havzasi hududida qishloq xo‘jalik erlaridan rejali foydalanish imkonini bergan;
Surxondaryo havzasining landshaft-tipologik va sug‘orish jarayonini davrlashtirishga oid kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida foydalanish uchun amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4-maydagi 06/28-28-06/438-son ma’lumotnomasi). Natijada, landshaft komplekslari mahsuldorligini aniqlash, qishloq xo‘jalik ekin turlarini landshaft imkoniyatlarini hisobga olib joylashtirish va antropogen landshaftlarini kadastr tizimini takomillashtirish imkonini bergan;
Surxondaryo havzasida antropogen landshaftlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarning prognozlaridan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 maydagi 06/28-28-06/438-son ma’lumotnomasi). Natijada, havza landshaftlarining kelajakda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy o‘zgarishlarini oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini bergan.