Boboev Abrorjon Xotamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tumruq koni mirabiliti va ammoniy sul`fatini kaliy xloridi bilan konversiya qilib, kaliy sul`fati olish texnologiyasini ishlab chiqish» 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1714.
Ilmiy rahbar: Mirzaqulov Xoltura Chorievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayirovich, texnika fanlari doktori; Rajabov Ro‘zmat, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mavjud mahalliy xomashyolar asosida xlorsiz, suvda to‘liq eruvchan kaliy sul`fat olishning konversiya usulida maqbul texnologik parametrlarini o‘rnatish va uzluksiz texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vizual-politermik usullardan foydalangan holda, KCl, Na2SO4, K2SO4, (NH4)2SO4, NH4Cl va H2O ishtirokidagi 4 ta uch komponentli sistemalarning politermik eruvchanlik diagrammalari tuzilib, individual va qo‘sh tuzlarning hosil bo‘lish sohalari aniqlangan;
flotatsion kaliy xloridni Tumruq koni mirabiliti to‘yingan eritmasi bilan konversiyasi darajasi va kimyoviy tarkibi, suspenziyaning xususiyatlari, so‘ng qo‘sh tuz – glazeritni olish va undan KCl eritmalari bilan ishlov berib K2SO4 va NaCl eritmalarini olish jarayonlarini texnologik parametrlarning ta’siri qonuniyatlari va maqbul sharoitlari aniqlangan;
konversiyalash jarayonida hosil bo‘lgan suspenziyadan glazerit va ushbu suspenziyadan K2SO4-ni va tozalangan aylanma eritmadan NaCl-ni ajratish texnologiyasini maqbul ko‘rsatgichlari o‘rnatilgan, hamda Tumruq koni mirabiliti va flotatsion kaliy sul`fat olishning siklik usuli ishlab chiqilgan;
K2SO4∙(NH4)2SO4 sintezi va uni KCl eritmasi bilan K2SO4, AKSSO‘ va NH4Cl ga o‘tkazish jarayonlarining texnologik ko‘rsatgichlarini maqbul sharoitlari va qoidalari aniqlangan;
ammoniy xlorid eritmasini sirkulyasiya qilib konversiyalash jarayonida hosil bo‘ladigan flotatsion KCl eritmasi, (NH4)2SO4 va AKSSO‘ hamda K2SO4 ajratib olishning maqbul texnologik ko‘rsatgichlari aniqlangan;
flotatsion kaliy xloridini Tumruq koni mirabiliti va ammoniy sul`fatlari bilan o‘zaro ta’sirlashtirish orqali kaliy sul`fat, natriy xlorid, kaliyammoniysul`fat, AKSSO‘ va ammoniy xlorid ishlab chiqarishning prinsipial texnologik sxemalar ishlab chiqilgan, moddiy sarf hisobi va texnologik me`yorlari tuzilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tyumruq konining mirabiliti va ammoniy sulfatini flotatsion kaliy xloridi bilan konversiyalash orqali kaliy sulfat, AKSSO‘, kaliy-ammoniysulfat, natriy xlorid va ammoniy ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Tumruq konining mirabiliti asosida KClni Na2SO4 eritmalari bilan konversiyalab K2SO4 va NaCl sintezi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 1 noyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada, flotatsion KCl va Tumruq koni mirabilitidan suvda to‘liq eriydigan, kaliy sul`fat va natriy xloridni olish bilan kaliyli o‘g‘itlar assortimenti ishlab chiqarishni kengaytirish imkonini beradi;
flotatsion KClni (NH4)2SO4 eritmasi bilan konversiya qilib, kaliy-ammoniy sul`fat yoki kaliy sul`fat va AKSSO‘ larini olishning uzluksiz texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK-AJning «2023-2025 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK-AJning 2022 yil 1 noyabrdagi 215-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomchilatib sug‘orish va gidroponika uchun to‘liq suvda eriydigan xlorsiz kaliy-ammoniy sul`fat va kaliy sul`fat o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi.