Ro‘ziev Umar Muzafarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘spirinlardagi ijtimoiy fobiya holati psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi” 19.00.05 - Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
        Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P413.
Ilmiy rahbar: Jumaev Ulug‘bek Sattorovich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Karshieva Dilafruz Suyunovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi  tashkilot:  Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘spirinlardagi ijtimoiy fobiya holati psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasining muhim mezonlarini aniqlash asosida ularni bartaraf etish  bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘spirinlarda ijtimoiy fobiya xususiyatlarining namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda perspektiv, qiz bolalarda retrospektiv refleksiyaning darajaviy ifodalanishidagi dinamik jihatlar tufayli gender farqlarning mavjudligi dalillangan;
o‘spirinlarda ijtimoiy fobiyaning differensial ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda “qaramlik”, “mustaqillik”, “odamovilik”, “kurash”dan qochish xususiyatlarining differensiatsiyasi tufayli guruhiy xulq-atvorning motivatsion omillari ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
o‘spirinlik davridagi ijtimoiy fobiyani psixokorreksiyalashda xavotirlanish, zaiflik, sezgirlikning kuchayishi, maktabga borishni istamaslik, asabiylashish va tajovuzkor ko‘rinishlarini psixologik salomatlikni barqarorlashtirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli guruhiy muloqot, faoliyatni rivojlantirish mezonlarining shaxslilik sifatlariga bog‘liq ekanligi isbotlangan;
o‘spirinlardagi ijtimoiy fobiyalarni bartaraf etish uchun stressni boshdan kechirish, muvaffaqiyatga erishish zaruratidan umidsizlik, stressga nisbatan past fiziologik qarshilik, o‘zini ifoda etishdan, boshqalarning umidlarini oqlamaslikdan qo‘rqish xususiyatlariga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra guruhiy xulq motivlari va refleksiyani rivojlantirish zarurati isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘spirinlarda ijtimoiy fobiya xususiyatlari namoyon etilishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi bo‘yicha erishilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘spirinlarda ijtimoiy fobiya xususiyatlarining namoyon bo‘lishida o‘g‘il bolalarda perspektiv, qiz bolalarda retrospektiv refleksiyaning darajaviy ifodalanishidagi dinamik jihatlar tufayli gender farqlarning mavjudligi dalillanganligiga doir ilmiy tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlardagi ijtimoiy fobiyaga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
o‘spirinlarda ijtimoiy fobiyaning differensial ifodalanishiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda “qaramlik”, “mustaqillik”, “odamovilik”, “kurash”dan qochish xususiyatlarining differensiatsiyasi tufayli guruhiy xulq-atvorning motivatsion omillari ustuvor harakterga ega ekanligi asoslanganligiga doir ilmiy taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlardagi ijtimoiy fobiya muammosining ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganilishiga erishilgan;
o‘spirinlik davridagi ijtimoiy fobiyani psixokorreksiyalashda xavotirlanish, zaiflik, sezgirlikning kuchayishi, maktabga borishni istamaslik, asabiylashish va tajovuzkor ko‘rinishlarini psixologik salomatlikni barqarorlashtirish orqali bartaraf etish muhimligi tufayli guruhiy muloqot, faoliyatni rivojlantirish mezonlarining shaxslilik sifatlariga bog‘liq ekanligi isbotlanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarda ijtimoiy fobiyaga qarshi omillarni shakllantirish uchun zarur ilmiy-amaliy hamda uslubiy tayyorligi takomillashtirilgan;
o‘spirinlardagi ijtimoiy fobiyalarni bartaraf etish uchun stressni boshdan kechirish, muvaffaqiyatga erishish zaruratidan umidsizlik, stressga nisbatan past fiziologik qarshilik, o‘zini ifoda etishdan, boshqalarning umidlarini oqlamaslikdan qo‘rqish xususiyatlariga korreksion adaptiv ta’sir etish muhimligiga ko‘ra guruhiy xulq motivlari va refleksiyani rivojlantirish zarurati isbotlanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi» va «Ijtimoiy psixologiya» modullariga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2021-yil 14-apreldagi 4-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘spirinlarda ijtimoiy fobiya holatlarini korreksiyalashga oid amaliy ma’lumotlar boyitishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish