Xaqiqatbekov Zafarbek Shavkat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yakkakurash sport turlarida sportchi karerasini rejalashtirishning psixologik xususiyatlari», 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/P383.
Ilmiy rahbar: Umarova Navbahor Shokirovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Umarali Do‘stqobilovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Fayziev Zohiddin Hasanboevich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yakkakurash sport turlarining psixologik xususiyatlarini o‘rganish va sportchi karerasini rejalashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yakkakurash sport turlaridan sportchi karerasini rejalashtirish «sintetik tavsifda»gi birlamchi sintezdan «mantiqiy tavsifida»gi tahlilga, so‘ngra harakatni aks ettiruvchi «tuzilmaviy – akmeologik» tavsifli yuqori darajadagi sintezga o‘tishi tizimli tahlillash hamda differensiyalashtirish asosida dalillangan;
yakkakurash sport turlaridagi sportchining umumiy (ko‘pchilik sportchilarga xos sport karerasining umumiy qonuniyatlari), maxsus (boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, milliy kurash kabi jangovor sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari) va yagona (taniqlik sportchining martaba xususiyatlari) darajadagi tizimli psixologik tavsifi uning sotsiumdagi maqomini, jinsiy va madaniyatlararo farqlariga ko‘ra sport karerasini rejalashtirishning mexanizmi sifatida asoslangan;
sport karerasiga intilish motivlari(salomatlik holati, ijtimoiy aloqalar kengligi, sportdagi do‘stlarning mavjudligi)ga ko‘ra sport karerasidan qoniqish tendensiyasining «xavfsizlik», «ijtimoiy tan olinish», «mustaqillik», «o‘zini ro‘yobga chiqarish» va «ijtimoiy tan olinishni saqlab turish» kabi motivatsiya xususiyatlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «hayotiy tajriba», «moddiy ta’minlanganlik» kabi sport yutuqlari darajasini belgilovchi psixologik omillarning dinamik xususiyatga ega ekanligi isbotlangan;
yakkakurash sport turlaridagi sportchiga psixologik yordamning umumiy va xususiy texnologiyalari tizimi ularni sport-sog‘lomlashtirish (sportdagi birinchi qadam)dan oliy sport mahorati (yuksak sport formasi)gacha bo‘lgan har bir bosqichda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab oladigan hamda sportchini sportdan nafaqaga chiqish va boshqa martabaga o‘tish muvaffaqiyatini ta’minlaydigan «sportchi karerasini rejalashtirish modeli»ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yakkakurash sport turlarida sportchi karerasini rejalashtirishning psixologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
yakkakurash sport turlaridan sportchi karerasini rejalashtirish «sintetik tavsifda»gi birlamchi sintezdan «mantiqiy tavsifida»gi tahlilga, so‘ngra harakatni aks ettiruvchi «tuzilmaviy – akmeologik» tavsifli yuqori darajadagi sintezga o‘tishini tizimli tahlillash hamda differensiyalashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Psixogigiena» va «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport karerasini o‘rganishda birlamchi sintezdan tahlilga, so‘ngra yuqori darajadagi sintezga o‘tishdagi harakatni aks ettiruvchi sport karerasining psixologik modellarini ishlab chiqishga imkon yaratilgan;
yakkakurash sport turlaridagi sportchining umumiy (ko‘pchilik sportchilarga xos sport karerasining umumiy qonuniyatlari), maxsus (boks, erkin kurash, yunon-rum kurashi, dzyudo, milliy kurash kabi jangovor sport turlarining o‘ziga xos xususiyatlari) va yagona (taniqlik sportchining martaba xususiyatlari) darajadagi tizimli psixologik tavsifi uning sotsiumdagi maqomini, jinsiy va madaniyatlararo farqlariga ko‘ra sport karerasini rejalashtirishning mexanizmi sifatida asoslangan xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» va «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan modellar asosida yakkakurash sport turlaridan sport karerasi va sportchining psixologik portretini psixologik tavsiflash ko‘lami kengaytirilgan;
sport karerasiga intilish motivlari(salomatlik holati, ijtimoiy aloqalar kengligi, sportdagi do‘stlarning mavjudligi)ga ko‘ra sport karerasidan qoniqish tendensiyasining «xavfsizlik», «ijtimoiy tan olinish», «mustaqillik», «o‘zini ro‘yobga chiqarish» va «ijtimoiy tan olinishni saqlab turish» kabi motivatsiya xususiyatlari bilan uyg‘un namoyon bo‘lishi tufayli «hayotiy tajriba», «moddiy ta’minlanganlik» kabi sport yutuqlari darajasini belgilovchi psixologik omillarning dinamik xususiyatga ega ekanligini dalillovchi xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-son buyrug‘iga asosan «Ijtimoiy psixologiya» va «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport karerasining tarkibiy komponentlarini aniqlash, sport yutuqlari darajasini belgilovchi psixologik omillar dinamikasi tabiatini tushuntirish hamda sportchining tanlangan sport turiga nisbatan identifikatsiyalanish jarayonini tekshirishga muvaffaq bo‘lingan;
yakkakurash sport turlaridagi sportchiga psixologik yordamning umumiy va xususiy texnologiyalari tizimi ularni sport-sog‘lomlashtirish (sportdagi birinchi qadam)dan oliy sport mahorati (yuksak sport formasi)gacha bo‘lgan har bir bosqichda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlarini qamrab oladigan hamda sportchini sportdan nafaqaga chiqish va boshqa martabaga o‘tish muvaffaqiyatini ta’minlaydigan «sport karerasini psixologik qo‘llab-quvvatlash modeli»ni qo‘llash orqali takomillashtirishga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-son buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» va «Psixologik korreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 10 iyundagi PM-13-m-son ma’lumotnomasi). Natijada, sport karerasini psixologik qo‘llab-quvvatlash hamda sport zaxirasini tayyorlash bosqichlarida sportchiga psixologik xizmat ko‘rsatish tizimining mazmuni takomillashtirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish