Husanov Abbos Mahmudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘smir o‘quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P377.
Ilmiy rahbar: Ruxieva Xolida Arifjanovna, psixologiya fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Kamilova Nodira Gayratovna, psixologiya fanlari doktori, dotsent; Shukurov Baxtiyor Suvonovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smir o‘quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlarini aniqlash hamda o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smir o‘quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari o‘z-o‘zini idora qilish, o‘z-o‘zini qabul qilish, o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘ziga ishonch va o‘z-o‘ziga munosabatning aks etishi kabi psixologik xususiyatlarning asosiy jihatlarni belgilashi tufayli refleksiv xususiyatlarga bog‘liq ekanligi dalillangan;
o‘smir o‘quvchilarda kiberhujumga moyillikning namoyon bo‘lishida ichki ziddiyatlar, o‘z-o‘zini ayblash, rad etish, o‘zini qabul qila olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, shoshib qaror qabul qilish hamda kognitiv dissonans singari sifatlarni kuchayishi tufayli destruktiv xususiyatlar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan;
o‘smir o‘quvchilar kiberhujumlardan saqlanishida shaxs individual psixologik xususiyatlarini axborot kommnikatsion  texnologiyalar orqali axborotni uzatish jarayonida integral namoyon bo‘lishi tufayli himoya mexanizmlaridan siqib chiqarish, regressiya, rad etish, proeksiya, giperkompensatsiya hamda ratsionalizatsiya kabilar ichki to‘sqinlik qilishi isbotlangan;
o‘smir o‘quvchilarning kiberhujumlardan saqlanishiga psixologik determinantlarining ta’siriga ko‘ra o‘z-o‘zini idora qilish, o‘z-o‘zini qabul qilish, o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqillik, vazminlik, xushyorlik bilan qarorlarni qabul qilish, vaqtni idrok qilish, internal lokus nazorat va qat’iylik sifatlarining ustuvor rivojlanishi tufayli virtual olamga moyillikning differensial farqlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smir o‘quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘smir o‘quvchilarda kiberhujumlardan saqlanishning psixologik determinantlari o‘z-o‘zini idora qilish, o‘z-o‘zini qabul qilish, o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘ziga ishonch va o‘z-o‘ziga munosabatning aks etishi kabi psixologik xususiyatlarning asosiy jihatlarni belgilashi tufayli refleksiv xususiyatlarga bog‘liq ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-apreldagi PM 14-sonli buyrug‘i bilan  «Ontogenez  psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-apreldagi PM-14-m-son ma’lumotnomasi). Natijada kiberhujumlardan saqlanishni o‘rganishning psixologik mohiyatini aniqlashtirish imkoniyati yaratilgan;
o‘smir o‘quvchilarda kiberhujumga moyillikning namoyon bo‘lishida ichki ziddiyatlar, o‘z-o‘zini ayblash, rad etish, o‘zini qabul qila olmaslik, o‘ziga ishonchsizlik, shoshib qaror qabul qilish hamda kognitiv dissonans singari sifatlarni kuchayishi tufayli destruktiv xususiyatlar ustuvor harakterga ega ekanligi dalillangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-apreldagi PM 14-sonli buyrug‘i bilan  «Ontogenez  psixologiyasi. Pedagogik psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-apreldagi PM-14-m-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy tadqiqotlarda kiberhujumlarni o‘rganishning psixologik tahlilini tadqiq etish usullari tizimlashtirilgan;
o‘smir o‘quvchilar kiberhujumlardan saqlanishida shaxs individual psixologik xususiyatlarini axborot kommnikatsion  texnologiyalar orqali axborotni uzatish jarayonida integral namoyon bo‘lishi tufayli himoya mexanizmlaridan siqib chiqarish, regressiya, rad etish, proeksiya, giperkompensatsiya hamda ratsionalizatsiya kabilar ichki to‘sqinlik qilishi isbotlangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-apreldagi PM-14 sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-apreldagi PM-14-m-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smir o‘quvchilarni kiberhujumlardan saqlashda konstruktiv axborotlar-muhim psixologik manba ekanligi asoslangan;
o‘smir o‘quvchilarning kiberhujumlardan saqlanishiga psixologik determinantlarining ta’siriga ko‘ra o‘z-o‘zini idora qilish, o‘z-o‘zini qabul qilish, o‘z-o‘zini qadrlash, o‘z-o‘ziga ishonch, mustaqillik, vazminlik, xushyorlik bilan qarorlarni qabul qilish, vaqtni idrok qilish, internal lokus nazorat va qat’iylik sifatlarining ustuvor rivojlanishi tufayli virtual olamga moyillikning differensial farqlari asoslangan takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-apreldagi PM-14 sonli buyrug‘i bilan  «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2023-yil 11-apreldagi PM-14-m-son ma’lumotnomasi). Natijada virtual olamga tobelik-destruktiv axborotlarga berilishning omili sifatida ekanligi dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish